S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


-rasm. Terini bo‘yash jarayonida chiqayotgan erituvchini



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

42-rasm. Terini bo‘yash jarayonida chiqayotgan erituvchini
adsorbsiya qilish sxemasi:
1-ventilator; 2-kalorifelar; 3-adsorberlar; 4-kondensator; 5-fazalarga
ajratuvchi; 6-qatlamga ajratuvchi.
119


erituvchining xarakteri, boshlang‘ich aralashmadagi uning miqdori va 
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy imkoniyatlariga qarab tanlanadi. 
Erituvchilar bug‘ining miqdori nisbatan ko‘p bo‘lsa (50%gacha), to ‘rt 
fazali siklni qo'llash samaralidir, uning miqdori o ‘rtacha va kam 
miqdorda (2—3 g/m 3) bo‘lsa, uch fazali siklni qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. Bir xil tem p eratu rali (35°C gacha) bu g ‘ — havo 
aralashmasidan suv bilan aralashmaydigan erituvchilarni rekuperatsiya 
qilish uchun esa ikki fazali adsorbsiya qo‘llaniladi.
Reauperatsion jarayoni uzluksizligini ta’minlash uchun kamida ikkita 
davriy ravishda ishlaydigan adsorber barobar ishlashi kerak (odatda 
ular soni 3 dan 6 gacha ham yetkaziladi). 1— rasmda terini nitroemal 
bilan bo‘yash jarayonida chiqayotgan erituvchilarni adsorbsion bo‘limda 
ushlab olish sxemasi keltirilgan.
Sxema ikki fazali siklda ishlovchi adsorbsiya jarayonini ifodalaydi. 
Erituvchi bug‘i tarkibiga butilatsetat, butil spirti, toluol yoki benzol
etil spirti, atseton kirib ularning miqdori 5—6 g/m 3 ni tashkil etadi. 
Oxirgi vaqtda zich qo‘zg‘aluvchan va qaynovchi adsorbent qatlami 
bilan uzluksiz ravishda ishlovchi moslamalarga katta e’tibor berilyapti. 
Ularning afzalligi: ishlov berilayotgan oqimlar tezligining kattaligi; 
jihozlaming ixchamligi; adsorbentlardan foydalanish koefitsientining 
balandligi; energiya sarflning yo‘qligi; oson va nisbatan oddiy 
avtomatlashtirish imkoniyatining borligi.
6.3. Gazlarni azot oksidlaridan tozalash
Adsorbsion usulda ham inert holidagi NO gazlarini ushlab olish 
samaradorligi ancha past. Shu sababli ularni yuqori oksidlanish 
darajasidagi oksid holatiga o‘tkazish ancha samara beradi. NOx ni ancha 
samarali yutuvchi adsorbent aktivlangan ko'mir hisoblanadi. Lekin 
ularning azot oksidlari bilan kontaktlanishi natijasida bir muncha qizishi 
sababli ko‘ miming yonishiga va hatto portlashiga olib kelishi mumkin. 
Shu bilan birga aktivlangan ko‘mir past mexanik chidamlilikka va qayta 
tiklanish qobiliyatiga egadir. NOx silikogellarda aktivlangan ko‘mirga 
nisbatan ancha pastdir. Bundan tashqari N O x ni yutish uchun 
alumogellar va molekulyar sitalar, seolitlar ham qo‘llaniladi. Bulardan 
tashqari NOx lami ushlab olish uchun xemosorbsion usul ham keng 
qo'llaniladi. Bunda qo‘llanilayotgan qattiq moddalar tozalab olinayotgan 
komponentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi.
Masalan, NOxlami ushlab olish maqsadida qaynovchi qatlamli
120


jihozlarda torf — ishqoriy sorbentlar bilan azot oksidlarini adsorbsiyalash 
ysuli ishlab chiqilgan (43-rasm). Ushbu usulda eng arzon va qulay 
sorbent (torf va ohak aralashmasi) qoilanilib, tarkibda 0,1 — 2,0% gacha 
NOx bo‘lgan gaz birlashmasi bilan 1,6—3 sekund kontaktlashgan 
vaqtdagi tozalash samaradorligi 96—99% ni tashkil etadi va bularning 
miqdori 0,01-0,04% gacha kamaytiradi. Ayniqsa, ammiak bilan ishlov 
berilgan torfdan foydalanilganda katta samaraga erishish mumkin. Torf 
nitritlar nitratlargacha oksidlanishiga yordam beradi. Ishlatib bo‘lingan 
sorbent yaxshi o‘g‘it sifatida ishlatilishi mumkin, chunki uning tarkibida 
8—12% azot va 27—30% o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan 
gumin kislotalari bor bo‘lib, ular o‘simliklar o‘sishini stimulyatsiya 
qilib beradi.
60 ming m3/soat hajmda chiqayotgan sulfat kislotasi sexining 
chiqindi gazlari tarkibida 0,3—0,4% NOx, 0,3% S 0 2 va 0,3 g/m 3 tuman 
va sulfat kislotasi to m ch ilari bor b o ‘lib, bu jarayonning hisob 
ko'rsatkichlari quyidagichadir: 50% li namlikka ega bo‘lgan torfning 
sarfi — 3 g/soat gacha (25—30 kg quruq torf har 1000 m3 gazga nisbatan); 
ammiakning kerak bo‘lgan miqdori — 294 kg/soat gacha (har 1000 m 3 
gazga 5kg gacha). Ushbu moslama yiliga chiqindi gazlar tarkibidan 
2520 t N 0 2, 3200t S 0 2, 95t H 2S 0 4 ni ushlab olishni ta ’minlaydi. 
Natijada ammoniy nitrat va sulfat 15% suvda eruvchan ammoniy 
gumatlar mavjud bo‘ladi. (43-rasm).
Bundan tashqari, N O x ni yutib olish uchun arzon va qulay 
sorbentlardan ohak, ohakli tosh, slanetsli kul qollanishi mumkin. Hosil 
bo‘lgan xemosorbentlar keyin kislotali oqovada neytrallash uchun yoki 
qishloq xo‘jaligida azot o ‘g‘it sifatida qo‘llash mumkin.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin