Ushbu usulga binoan issiq tutun gazlari (135°C) poroshok holidagi
marganets oksidi bilan ishlov beriladi. Marganets oksidi S 0 2 va O,
bilan kontaktlashishi natijasida quyidagi reaksiya ketadi:
M n0*nH 20 + S 0 2 + (l-X /2 ) 0 2 = M nS04 + n* H20
bu yerda x = l,6 — 1,7
Hosil qilingan marganets-sulfat gaz muhitidan ajratib olingandan
so'ng, ammiak bilan ishlov berish yo‘li bilan m arganets oksidi
regeneratsiya qilib olinadi:
M nS04+ N H 3 + (n+1) + (l-X /2 ) 0 2 =
= M n O / n H20 + (NH4)2 S 0 4
Shunday qilib, gazlarni oltingugurt (IV) oksididan quruq usul bilan
tozalash, yuqori temperaturaga ega bo‘lgan gazlarni ho‘llamasdan
tozalash imkonini beradi, bu esa o ‘z navbatida jihozlar korroziyasining
oldini olish, gazlarni tozalash texnologiyasini oddiylashtirish va unga
sarflanayotgan kapital sarflarni qisqartirishga olib keladi.
Absorbsion tozalashning quruq usullari ichida ishlab chiqarish
sharoitida uglerodli yutgichlar (asosan aktivlangan ko'm ir va yarim
koks) gazlarni 110—150°C da tozalash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: