«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri


I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix26.03.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#90129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA

I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi 
xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 
1.1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kelishi. 
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din eramizdan avvalgi vii-vi 
asrlarda dastavval o’rta osiyoda-xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning 
payg`ambari zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning 
asosida yangi yakkaxudolik dinini ijod etgan. 
Dunyoda yangi dinlarni insonlarga etkazuvchi, ijtimoiy-madaniy hayotda va 
tarixda o’chmas iz qoldirgan siymolar ko’p bo’lgan. Shulardan biri zardushtdir. U 
eramizdan oldingi vii asrning oxiri va vi asrning birinchi yarmida axura-mazdani 
yakka-yagona ilox deb e`lon qilib, tarixda birinchi bor vahdoniyat g’oya siga 
tayangan - zardushtiylik diniga asos solgan. Zardusht spitama qavmidan 
(so’g’diycha spitamen degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo’lib, otasini - 
purushasp, onasini - dug’dova deb ataganlar
3

Zardushtiylik ini bundan kariyib 3000 yil mukaddam urta shark, urta osiyodagi 
kupgina davlatlar xududiga yoyilgan va asosiy diniy e`tikodga aylangan. 
Eramizdan oldingi v-iv asrlardagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor 
zardushtning nomi uchraydi. Yunonlar uni zoroastra, u asos solgan dinni esa 
"zoroastrizm" nomi bilan yuritishgan. 
Zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda ishlatilgan. Bu hol dinni 
uning payg’ambari nomi bilan boglashdir. Aslida zardusht dini mazda yasna deb 
atalgan, ya`ni mazdaga, «mutloq oqil» zotga sig’inish demakdir. 
Zardushtiylik ta`limotiga ko’ra bu dunyoning boshi bo’lganligi kabi oxiri ham 
muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o’lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik 
va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o’rtasidagi doimiy va kelishtirib 
bo’lmaydigan kurashlardan iborat. Yo’rug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini 
3
Sh.Karimov, R.Shamsuddinov. «Vatan tarixi» Toshkent, “O’qituvchi”, 1997. 64 bet 



axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora zulmat kuchlarini esa 
buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan a.a.) Boshqaradi.. 
Axriman qo’shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi 
jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo’lib ular 
olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o’limni, 
qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. 
Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht 
"biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o’simliklarni va yorug’likni 
yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh 
deb faraz qilinadi.
Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o’ziga 
mujassam etmog’i kerak. Bu to’g’risida zardusht: «madh etaman ezgu fikrat, ezgu 
kalom ila ezgu amalni. Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga 
bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz 
buraman" - deb ta`kidlaydi. 
Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy
qonun-qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning 
muqaddas kitobi -»Avesto«da bayon qilingan. 
«Avesto«ning o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to’g’risida 
qator tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud. Ushbu fikrlar 
hozirgacha qator ilmiy nashrlar va maqolalarda ko’p marotoba ta`kidlangan 
bo’lsada, biz uchun mazkur faktning uch jihati juda muhimdir. Birinchidan, 
«Avesto»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o’sha davrlarda o’lkamizda 
chorvachilik xo’jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, biz 
bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz xududida yozuv madaniyati 
bo’lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi 
bilimdonlari bo’lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi 
muhim jihati shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas 
kitobning yozilganligi, bu davrda teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy 
etganligidan dalolat beradi. 



«Avesto« nafaqat ko’hna sharq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi 
tarzida, balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining 
asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, yazdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik 
qudrati zikr qilinishi bilan birga milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalaridan 
birinchi ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, 
xar-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning 
nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli 
ma`lumotlar mavjud. Zardushtiylik ta`limotiga ko’ra bu dunyoning boshi 
bo’lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o’lchamida cheksiz 
emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat 
o’rtasidagi doimiy va kelishtirib bo’lmaydigan kurashlardan iborat. Yorug’lik, 
yaxshilik va ezgulik kuchlarini axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora 
zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan) 
boshqaradi. Axriman qo’shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, 
yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar 
kirgan bo’lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. 
Axriman o’limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va 
hasharotlarni yaratgan
4
. Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh 
hisoblangan. Zardusht "biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, 
o’simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va 
dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi. 
Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va 
marosimlarini hada ularning o’zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy 
an`analar bilan sinkretik tarzda saqlanib kelayotgan ko’rinishlarini tahlil borasida 
kengroq to’xtalib o’tamiz. 
«Avesto« ning ko’p o’rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining vazifasi va 
majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o’rinlarda, har-xil munosabatlar 
bilan mahsus bayon qilingan. 
4
«Jamiyat va boshqaruv» jurnali, N° 4, 2004 .



Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o’zlarining 
urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq 
bayramlar, navro’z, oylar bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish 
marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapo’shlik oq libos 
kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa zardushtiylik tantanalari muhim rol’ o’ynagan. 
Bundan tashqari zardush¬tiy¬larda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn bilan 
boglik kator marosimlari ham mavjud bo’lib, bularda asosan yaqin qarindoshlari, 
shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan. 
Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin