6.6. Gazlarni vodorod sulfid va simob bug‘laridan tozalash Gazlarni vodorod sulfiddan tozalash uchun tem ir gidroksidi,
aktivlangan ko‘mir, seloidlar va boshqalar qo‘llaniladi.
H2S ni temir gidroksidi bilan tozalash ancha keng qo'Uaniladi.
124
H2S temir gidroksidi qatlamidan o ‘tkazilganda yutiladi: 2Fe(OH)3 + 3H2S = Fe2S3 + 6H20 Tozalanayotgan gaz tarkibidagi kislorod temir sulfidini oksidlab, temir gidroksidini hosil qiladi: Fe2S3 + 3 /2 0 2 + 3H20 = 2Fe(OH)3 + 3S Shuningdek, H 2S ni aktivlangan ko‘mir ham samarali yutadi: H2S + 0 ,5 0 2= S+ H 20 Ushbu jarayon bilan bir vaqtda adsorbentda H 2S ni ekzotermik katalitik jarayon borishi hisobiga H 2S 0 4 hosil qilinadi: H2S + 2 0 2 = H2S 0 4 Aktivlangan ko‘mirning oltinguguitga bo‘lgan hajmi 200—520 mg/m3ni tashkil etadi. T o ‘yingan k o ‘m irni am m oniy sulfid eritm asi yordam ida regeneratsiya qilish mumkin. 2 (N H 4)4S + 3S2 = 2(N H 4)2 S4 yoki (N H 4)2S + ( n - l ) S = (N H 4)2 Sn Hosil bo‘lgan ko‘p oltingugurtli ammoniy eritmasidan yuqori temperaturali bug‘ bilan ishlov berish hisobiga oltingugurtni ajratib olish mumkin: (N H 4)2Sn = (N H 2)S + ( n - l) S Organik erituvchilami rekuperatsiya qilish ham iqtisodiy, ham ekologik ahamiyatga egadir, chunki yiliga chiqindi gazlar bilan 600— 800 ming tonna erituvchilar bug‘i tashlanadi. Ulami rekuperatsiya qilish uchun asosan adsorbsiya usuli qo'llaniladi. Adsoibentlardan ko‘proq aktivlangan ko‘mir qo‘llaniladi va u asosan atseton, benzin, benzol, butilatsetat, ksilol, metilatsetat, metilenxlorid, serouglerod, tetraxloruglerod, toluol, trixloretilen, etil spirtlami yutadi.