Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
— Mohim, siz bilursizki, tojdorlaru valiahdlarga ona bo‘lishning mashaqqati behisob... 
Shukr qiling, mening rahmatlik onam tortgan azoblarni xudo sizning boshin-gizga solgan 
emas. Humoyun mirzoning ishlari juda taraqqiyda. Badaxshonlik sodiq yigitlardan to‘rt-
besh mingi uni asrab-avaylab yururlar. Shayboniyzodalar ham biz bilan murosa qilishga 
majbur, chunki hozir ular ichki nizolarni tinchitolmay, o‘zlari bilan o‘zlari ovora. 
— Undoq bo‘lsa, Badaxshonga endi Komron mirzoni yubora qoling. Axir u kishi ham o‘n 
oltiga kirdilar. Gulruh begim doim o‘g‘illarining er yetganidan faxrlanib gapirurlar. 
Bobur xotinlarining orasidagi raqobatni juda yomon ko‘radi. Chunki kundoshlik raqobati 
bolalarga ta’sir qilsa, ular bora-bora bir-birlariga dushman bo‘lib qolishlari mumkinligini 
bilardi. 
— Siz Gulruh begimning gapiga e’tibor bermang degan edim-ku, Mohim! 
— E’tibor bermay ilojim yo‘q, hazratim! Chunki Gulruh begimning ikki o‘g‘li ham 
yonlarida. Men bo‘lsam uzoqdagi Humoyunni sog‘inib qon yuturmen! 
— Obbo!.. Mayli, men sizning tilagingizni bajo keltiramen, deb so‘z berdim. So‘zimda 
turmog‘im kerak. Humoyunni juda sog‘ingan bo‘lsangiz, ikki-uch haftadan so‘ng uni 
albatta ko‘rursiz. 
— Qayerda ko‘rurmen? — ovozi titrab so‘radi Mohim.— Kobuldami? 
Bobur ovozini pasaytirib: 
— Odinapurda, — dedi. 
Odinapur Hindiston chegarasiga yaqin joyda edi, Mohim begim Boburning o‘sha joyda 
qo‘shin to‘playotganini eshitgan edi. Aftidan, Humoyunning Kobulga kelib yurmasdan, 
bor qo‘shini bilan Badaxshondan to‘g‘ri Odinapurga o‘tib borishi harbiy maqsadlarga 
muvofiqroq kelar edi. 
Mohim begim endi xavotirli ovoz bilan so‘radi: 
— Hazratim Humoyunni ham Hind yurishiga olib bormoqchilarmi? 
Sir saqlanayotgan mavzuda gap ochilgani uchun Bobur atrofga ko‘z tashlab, bir lahza 
jim quloq soldi. Ayvonda ham, ichki uylarda ham ikkovlaridan boshqa odam yo‘q edi. 
— Siz bilursiz, men Movarounnahrdan umidimni uzganimdan beri yorug‘ bir istiqbolni 
Hindiston tomondan izlamoqdamen. O‘n yildan beri bir necha qayta ishonchli 
odamlarimni Hindga elchilikka yubordim. 
— O‘zingiz ham Hindga to‘rt qayta borib keldingiz-ku. 
— Lekin to‘rt martasida ham Dehliga yetolmadim. Laxo‘r atroflaridan qaytdim. 
— Hindda vatanlarini jon-jahd bilan himoya qiladigan botir yigitlar ko‘p ekan-da. 
— Ha, xususan, rajput yigitlari jasur qilichboz kelurlar. 
— Ular jangda nechog‘lik beomon ekanini biz ham eshitdik. Shuning uchun har gal Hind 
yurishiga ketganingizda xavotirlik olovida qovrilib, tunlarni uyqusiz o‘tkazurmen. Har ikki 
tomondan qancha begunoh odamlar jang qilib halok bo‘lgani xayolimdan nari ketmaydi. 
Hatto Bajur qo‘rg‘onida o‘ldirilgan uch ming yog‘iyning boshidan kalla-minora 
yasatibsizlar! 
— Siyosat uchun... zarur bo‘ldi. 
— Ammo bunday siyosat sizdek siymo uchun ma’zur emas, hazratim! Shakkokligim 
uchun meni kechiring! Hind yurishi endi bas! 
— Yo‘q, bas qilolmasmen. Hindiston rojalari menga elchi yubormishlar. Ular Ibrohim 
Lodining* zulmidan bezor emishlar. Mamlakatlari vayron, uluslari parokanda, o‘zaro 
urushlardan hamma bezgan. «Hindda qudratli davlat tuzib, qadimiy madaniyatni 
tiklamoq uchun bizga sizdek ma’rifatli tojdor kerak» deb, panjoblik Davlatxon o‘z o‘g‘li 
Dilovarxonni bizga vakil qilib yuboribdir. 
Mohim begim Boburning Davlatxon bilan ittifoq tuzganini bilar edi. Boburni Ibrohim Lodi 
zulmiga qarshi chorlayotganlar orasida hindistonlik mashhur roja Sangram Sinx ham bor 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin