Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Farrux dis

XULOSA VA TAKLIFLAR 
Mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, amaliy tajriba 
natijalaridan kelib chiqib quyidagilarni xulosa qilish mumkin: 
Konchilik sanoatiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish tezligi 
va samaradorligini oshirishni taminlash, kon jinsi massasini qayta ishlash va
yakuniy mahsulotni olish uchun kon jinsi massasini qazishga tayyorlash sifatiga 
bogʻliq hisoblanadi. 
Portlatish texnologiyalarni takomillashtirish orqali qazib olish ishlari 
samaradorligining ortishi mamlakat konchilik sanoati iqtisodiyotini rivojlantirish 
surati va samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
Konchilik korxonalarining zamonaviy ish sharoitida burgʻilash va portlatish 
ishlari(BPI) hanuzgacha mustahkam togʻ jinslar massivini maydalashning yagona 
va samarali usuli hisoblanadi. Kon qazish texnologiyasining dastlabki jarayoni 
sifatida burgʻilash va portlatish ishlari keyingi barcha jarayonlarning 
samaradorligini belgilaydi: yuklash va tashishdan tortib, mineral xom ashyoni 
mexanik ravishda maydalash va qayta ishlashgacha. Turli xil mustahkamlikdagi 
togʻ jinsi massivi maydalashining bir xilligi va kattaligi, yirik oʻlchamli togʻ jinslar 
chiqishining foizi, pogʻona osti boʻylab maydalanishi, skvajinalarda perebur 
(ortiqcha burgʻilash) miqdori, massiv portlatilgandagi uyum kengligi - bu va 
boshqa xususiyatlar asosida amalga oshirilgan BPI sifatni aniqlaydi. 
Yirik oʻlchamli togʻ jinslarni ikkilamchi maydalash, perebur burgʻilash va 
portlovchi modda sarfi uchun qoʻshimcha xarajatlari talab qilinadi. Bu esa 
burgʻilash va portlatish ishlarining samaradorligini pasaytiradi. 
Yuqoridagilar bilan bogʻliq ravishda burgʻilash va portlatish ishlarining 
samaradorligini 
oshirish 
uchun 
skvajinalarning 
oʻlchamlari, 
ularning 
konstruksiyasi va kon sharoiti uchun maqbul porlovchi modda turini toʻgri tanlash 
konchilikning dolzarb ilmiy-texnik vazifasidir. 
1. Ilmiy ishimning 1-bobida yoshlik konining kon geologik tasnifi, konning 
oʻrganilganlik darajasi haqida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan boʻlib, unga koʻra 
«Yoshlik-1» koni maydoni asosan intruziv jinslardan iborat: siyenit-diorit ˗ 71,3%; 


56 
diorit ˗ 21,8% Olmaliq tipidagi granodiorit-porfir ˗ 0,7%. Kondagi qatlamli 
choʻkindi jinslar Devon vulkanik va qumli-karbonat jinslaridan tashkil topgan. 
Quyi Devon ikki gorizont bilan tasvirlangan; a) kvarts porfirlar (
)
b) andezit-datsit porfirlar (
). «Yoshlik-1» konining asosiy ma'danli jinslari 
siyenit-dioritlar (ruda zaxirasining 58%), ozroq darajada dioritlar (35%) va nihoyat 
granodiorit-porfirlar (zaxiralarning taxminan 7%) hisoblanadi. Ruda jismlarini 
lokalizatsiya qilishda boshqa jinslarning roli ahamiyatsiz hisoblanadi. 
«Yoshlik-1» va Qalmoqir konlari yagona ruda birlashmasini - "Katta 
Olmaliq" ni tashkil etadi. Ularning har birida, birinchi qarashda, yoriqlar bilan 
ajralib turadigan joylar mavjud. Ilgari alohida konlar sifatida oʻrganilgan bu 
maydonlar chuqurlikda murakkab shakldagi yagona ruda tanasi shtokverkiga 
birlashadi. Rudalarni boshqaruvchi yoriqlar tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq 
holda, «Yoshlik-1» konining maydoni Karabulakskiy, Markaziy va Shimoliy-
Gʻarbiy Balikti (ikkinchisi eng baland) uchastkalariga (bloklarga) boʻlinadi. 
Konning barcha uchastkalari mis-porfirli rudali shtokverk koʻrinishida boʻlib, 
ammo asosiy sulfidli jinslar (kvarts-pirit-molibdenit-xalkopirit) keng tarqalgan. 
Sulfidli rudalardagi ruda minerallarining umumiy miqdori konning barcha 
uchastkalarida deyarli oʻxshash – 2.35 dan 5.25 gacha. Faqat Markaziy 
uchastkaning sharqida, tarkibida xalkopirit kam boʻlgan (0.8-0.9 %) ruda saqlovchi 
dioritlarni intensiv ravishda piritlashi tufayli ruda minerallari miqdori yuqori – 4.2-
7.0 %. 
Eng qadimgi mineral birikmalar - kvarts-seritsit-pirit tarkibli metall 
boʻlmagan qismlar va mis rudali yon qanot shtokverk zonalaridagi mayda tomirlar 
hisoblanadi. 
Kechroq 
birikkan 
mineral 
birikmalar 

kvarts-karbonat-
polissulfidining mineral birikmalari asosiy tarkibli jinslarda kenglikdagi mis rudali 
shtokverklardagi kabi yon qanot shtokverklarida ham uchraydi.
2. Konning oʻrganilganlik darajasini tahlil qiladigan boʻlsak, konni oʻrganish
jarayoni 1927 -1982- yillarni oʻz ichiga olgan boʻlib, bu davrda dastlabki razvedka 
skvajinalari 
burg ilangan. 
Ushbu 
hududda 
konlarning 
mavjudligini 
S.F.Mashkovtsev 1927-yilda taxmin qilgan. 1925-1928-yillardagi qidiruv-syomka 


57 
ishlari toʻgʻrisidagi hisobotida u Olmaliq rudali rayoni ostida konlar mavjudligini 
taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar borligini, ammo ularni aniqlashning geofizik 
metodlarsiz iloji yoʻqligini yozgan. A.V. Korolev (1935-1939-yillarda) ham 
Qalmoqir konidan gʻarbda joylashgan kuchli torflashgan hududda sanoat 
minerallarining mavjud boʻlishi mumkinligi haqida gʻoyani aytadi. Biroq, bu 
bayonotlar oʻz vaqtida yetarli darajada isbotlanmagan. 1963-1964 yillarda 
«Yoshlik-1» uchastkasi hududida mis minerallarini chuqur burgʻilash yoʻli bilan 
dastlabki qidiruv ishlari amalga oshirildi. Dastlabki razvedka ishlarining ikki yillik 
davri natijalari asosida «Yoshlik-1» koni rudalari vaqtinchalik konditsiyalar 
loyihasini tuzish uchun materiallar tayyorlandi (E.R. Butyeva, A.T. Raxubenkov). 
―Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‖ AJ ga qarashli «Yoshlik-1» karyeri 2017-
yil 27-iyul kuni Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga 
tashrifida ochish ishlariga ruhsat bergan edilar. Shuningdek Dalnee koni nomini 
«Yoshlik-1» ga oʻzgartirgan edilar[1.1.2]. 
3. «Yoshlik-1» koni rudalari oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan 
qoyasimon jinslardan iborat boʻlib, tog jinslarining qattiqlik darajasi 14-16 ni 
tashkil etadi. Shu sababli Yoshlik -1 koni tog jinslari burg ilab-portlatish usuli 
orqali qazib olishga tayyorlanadi.  
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslarini burgʻilash uchun SBSH-250 MNA 32 
burgʻilash dastgohidan foydalaniladi. Konda burgʻilangan skvajinalarni diametri 
ni tashkil qiladi Ushbu burg ilash stanogining 2022- yil holati 
boʻyicha soni 12 tani tashkil qilmoqda. Kon murakkab kon geologik va qoyali togʻ 
jinslaridan iborat boʻlib pogʻonalarni balandligi 15-20 m gacha hattoki ba‘zi 
pogʻonalar balandligi 25mgacha ham yetadi. Konda portlatish ishlaridan soʻng 
yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi 1.5-2 % yirik oʻlchamli togʻ jinslarini 
maydalash ishlari quyma zaryadlar yoki gidromolotkali ekskavatorlar metodi 
orqali amalga oshiriladi. 
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslari darzdorligi darajasi boʻyicha 3 ta 
kategoriyaga ajratilgan: 


58 
I-kategoriya – oson portlovchi jinslar; 
II-kategoriya - oʻrtacha portlovchi jinslar; 
III-kategoriya – qiyin portlovchi jinslar. 
4. «Yoshlik-1» koni sharoitida portlatish ishlari koʻrsatgichlari quyidagicha: 
bitta skvajinadagi portlovchi modda 767 kg, zaryad kolonkasining uzunligi 13 m, 
bitta skvajina portlaganda chiqadigan kon massasi hajmi 936 m
3
, bir haftada 
portlatish uchun talab etiladigan portlovchi modda miqdori 23456 kg.
«Yoshlik-1» konida portlatish ishlari kombinatning portlovchi moddalarlarni 
ishlab chiqaruvchi maxsus sexi tomonidan ishlab chiqariladigan 30, 50 va 60 
markali Emulsion portlovchi moddasi orqali amalga oshiriladi. Portlovchi modda 
uncha katta boʻlmagan miqdordagi dizel yoqilg isi, olien kislotasi, suvli ammiak va 
shisha mikrosferalari bilan ammiak silitrasining aralashmasidan tashkil topgan.
5. «Yoshlik-1» konining kon-texnik sharoitlarini hisobga olib sharoshkali 
burgʻilash dastgohlarini qoʻllash iqtisodiy va texnologik tomondan samarali 
hisoblanadi. Hozirgi kunda «Yoshlik-1» konida dolotasi diametri 244,5 mmdan 
269.9 mmli boʻlgan SBSH-250 MNA-32 hamda SBSH-250 MN-32 rusumli 
sharoshkali burgʻilash dastgohlaridan foydalanilmoqda.
«Yoshlik-1» koni sharoitida burgʻilash ishlari koʻrsatgichlari quyidagicha: 
burgʻilashning oʻrtacha texnik tezligi 14 m/soat, burgʻilash dastgohining oʻrtacha 
smenalik ish unumdorligi 107 m/smena, burgʻilanadigan skvajina uzunligi 18 m, 
perebur uzunligi 3 m, zaryad uzunligi 13 m, zaboyka uzunligi 5 m, portlovchi 
moddaning oʻrtacha solishtirma sarfi 0.72 kg/m
3
boʻlyapti. 
Skvajina 
zaryadlari 
oʻz 
konstruksiyasi 
boʻyicha 
uzilmali 
va 
markazlashtirilgan konstruksiyali boʻladi. Markazlashtirilgan zaryad skvajinaning 
pastki qismida joylashib, u asosan pogʻonaning pastki qismiga ta‘sir qiladi. 
Shuning uchun portlatish ishlarida bir tekis toʻldirilgan zaryadlarni qoʻllanilganda 
yirik oʻlchamli togʻ jinslari koʻproq xosil boʻladi. Hozirgi kunda «Yoshlik-1» 
konida portlatish ishlarida markazlashtirilgan skvajina zaryadi konstruksiyasidan


59 
foydalaniladi.Shu bois portlatilayotgan skvajinaning yuqori qismida yirik 
oʻlchamli togʻ jinslari boʻlaklari chiqishi koʻp miqdorda kuzatilmoqda. 
6. Konda yanada samaradorlikni taminlash maqsadida chet el olimlari hamda 
yurtimiz olimlari tomonidan samaradorlikni taminlovchi konchilik sohasida 
muammoli tomonlariga yechimlar izlanmoqda. Bu muammolar faqatgina bizni 
yurtimizda uchramaydi balki dunyo konlarida ham uchrayotgan muammolar 
hisoblanadi. Bu muammolardan biri portlatish ishlaridan soʻng yirik oʻlchamli togʻ 
jinslari chiqishi yoki konditsiya boʻlagini normadan ortib ketishi bilan qoʻshimcha 
burgʻilash portlatish ishlarini talab etilishi hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida 
rejadan ortda qolishni hamda iqtisodiy tomondan ham oʻz ta‘sirini oʻtkazmay 
qoʻymaydi.
Rivojlanish tizimining parametrlarining oʻzgarishi, xususan, yuqori 
pogʻonalardan foydalanish, yuqorida ta'kidlab oʻtilganidek, portlashdan soʻng yirik 
oʻlchamli togʻ jinslarini chiqishi, pogʻona ostki qismi qarshilik chizigʻining 
kattalashishiga olib keladi. Portlashning umumiy talablaridan kelib chiqqan holda, 
togʻ jinslarining portlashda maydalanish darajasi sifati portlash samaradorligining 
muhim koʻrsatkichidir. Parallel juftlashgan skvajina zaryadlari togʻ jinslarining 
pastki qismida yaxshiroq maydalanishini, portlash vaqtida xosil boʻladigan 
portlash energiyasini toʻgʻri boshqara olish orqali konditsiya boʻlagini normadan 
ortib ketishini oldini olishni taminlaydi. 
Qozonli zaryad bilan skvajina zaryadini kombinatsiyalashtirish orqali portlash 
samaradorligini bir necha barobarga yaxshilash mumkin. Bunda qozonli zaryad 
portlaganda xosil boʻladigan energiyani skvajinali zaryaddan chiqadigan energiya 
orqali toʻgʻri yoʻnaltira olish yetarli. Bu kombinatsiyalashgan zaryadlar 
portlatishidagi detonatsiy vaqtini shundan aniqlik bilan tanlay bilish kerakki 
shundagina portlatish ishlari samaradorligi portlashdan keyin chiqadigan togʻ 
jinslari oʻlchamiga qarab baho berish mumkin boʻladi. 


60 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin