1
«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
R e j a:
Kirish
I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi
xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri.
1.1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kelishi.
1.2. Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning
eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri.
II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy
manba sifatida
2.1. “Avesto” kitobi va undagi tarixiy ma’lumotlar bayoni
2.2. “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi
sifatida
2.3. “Avesto” da ijtimoiy tuzumning aks etishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2
Kirish
“Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi
1
.
Islom Karimov
O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir.
Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti,
turmushi,
urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda
tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya,
etnografiya va umuman,
ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar
to’plangan.
“Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari
Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi
uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi
miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu
sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p
xudolik
tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda
Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik
va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi
V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik
dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va
asosiy qismini bayon etgan.
Juda ko’pchilik
tadqiqotchilarninig fikricha,
Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy
shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida
Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta
fors
tilida
Zaratushtra
nomi
bilan
1
.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998.
1
25-bet
3
eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib,
otasini
Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya
yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga
mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi
Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi,
zardushtiylikning vatani
hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo,
Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi “Avesto”
qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan
2
.
’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin?
Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va
ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin
bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va
“AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab
va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan
.Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi
poytaxti Sheroz yaqini
dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi
eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”.
Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan.
Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni
vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni
o’ldirib yuboradilarMarkaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy
qarashlari va e`tiqodlari, payg’ambarlari va ular ta`limotlarining yoyilishi ko’pgina
olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo’layotgan masaladir. Ma`lumki,
Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu
ta`limotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi
“Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi
masalalar ham Hozirgi kunda
Ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda,
2
Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.M. Mirizyoyev.- Toshkent.
O’zbekiston. 2017.