2.2. “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi
sifatida
Ma’lumki dastlabki tsvilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi
Krit orolida Minoy tsvilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar
dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston
hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Avesto» nomi bilan ma’lum bo’lgan muqaddas
kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik
zoroast¬rizm) dinidir. «Avesto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik
ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti,
diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z
aksini topgan. Manbalarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (ba’zi manbalarda
Zardo’st) ‘bo’lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o’tgan tarixiy shaxs. Taniqli
faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida
chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi
589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o’tganligini yozadi. Olimning
ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan iloxiyotchi,
faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Uning uch o’g’il va bir qizi bo’lgan.
Zardusht 30 yohga etganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy aqidalariga hamda
tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob -
«Avesto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va
e’tirof etilgan.
29
Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o’rtasida turlicha qarash va g’oyalar
mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo’lganq Ikkinchisi,
yakkaxudolik dini bo’lganmi yoki ko’pxudolik kabi masaladir.
Ba’zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kelib chiqqan desalar, ayrimlar uni eronda
paydo bo’lgan deb isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani erondir deb isbotlovchi
olimlardan biri e. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- eron qabilasi dinidan
kelib chiqqan».
Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struve, V. V. Trever, S. P. Tolstov, N. Proxorov
va boshqalar zardush¬tiylik dinining vatani O’rta Osiyo deb isbotlaydilar. A. O.
Makovelskiy ham shu fikrga qo’shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi «Avesto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda
(«Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» demakdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi
berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo’lsa, to’qqiztasi O’rta Osiyoga tegishli
bo’lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston
hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya
(Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm),
Varana (Turkmaniston eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Avesto» kitobida er
dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeyanlar o’ralganligi, nomlari keltirilgan
mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi
haqida yozilgan.
Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging
markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shahri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi
Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx
shahri bilan bog’liqdir. U podshohlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga
aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi.
30
Zardushtiylik bo’yicha ilgarigi ko’pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan
murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum ‘Suyaklarini
maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko’mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan.
Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosan O’rta Osiyo
hududlari er ostidan topilayotir, eron hududida esa
bitta-yarimta
uchramoqda,
xolos.
Bu
hol
zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo deb aytish
uchun tarixiy asos bo’la oladi.
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o’zi bizgacha
etib kelmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy
manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda
kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta
Osiyoda o’trog’ ho’jalikka o’tila boshladi,
sug’oriladigan
dehqonchilik
chorvachilik
hunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-
yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi
o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini
ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining
odamlarga
benixoya
kulfatlar
keltirayotgan
ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga etkazish
davrning asosiy muammosi bo’lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan
oldin ko’ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib,
farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o’tish, deb bildi
va o’zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun
olib borilgan urush (jihod)da o’zi ham halok bo’ldi.
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Avesto» Iskandar Zulqarnayn
hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshohiylar davrida
yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi
davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga etkazilgan. «Avesto»ning uchta
kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Videvdat»,
31
ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u
«Videvdat»- «Sade» deb ham yuritiladi. «Videvdat»ni poklanish qonun-qoidalari
majmuasi deb aytsak bo’ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari
uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi
bashoratida tabiat va xalolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga
qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon keltirishga doyr duolar bor. 19-
bashoratda olam yuzaga kelmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha’niga shukronalar
bayon qilinadi
13
.
Kitobda poklanish (yuvinish gigienasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday
maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’
bo’lish, kechirim so’rashga doir duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab
kolish, gunoxdan forig’ bo’lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey,
olamning hukmdori Oxuramazda! Men barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni
takrorlamaslik uchun senga so’z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har
qanday yomon so’zlardan, har qanday yomon amallardan voz kechaman, men fikrlagan
va gapirgan yoki qilmoqchi bo’lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya
ishlarimdan voz kechaman, niyatlarim, so’zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon
ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni keng karaming ila kechirgil, tanam va
jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7
ta bobida Zardusht orqali xabar berilgan bashoratlar o’z ifodasini topgan. Zardusht xudo
Oxuramazdadan o’z axloqiy qonun-qoidalarini ma’lum qilishni so’raydi. Oxuramazda
butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik to’g’risida vaxiy qiladi. Bir-
biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot
va o’lim, osmon jahannam ma’nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida
«Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida
gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mohiyatidan
kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi
tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxura¬mazda yuborgan qonun-qoidalar,
13
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan milodning Y asrigacha) T. O’qituvchi. 1994. 106-bet
32
tartibotlar, nasixat va o’gitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga
erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha,
olam qarama-qarshiliklar asosida
qurilgan jismoniy narsalarda
yorug’lik bilan zulmat, jonli
tabiatda hayot bilan o’lim,
ma’naviy olamda ezgulnk bilan
yovuzlik
ijtimoiy
xayotda
adolatli
qonunlar
bilan
qonunsizliklar o’rtasida doimiy
qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi
o’rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik
ruxi bo’lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga
boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuz¬lik
o’rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida
ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barakamollik nishonasi
sifatida muhim o’rin tutadi. Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash
imkonini beradi. Imonli e’tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz
ruhlar- dev, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli
sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o’zini chetga olishga
da’vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «Men ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so’zlarni
va ezgu amallarni yoqtiraman. Men mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni
ulug’layman», deydi, Bundan ko’rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi:
fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odam¬larni «...
o’z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro’sa qilib yashashni odat qilishlari,
g’arazgo’yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz
ishlardan o’zlarini tiyib yurishi uchun...» intilishga chaqiradi. «...Bergan so’zning ustidan
chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat’iy amal qilish, qarzni
vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish» imonlilik alomatlaridir, deyiladi.
33
Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z
olaytirishdan, o’z-o’ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o’zini saqlay
biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring»,
ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal
bo’lib boraveradi, deydi Oxuramazda.
«Avesto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo’ylik adolatlilik ulug’lanadi. Bunday
ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid
bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday
deyiladi:
«Men borliqning Quriqchisiman
Nomdir menga tag’in Himoyat
Yana bir nom bilguvchilikdir
Voqiflikdir yana bir tarzim,
Mening nomim Haqgo’klik erur
Mening nomim aldovsizlikdir.
Mening nomim Asraguvchidir
Mening nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham men
Barchani vayron etguvchi ham men,
Yuqlikdan bor etguvchi ham men,
Yana bir nomim ezgu farog’at,
Haqqoniyat yana bir ismim ».
«Avesto» kitobida materialistik
dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi.
Er,
suv,
havoni
bo’lg’ash,
ifloslantirish eng og’ir gunoxlar
qatoriga qo’shiladi. Oxuramazda
«...erga yaxshi, sog’lom urug’lar
sepishdan ortiq savob ish yo’q..»
deydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki
34
yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so’yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda
erga ekin ekishni erdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, deb hisoblaydi.
Bashoratlardan birida: «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’
qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo’lib, qolgani
sarobdir», deyiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy
o’stirila boshlasa, devlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo’lsa, devlar zaiflashib
qoladi. Un tayyor bo’lgach, devlar nolayu fig’on chekishadi... Devlarni maglub etish
uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo’lishi lozim. Bu ovqatni odam egandan so’ng,
devlar juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi».
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida
adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan keyingi savobli ish esa
oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko’paytirishdan iborat bo’lgan.
Zardusht xudo nomidan hukmdorlarga qarata bunday deydi: «Yomon ovqatlangan xalq
na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo’ladi. Yomon
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l ko’l bo’lsa, muqaddas
so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi».
Bir
qarashda
oddiygina
kurinadigan bu so’zlarda juda katta
falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy ugitlar
borligiga
amin
bo’lamiz.
Zardushtiylik
o’gitlarida
ona
zaminga,
dehqonchilikka,
hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni
egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro’z, Ro’za, Mexr va boshqa barcha
marosimlarida ochiq-oydin ko’ramiz.
Yosinning 29- basho’rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida
ibodatdan so’ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko’targan holda Ollohdan o’z
talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda
Er, osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi.
35
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda
ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko’ra 900
yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil
shu’lali olovni ko’paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a
qiladi. Er odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani erga sanchib erni
kengaytirishni ilti¬jo qilib xudodan so’raydi va unga erishadi. Oxuramaz¬da Odam
Atoga erga sovuq ofat kelayotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o’ziga
bir uy qurib hayvonot va o’simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda
ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi.
Ammo Odam Ato o’z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib ketadi va xudo
tomonidan taqiqlangan ne’mat- qoramol go’shtidan iste’mol qilib qo’yadi. U xudoning
kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo’ladi. Odamzod xayotning bu birinchi
bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning
diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib
borilgan 3000 yillik kurashlardan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik
osoyishtalik va farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo’lgan
dev- Axriman engiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo’ladi. Barcha o’lganlar tirilib
xudo oldiga keladilar va o’z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar.
Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko’rib turibdi. Xudoni aldab bo’lmaydi.
Zar’dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning
tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go’zal kiz qiyofasidagi o’z
mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko’prik - «Chinvot»dan o’tadi.
Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko’prik kengayib turadi va yo`l beradi. Undan
omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar
tiriladigan kunda o’z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan
shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum
bo’ladalar, do’zaxga tushadilar.
36
«Avesto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma
narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi
bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob
«Bundaxash», Qadimiy eron tili paxlaviy
tilidan yozilgan
14
.
Eshtlar va Yosinlar uch katlamdan
iborat:
birinchisi
xalq
eposlarining
Zardushtgacha bo’lgan qo’shiqlari (she’rlari),
ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va
uchinchisi Zardusht halok bo’lgandan keyin
kitob holiga keltirilgan va «Kichik Avesto»
nomi bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi.
Shuning uchun «Avesto» ning dastlabki ilk
va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila
bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga
sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy
adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Avesto»ga asoslangan g’oyalar bo’lgan.
Bunda ko’p xudolilik bilan yakka xudolilik g’oyasi aralashib, qorishib ketganligidan
Zardushtiylikni ko’p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu yakka
hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo’lgan
mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va
boshqa xudolar haqida fikrlar bo’lgan. Ammo u hudolar huddi odamlardek hayot
kechirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo’lgan, uning
xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib,
barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos
solgan yakka xudolilik dini eronda Ahamoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular O’rta
Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. To’g’ri, eron shohlari o’z saltanatlarini barqaror
qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga etarli darajada baho berganlar. Ammo
14
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan milodning Y asrigacha) T. O’qituvchi. 1994. 56-bet
37
bu dindagi o’rtahol dexdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini
iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash eron shohlariga yoqmaydi.
Dostları ilə paylaş: |