Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə73/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

milliard AQSH dollari
Altria Group oldin Phillip Morris nomi bilan tanilgan. Butun
dunyoda koʻpchilikka ma’lum bu kompaniya 2003 yilgacha Phillip
Morris brendi ostida sigareta ishlab chiqarish bilan shugʻullanar edi.
Aynan shunday mashhurlik biznes rivoji uchun toʻsqinlik qilar edi va
shu boisdan 2003 yilda zararli tovar ishlab chiqaruvchi degan
yoqimsiz nomdan qochish maqsadida kompaniya oʻz nomini Phillip
Morris Internationalga oʻzgartiradi. Kompaniya 2007 yilgacha Kraft
Foods amerika oziq-ovqat kompaniyasi nazorati ostida faoliyat
yuritadi. 2008 yilda Philip Morris Internationalning 100 foiz aksiyalari
Altria kompaniyasi aksiyadorlari oʻrtasida taqsimlanish yoʻli bilan
sotib olinadi. Oʻz navbatida moliyaviy operatsiya Phillip Morris
Internationalning bosh kompaniyasiga 107 milliard AQSH dollari
miqdoridagi moliyaviy mablagʻ keltiradi.
2. Vodafone Air touch + Mannesmann, bitim miqdori - $185,1
milliard AQSH dollari
Vodafone va Mannesmann oʻzaro birlashgunga qadar mobil aloqa
bozorida raqobatchi kompaniyalar edi. Lekin 1990 yillarning
oxirlariga kelib Mannesmann nemis kompaniyasi Buyuk Britaniya
bozoriga, ya’ni Vodafone vataniga kirib boradi. Aynan oʻsha paytda
angliyaliklar raqobatchini dushmanlarcha qoʻshib olishga urinishni oʻz
vatanlarida boshlash lozimligi anglaydilar. Dastlab Germaniya
hukumati va Mannesmann direktorlar kengashi bitimga qarshi
chiqadilar, lekin 2000 yilda 185,1 milliard AQSH dollari hisobiga oʻz
aktivlarini sotishga baribir qaror qiladilar.
1. AOL + Time Warner Cable, bitim miqdori – 186,2 milliard
AQSH dollari
Tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz qoʻshib olishlardan biri. Bugungi
kunda AOL va Time Warner Cable kompaniyalari haqida nimalarni
bilamiz? Birinchi kompaniya – uzoq oʻtmishdagi va hozirgi kunga
kelib unutilayotgan internet gigant kompaniya, ikkinchisi esa davriy
ravishda oʻz egalarini almashtirib turvchi eng yomon kabel televidenie
va internet xizmati koʻrsatuvchi kompaniyalardan biri. 2000 yilda har
ikkala kompaniyada hammasi boshqacha boʻladi, deb tasavvur
qilinardi. Birlashishlar va qoʻshib olishlar bozoridagi mazkur yirik
bitim dunyo miqyosida birinchi raqamli telekompaniyaning yuzaga
kelishiga xizmat qilishi kerak edi. Aynan qoʻshib olishga sarflangan
186,2 milliard AQSH dollari AOL kompaniyasining moliyaviy
moslashuvchanligining yoʻqotilishiga olib keldi, natijada uning
sinishiga va 2009 yilga kelib ikkiga boʻlinishiga sabab boʻldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda jahon iqtisodiyotida amalga
oshirilgan eng yirik birlashishlar va qoʻshib olishlar boʻyicha
operatsiyalarni quyidagi jadvalda qisqacha keltirib oʻtamiz (21.4-
jadval)
21.4-jadval
Reuters agentligi baholashlariga koʻra 2014 yilda korporativ
birlashishlar va qoʻshib olishlar bozori 2013 yilda 40 foizga oʻsdi va
3,27 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2007 yildan
buyon eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, oʻsha yili kompaniyalarning
birlashishlar va qoʻshib olishlar boʻyicha 4,12 trln AQSH dollari
miqdorida bitimlar tuzilgan edi. Birlashishlar va qoʻshib olishlar
faolligi iqtisodiyotning deyarli har bir sektorida oʻsganligini qayd
etishimiz lozim. Ayniqsa, energetika va farmatsevtika kompaniyalari
uchun samarali yil boʻlganligini qayd etib oʻtish mumkin. Mazkur
holat Amerika, Yevropa va Yaponiya banklarida past foiz
stavkalarining qoʻllanilganligi, shuningdek, fond birjalaridagi
aksiyalar kotirovkalari bilan bevosita bogʻliq.
Quyida Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan 2014 yildagi eng
qimmat birlashishlar va qoʻshib olishlar boʻyicha oʻnta bitimni keltirib
oʻtamiz
Jadval ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda ta’kidlashimiz
mumkinki, korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlar boʻyicha 2014
yildagi eng yirik bitimlar tarix boʻyicha eng yirik oʻntalikka kira
olmaganligini qayd etib oʻtishimiz lozim.
21.2-rasm ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda ta’kidlashimiz
mumkinki, Rossiya Federatsiyasi boʻyicha birlashish va qoʻshib
olishlar bozoridagi holat doimiy ravishda tebranuvchan xarakterga
egaligi bilan birga, nisbatan pasayish tendensiyasiga ega. Buni 2013
yil mart oyidagi bitimlar miqdori 58,45 milliard AQSH dollarini
tashkil etgan boʻlsa, 2015 yil mart oyida bu koʻrsatkich bor yoʻgʻi 2,57
milliard AQSH dollariga teng boʻlganligi orqali ifodalashimiz
mumkin.
Rossiya birlashish va qoʻshib olishlar bozorida bitimlarning son

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin