49
Ukatxudo-mayda feodallarning vaziri deb ataydilar.
Shixna-qal’a boshlig’i
Kutvol-qal’a yoki qo’rg’on soqchisi boshlig’i.
Harbiy tashkilotlar hamda qo’shin tarixi.
Sulton toj-taxti va markaziy hokimiyatining asosiy tayanchi turli
qabilalarga mansub doimiy qo’shin edi. Bu asosan otliqlardan iborat
bo’lib, uning tarkibiga piyoda qismlar, tig’iz hollarda esa shaharliklar
va dehqonlardan tuzilgan lashkarlar ham kirgan. G’aznaviylar
qo’shinida turkiylar, seyistonliklar, hindlar, tojiklar, kurdlar, arablardan
tashkil topgan harbiy qismlar bo’lgan. Bu holni qo’shinni tarqoq holda
qat’iy tobelikda tutib turishga intilish bilan izohlash mumkin, “Barcha
qo’shin bir urug’dan bo’lsa deb yozgan edi. Nizomulmulk undan xavf-
xatar tug’ilishi mumkin, zero, tirishqoqlik ko’rsatilmaydi, tartibsizliklar
sodir bo’ladi. Qo’shinni turli qabilalardan tuzmoq lozimdir”.
1
G’aznaviylar qo’shinida sharqiy
chegara viloyatlaridan
Movarounnahr, Taroz, Qoshg’ar va Xo’tandan keltirilgan qullar
g’ulomlardan tashkil topgan maxsus harbiy qismlar ham bo’lgan. Ular
maxsus ta’lim va harbiy tayyorgarlikni xususiy va saroy maktablarida
olishgan. G’ulomlar bir necha toifaga bo’lingan. Ularning orasida eng
ko’pchilikni 4 mingtasi saroy g’ulomlari tashkil qilgan. Ulardan
tashqari ya’ni 300 g’ulom-sulton tanmahramlari
va yaxshi kiyingan
bayroqdorlar bo’lgan.
G’ulomlarning asosiy qismi oddiy jangchi va soqchilik vazifasini
o’tashgan, lekin ularning bir qismidan xizmatkor, soqiy, to’shakchi va
boshqalar sifatida ham foydalanilgan. G’ulomlar, shu jumladan sulton
g’ulomlari xazinadan har yil maosh va oziq-ovqat olishgan. Huquqiy
mavqelari va mol-mulklariga ko’ra ular bir xil emas edilar. Ularning
ayrimlari yuqori mansablarga hojib,
viloyat noibi, sipohsolor kabilarga
erishganlar. G’ulomlar aholining boshqa ijtimoiy va etnik qatlamlari
bilan
aralashmaganlar,
shu
tufayli
mulkdorlar
tabaqasining
hukmronligini amalga oshirish uchun qulay qurol rolini o’tagan. O’rta
asr Sharqida keng tarqalgan “Sodiq xizmatkor (g’ulom)
yuzta
farzanddan a’lo; farzand otaga o’lim tilaydi; g’ulom esa –uzoq umr
tilaydi” kabi maqollar aynan mana shunday holatni aks ettirar edi.
1
Низомулмулк. Сиёсатнома. -T.: 2012. -Б.107.
50
G’aznaviylar qo’shini uch yirik qo’shilmaga ajralib, uchta yirik
sarkarda (sipohsolor) boshchiligida Hindiston, Iroq va Xurosonda
joylashgan. Barcha qo’shin tepasida katta hojiblar turgan, unga maxsus
belgi sifatida nog’ora, tug’, katta yoki kichik nog’ora topshirilgan. Bosh
qo’mondon oltin kamar taqilgan qora chakmon va ikki shohli qalpoq
kiygan.
1
Mahmud G’aznaviy mamlakatning barcha
aholisini ikki toifaga
ajratgan: harbiylar va fuqarolar. U jangchilarga maosh to’lagan va
ulardan o’zining amr-u-farmonlarini so’zsiz ijro etishlarini talab
qilgan.
2
Mahmud G’aznaviy yaxshi tashkil qilingan va qurollangan katta
qo’shinga tayangan. Uning ko’plab jangovar fillari bo’lgan, qal’alarni
qamal etish uchun otuvchi mashinalar qo’llanilgan, daryodan kechib
o’tish paytida suzuvchi ko’priklar qurilgan. Sultonning ko’p
sonli
qo’shinining aksariyatini sotib olingan va maxsus harbiy ta’lim olgan
qullar-g’ulomlar tashkil etgan. G’ulomlarning otryadlari turklar va
boshqa xalqlarning jangchilaridan tarkib topgan,
ular orasida tojiklar
ham ancha bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: