S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Erituvchilar bug‘larini yutib olish adsorbentning statsionar



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

Erituvchilar bug‘larini yutib olish adsorbentning statsionar


(qo‘zg‘almas), qaynovchi va zich qo‘zg‘aluvchan qatlamlarida amalga 
oshiriladi.
Rekuperatsiya qurilmalarida asosan gorizontal, vertikal yoki xalqali 
adsorberlarda statsionar adsorbent qatlami qo‘llaniladi.
Adsorbsiya jarayoni to ‘xtovsiz ishlashini ta ’minlash uchun kamida 
ikkita, uchtadan, oltitagacha adsorberlar ishlashi kerak.
Keyingi vaqtlarda erituvchilar parlarini yaxshiroq rekuperatsiya qilish 
uchun bir nechta usullar birgalikda qo‘llanilmoqda.
Atmosfera havosi asosan, simob bilan rangli metallurgiya, issiqlik 
energetikasi, kimyoviy korxonalar va boshqa sanoat korxonalari 
tomonidan ifloslantiradi.
Simobni yutib olish uchun aktivlangan ko‘mir, silikogellar, seolitlar, 
glinozem va tolali materiallar qo‘llaniladi.
Simob miqdori ko‘p bo'lganda marganetsli ruda (pirolyuzit) donalari 
qo‘llaniladi.
2 Hg + M n 0 2 —» Hg2M n 0 2
Shuningdek, simobni yana ion almashtirish usullari bilan ham 
tozalab olish mumkin.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1. Uchuvchan erituvchilar bug‘larini adsorbsiyalash.
2. Gazlarni azot oksidlaridan tozalash.
3. Gazlarni bir vaqtda S 0 2 va azot oksidlaridan tozalash.
4. Selektiv absorbentlar.
5. Gazlarni ftor birikmalaridan tozalash.
6. Gazlarni uglerod oksididan tozalash.
Tayanch so‘z va iboralar
Aktivlangan ko'mir, silikogel, alumogel, seolit, azot oksidlari, torf 
ishqoriy sorbentlar, galogenlar, simob bug'lari.
126


7-B O B . C H IQ IN D I GAZLARNI KATALITIK VA
TERM IK TOZALASH USULLARI
7.1. Geterogen kataliz reaksiyalarining kinetik qonuniyatlari
Katalitik tozalash usuli zararsizlantirilayotgan gazlar maxsus 
katalizatorlar ishtirokida kimyoviy ta ’sirlanishi oqibatida boshqa 
mahsulotlarga aylantirishga asoslangandir. Katalizatorlaming vazifasi 
kimyoviy ta ’sirlanish jarayonini tezlashtirishdan iboratdir.
Geterogen kaliz jarayonida katalitik ta’sirlanish konvertirlanayotgan 
gaz aralashmasi va katalizator chegara sirtida boradi. Ushbu jarayonning 
sxemasi quyidagichadir:
A + В = К [AB]
К [AB] = С +K
bu yerda, К [AB] — katalizator yuzasidagi aktivlangan oraliq 
mahsulot.
Arrenius tenglamasiga binoan:
К = k0 exp (-E/RT)

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin