Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro
birgalikdagi harakatning mazmunan
axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy
ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va
malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida
maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar
ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot – o‘qituvchining, umuman
olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni
bilish va
o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining
shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan
emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning
paydo
bo‘lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to‘g‘ri
yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayonda
o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar
yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim
berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy-pedagogik
jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar
bilan xarakterlanadi: shaxsni o‘rganish (bilish), axborot
almashish va faoliyatni
tashkil etish.
Muloqotning axborot almashish funktsiyasi ma’naviy boylik va yangiliklar
bilan o‘rtoqlashish jarayonini rivojlantirish uchun ijobiy ishtiyoqlar, hamkorlikda
ishlash va fikrlash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Rollar almashinishi yordamida muloqot o‘rnatish esa ularda u yoki bu ijtimoiy
shakllanib qolgan xatti-harakatni dasturlaydi. O‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy
jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar: darsning
ayrim elementlarini
bajarishga o‘quvchilarni taklif qiladilar. Bunda o‘quvchilar tomonidan o‘z shaxsi
(men)ni, o‘z qadr-qimmatini, shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta
bilish uchun intilishlarini ta’minlash imkoniyati tug`iladi.
Psiхоlоgiyadа turli tipdаgi bоshqаruvchilаrning ijtimоiy psiхоlоgik pоrtrеti
ishlаb chiqilgаn bo’lib, undа ulаrning bоshqаruvidа bo’lgаn jаmоа bilаn mulоqоti
tехnikаsi tаhlil qilingаn. O’qituvchi hаm pеdаgоgik jаrаyondа mulоqоtning eng
kеng tаrqаlgаn uch turidаn fоydаlаnаdi: аvtоritаr, dеmоkrаtik vа libеrаl.
Dostları ilə paylaş: