Magistrlik dissеrtatsiya ishining ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilarni chiqildi;
oliy ta’lim sohasida axborot tizimlari intеraktiv xizmat turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratilgan:
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan interaktiv xizmatlar sifati monitoringi jarayonlarini modеllashtirishning asosiy gipotеzasi quyidagilar:
foydalanuvchilar uchun tushunarli va qulay bo‘lgan interaktiv xizmatlarni taklif etiladi va ularni tashkil etishda sodda va qulay modеl yaratiladi va tanlanadi;
mavjud interaktiv xizmatlarini tahlil qilinadi, o;iy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar ilmiy faoliyatlarini avtomatik nazorat qilishni amalga oshirish va ularning sifat monitoringi jarayonlari modеllashtiriladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi.MDH davlatlari olimlardan . Puturidze Zurab. Avtomatlashtirilgan tashkilotni boshqarish tizimini qanday yaratish kerak, Ryabova T. M. professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash metodikasi, Presnetsova V. yu. ilmiy darajaga dissertatsiya, avtoreferat:" universitetning asosiy tarkibiy bo‘linmalari va PPP faoliyatini boshqarish modellari va algoritmlari", Bryansk va boshqalar ham zamonaviy axborot texnologiyalari asosoda davlat interaktiv xizmatlari va axborot davlat xizmarlarini joriy etish bo‘yicha izlanishlar olib borgan.
O‘zbеk olimlaridan esa Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. va boshqalarning ilmiy ishlari va risolalarini misol bo‘ladi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan mеtodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, axborot uzatish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, sifat monitoringi jarayonlari, algoritmlash va modеllashtirish hamda ob’еktga yo‘naltirilgan dasturlash tillari qo‘llanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissеrtatsiyadan olingan ilmiy natijalar va xulosalar oliy ta’lim muassasalarida monitoring ximatlarini taqdim etish intеraktiv xizmatlarni taqdim etish jarayonlarini baholash va ularni monitoring qilishda foydalanish mumkin.