I. Uzoq muddatli aktivlar: asosiy vositalar (01), nomoddiy aktivlar (04), kapital qo‘yilmalar (08), moliyaviy
qo‘yilmalar (06), o‘rnatiladigan asbob-uskunalar (07).
II. Aylanma aktivlar: ishlab chiqarish zahiralari (10, 11, 15, 16) tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor
mahsulot, pul mablag‘lari) debitorlar.
Balansning passiv qismi ham 2 bo‘limdan iborat: I. Bo‘lim. Uz mablag‘larining manbalari: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan
foyda, kelgusi davr daromadlari va x.k.
II. Bo‘lim. Majburiyatlar: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan
olingan qarzlar, olingan bunaklar va kreditorlik majburiyatlari.
Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga
ko‘rsatiladi. Bunday tartib urnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’ulumotlarni o‘rganish,
solishtirish orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini
o‘zgarib borish hisobot xulosaga kelish, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Xamda
ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va Davlat Solik inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya
hisoboti shakllarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi.
Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, moddalari ham turlichadir.
Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq
xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga
asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Balansga qo‘yilgan talablar:
Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati
o‘rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun
xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli
mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona
hisobot ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo‘lishi shart Bu tenglik aktivda xo‘jalik
mablag‘lari passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans
so‘zi tenglik tarozuning ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi.
Бухгалтерия балансига қўйилган талаблар
Баланснинг
тўғрилиги
Баланснинг
реаллиги
Баланснинг
яхлитлиги
Баланснинг
изчиллиги
Баланснинг
тушунарлилиги