R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 329,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix20.01.2023
ölçüsü329,09 Kb.
#79818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5g

Kitobxon.Com


7
SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH (DIDAKTIK O‘YINLAR MISOLIDA) 
Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qam-
rab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy-
tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va 
yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning 
so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib 
matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in, 
tovush, harf haqida ma’lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar 
haqida ma’lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajra-
lishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomoni-
dan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o‘quvchilar bilgan she’r, 
hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga 
yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o‘rgatib borish, 
alifbe darsligidagi so‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar 
asosida o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi mu-
tanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi. 
Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ko‘lami bir-
muncha keng bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fi krlashga o‘rgatadi. Zero, 
Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX ses-
siyasida so‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday 
qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan 
tanishtirish kerak»ligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil 
fi kr lashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vosita-
larni izlab topish, o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. 
Jumboqli topshiriqlarni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining 
imkoniyatlarini hisobga olishi, ba’zi topshiriqlarni yechish ga bolalarni ol-
dindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini 
ko‘rsatib, undagi ba’zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofi qdir. Masalan, 
darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Ona-bola ish ustida» va 
«Erkin jonivorlarni sevadi» mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn 
tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan bo‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda 
Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan. 
Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o‘quvchilarda mus-
taqil fi krlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilmdonlikka un-
dashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol 
qo‘llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan «ma», «ma-na» (14-bet), 
kabi ba’zi so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining 
boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilim-

Yüklə 329,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin