5
tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi.
Baland ovozda talaffuz qili-
nadi, «tovush artikulyatsiyasi» ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga tovushni talaf-
fuz qildiriladi. Shundan so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan
tanish tiriladi. So‘zlarni o‘qishda esa tovush uyg‘unligiga,
tovushlarni harf-
lab emas, bo‘g‘inlab biriktirib o‘qishga alohida e’tibor beriladi.
2. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini
birlashtirish, uyg‘unlashtirish, tarkiblash yoki aksincha, yaxlit nutqni
bo‘laklarga ajratish-tahlil qilishga oid fi kriy operatsiyalar
amalga oshirila-
di. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-qo‘shish) tahlil-tarkib usuli deb
ataladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida (alifbega tayyorgarlik
davri,
alifbe davri, alifbedan keyingi davrlarda) tahlil-tarkib operatsiyalari-
dan unumli foydalanib boriladi.
3. Alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirishda
o‘quvchining
fi krlash darajasi, yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda, nutq tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tamoyil to-
vush va harfl arni o‘rganish
tartibiga, o‘qish uchun so‘z tanlashga, matn
tanlashga, matnlar hajmiga bevosita taalluqlidir.
4. Alifbe davrida o‘qish va yozishga o‘rgatishning uyg‘unlikda, baravar
olib borilishi tahlil-tarkib tovush usulining eng asosiy
xususiyatlaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Tahlil va tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlarini quyi-
dagicha ko‘rsatish mumkin:
Tahlil:
1. Matndan gapni ajratib olish.
2. Gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash.
3. So‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
4. Bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning
bosma va yozma shaklini
ko‘rsatish hamda o‘rgatish.
Tarkib:
1. Kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish.
2. Tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish.
3. Bir necha so‘zlarni o‘qish.
4. Yaxlit gapni o‘qish.
5. Yaxlit matnni o‘qish.
Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy
topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarda fi kr rivojlantiriladi.
Fikrlash ja-
rayonida o‘quvchilar tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy operatsiyalar-
ni bajaradilar. Ya’ni tahlil qiladilar,
jumladan, so‘zning tovush tarkibini,
so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil
Dostları ilə paylaş: