R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 329,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix20.01.2023
ölçüsü329,09 Kb.
#79818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5g

Kitobxon.Com


10
Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, 
bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin. 
O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga 
tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darsla-
rini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok 
etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari 
zarur.
Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin 
mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz:
I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash 
mumkin. O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. 
Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf 
xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alo-
hida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: 
I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur 
so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi. O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, 
maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir ras-
mini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun 
so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi 
ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush 
munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. 
Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kes-
ma harfl ar o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi: 
K
O
M
S
L
U
N

Yüklə 329,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin