Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Kimga mansubligi bo`yicha



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Kimga mansubligi bo`yicha:
Davlat turistik tashkilotlar
• Ijtimoiy turistik tashkilotlar;
• Xususiy turistik tashkilotlar. 
Turistik tashkilotlar turistlarga xizmat ko`rsatish jarayonida va bir 
vaqtning o`zida turli faoliyat bilan ham shug`ullanadilar. Bu turistlarni 
qabul qilish uchun loyihalarini ishlab chiqishdan tortib, to ularni kutib 
olib, xizmat qilib, kuzatib qo`yishgacha va ushbu faoliyatni xisob kitobini 
amalga oshirishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi. 
Shu tufayli turistik tashkilotlar faoliyat turi bo`yicha bir qancha 
turlarga bo`linadi va ular quyidagilar : 
Tartibga soluvchi ;
Maslaxat beruvchi ; 
Loyihalashtruvchi ; 
Bozor agentligi ; 
O`rgatuvchi ;
Nashr qiluvchi ; 
Savdo qiluvchi ; 
Iste`mol qiluvchi ; 
Ishlab chiqaruvchi ; 
Kasaba uyushmalarga birlashishi. 
Tartibga soluvchi turistik tashkilotlar – turizmni rivojlantirish, 
uning faoliyatini ma`lum me`yorlar asosida boshqarish kabi me`yoriy – 
huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. 


27 
Loyihalashtiruvchi 
turistik 
tashkilotlar 
ham turizm 
infratuzilmasining tarkibiy qismi bo`lib, turistik obyektlarning joylanishi 
va ular bo`yicha turistlarning harakatini loyihalash bilan shug`ullanadilar.
Yetkazib beruvchi tashkilotlar – turistik maxsulotlarni yetkazib 
berish bilan shug`ullanadilar. Ular ham turizmning ajralmas bir qismidir.
Bozor agentligi – har qanday bozorda bo`lgani kabi, asosan turizm 
bozorining juda ko`p jihatlar, xususan marketing faoliyati, bozor 
konyukturasi kabi qirralarini o`rganadilar.
Maslaxat beruvchi turistik tashkilotlar – mutaxasisilar va turistik 
faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarga maslaxat berish jarayonida 
pullik maslaxat xizmatini ko`rsatadilar.
O`rgatuvchilar – bu soha bilan shug`ullanish istagida bo`lgan, 
ushbu sohaning sir-sinoatini turizm biznesidan ham bexabar bo`lgan 
kishilarni ham o`rgatadilar. O`rganuvchi ma`lum nazariy malaka va 
amaliy ko`nikmaga ega bo`lgach ularga imtihon natijasi bo`yicha shu 
soha mutaxasisiligini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) beriladi.
Nashr qiluvchi – turizm sohasi ham mukammal boshqarilishni, turli 
axborotlarni tarqatishni, turistik obyektlar va ularning tavsifini berish kabi 
ishlarni amalga oshiradi. Bu shu sohasiz amalga oshirilmaydi. Ko`rinib 
turibdiki turizm infratuzilmasi tarkibidan munisib joy olgani.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin