6
qiladilar. O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar
belgilariga asoslangan
holda yaxlit, ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi
mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi orasidagi elementlarning
assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarni anglash tajribasiga asoslangan
holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa, yuqorida ta’kidlab
o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan mantiqiy fi kr-
lash jarayonidir. Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi uchun
muhim ahamiyatga ega. Sintez (umumlashtirish)
operatsiyalarini baja rish
jarayonida o‘quvchilar o‘z onglarida mav jud bo‘lgan til vositalarining
ma’nolari va funksional me’yorlarni umumlashtiradilar.
Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning
yozuvda ifodalanishi, harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in
va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfo-
grafi ya qoidalari xususida
tasavvurni rivojlantirish, umuman ona tili ning
go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi. Bu
bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi - alifbe dars-
ligining alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlari-
ning turlariga
oid rasmlarning beri lishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari,
o‘rmon hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va
rasmlarning tavsiya etilishi,
tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berili-
shi, ularning o‘quvchi tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari,
topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi
o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.
Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning
o‘ziga
xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:
a) darslikda harfl ar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra
o‘quvchining oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartib
lanadi.
Masalan,
o, n, a kabi harfl ar ham talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson
harfl ar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga
ota-onalar tomonidan niho-
yatda e’tibor kuchaygan hozirgi davrda bolalarning aksariyati bunday harf-
tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar.
Albatta, sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi.
Binobarin
f, z, sh, ch kabi tovushlar ning yozilishi va talaffuzining bolalar
uchun birmuncha murak kabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlar-
da tavsiya qilinadi;
b) tovush(harf)larni o‘rganish jarayonida
harfga ilova tarzida beril-
gan so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki
hodisa ni ifodalashiga e’tibor qaratiladi;
d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fi kr yuritishini hi-
sobga
olgan holda, aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;
c) so‘zlarni to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilim-
lar izchil rivojlantirilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: