105- DARS
Dars mavzusi. Narsa va shaxsning sanog‘i va tartibini bildirgan so‘zlar (236-238-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: sanoq va tartibni bildirgan so‘zlami so‘roqlar yorda-mida aniqlash va bunday so‘zlardan nutqda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilami mehnatga bo‘lgan intilishlarini oshi-rish, bog‘bonlik kasbiga qiziqish uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilami izlanishga, fikrlashga, o‘z fikri-ni mustaqil bayon qilishga o‘rgatish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy o‘yin, “Klaster” metodi.
Dars jihozi: darslik, rag’batlantirish uchun kartochkalar, mav-zuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Uy vazifasini tekshirish.
235-mashq tekshiriladi. She’r matni yoddan so‘raladi.
Belgini bildirgan so‘zlar savollar yordamida aniqlanib tekshiriladi.
Laylagim
Uzun tumshuq laylagim,
Kelar birga o ‘ynagim.
Loy, balchiqni kechmagin,
Kir bo ‘lar oq ko ‘ylaging.
Vali Ahmadjon
“Qushlar haqida nima bilasiz?” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o'qituvchi tabiatda uchraydigan qushlaming rasmini ko’rsatadi. 0‘quvchilar qushlarga xos boigan belgi va sifatlami aytishlari lozim.
Husnixat daqiqasi
Bosh “U” harfi ikki unsurdan iborat boiib, birinchi unsuri usti ham osti ham ilmoqli uzun tayoqcha, ikkinchi unsuri esa osti ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat.
Daftarga bir qator bosh “U” harfini va shu harf bilan bog‘langan so‘zlami yozadilar: Umida, Uchqun, Ulug'bek.
Dam olish daqiqasi
O‘ynar beshta qiz bola
Go‘yo ochilgan lola.
Do ‘stlari keldi beshta,
Ayting, ular bo‘ladi nechta?
III. Yangi mavzu bayoni.
Mavzuni tushuntirishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1 - u s u l. O‘qituvchi 0‘quvchilar uchun tayyorlagan savollar doskaning chap tomoniga yozib qo‘yiladi. 0‘quvchilar savoldagi so‘roq yoniga bir so‘z bilan javob yozadilar.
Namuna:
- Siz (nechanchi?) sinfda o‘qiyapsiz?
- Sinfingizda (nechta?) o‘quvchi bor?
- Siz (necha?) yoshdasiz?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, tahlil qilinadi.
Birinchi gapda qaysi so‘z so‘rashni bildirishi aniqlanadi.
O‘ylab ko‘ring. Gapni qayta o‘qing.
Endi shu so‘roqqa bergan javobingizni o‘qing. Nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni aniqlang.
- (Ikkinchi) (Nechanchi?) sinf.
- Shu ikkinchi so‘zi qaysi so‘zga bog‘langan?
(Sinf so‘ziga.)
To‘g‘ri aytdingiz.
(Nechanchi?) ikkinchi sinf
- Ikkinchi sinfni yakunlab, nechanchi sinfga o‘tasiz? Nutqimizda birinchi, ikkinchi, uchinchi ... 0‘ninchi... kabi so‘zlar juda ko‘p. Bunday so‘zlar narsalaming tartibini bildiradi. Birinchidan keyin, albatta, tartibi bilan ikkinchi keladi.
Ikkinchi savolni o'qing. Shu gapda qaysi so‘z o'quvchi sonini so‘rashni bildiryapti?
Bergan javobingizni o‘qing. Nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni ayting. (Nechta o‘quvchi? Yigirma beshta o‘quvchi.)
Nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lgan yigirma beshta so‘zi o‘quv-chilaming nimasini bildiryapti? (0‘quvchilar sonini.)
Uchinchi savol yuzasidan ham shunday suhbat o‘tkaziladi. 0‘qituvchi suhbatni vakunlaydi.
Demak, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z sinfning tar-tibini, nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar 0‘quv-chilar va a’lochilar son-sanog‘ini bildirar ekan.
2- u s u l. “Sinchkov o‘quvchi” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilar ziyraklikka, sinchkovlikka, e’tiborli bo‘-lishga harakat qilishadi. 0‘qituvchi turli rasmlar ko‘rsatish orqali o‘quvchilarga savol beradi. 0‘quvchilar rasmni diqqat bilan kuza-tib, savolga javob beradilar. 0‘quvchining asosiy vazifasi javobi-dan tartibni va sanoqni bildirgan so‘zlami aniqlashi kerak. Aynan shu so‘zlami topish uchun qanday so‘roqlar yordam berganini ani-qlashadi.
Namuna:
O‘qituvchi o‘quvchilarga sinfxonasini tozalayotgan 0‘quvchilar rasmini ko‘rsatadi.
1. Sinfni nechta o‘quvchi tozalayapti?
2. Ulaming nechtasi qiz bola?
3. Nechtasi o‘g‘il bola?
4. Sinfxonasida nechta deraza bor?
5. Derazada nechta gul bor?
Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.
Quyidagi matn beriladi. 0‘quvchilar gap chegarasini aniqlab, mazmuniga mos tinish belgilarini qo‘yishlari kerak. Tinish belgilari to‘g‘ri topilsa, tinish belgisi joyida qoladi va qarsak ovozi eshitiladi. Aksi boisa “0‘ylab ko‘ring ” deyiladi. Tabiat nima? Atrofimizni o ‘rab turgan barcha narsalar -tabiat. Vatanimiz tabiati naqadar go ‘zal!
Tabiat nima? Atrofimizni o‘rab turgan barcha narsalar -tabiat. Vatanimiz tabiati naqadar go ‘zal!
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuq-ta, so‘rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‘roq belgisi, kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo‘yiladi.
Darslik bilan ishlash.
236-mashqdagi gaplar o‘qiladi.
Tok ko‘chati o‘tqazilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kira-di. Yetilgan tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi. Bir bosh uzum sakkizyuz gramm bo‘lishi mumkin. Uzumning husayni, qirmiska kabi navlari uch-to ‘rt oy buzilmay saqlanadi.
Qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga namunadagidek yoziladi.
N a m u n a : (Nechanchi?) Uchinchi yili, (qancha?) yuz kilo-gramm, (qancha?) sakkiz yuz gramm, (qancha?) uch-to‘rt oy. Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.
236-mashq matni beriladi. O‘quvchi gap tarkibidan so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlami topib so'roqlarga olib borganda, so‘roqlar o‘mida so‘z paydo bo‘ladi. Ikkinchi ustundagi qoraytirilgan so‘z birikmalari topshiriq bajarilgach hosil bo’ladi.
Ekranda matn paydo bo‘ladi, o‘quvchilar gaplami o‘qiydilar. Matn ostidagi so‘roqlar o‘miga gaplardan shu so'roqlarga javob boigan so‘zlami topib qo‘yadilar.
Tok ko'chati o'tqazilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Yetilgan tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi.
Bir bosh uzum sakkiz yuz gramm bo ‘lishi mumkin. Uzumning husayni, qirmiska kabi navlari uch-to ‘rt oy buzilmay saqlanadi.
(Nechanchi?) yil uchinchi yili
(Necha?) kilogramm yuz kilogram
(Necha?) gramm sakkiz yuz gramm
(Necha?) oy uch-to ‘rt oy
Tarqatmali materiallar bilan ishlash
№1
Topishmoqlami yod oling va yoddan yozing. Sanoqni bildirgan so'z-laming tagiga chizing.
Bittagina onasi,
O‘n ikkitadir bolasi.
Har bolaning boshida
O ‘ttiz amma-xolasi.
(Yil, oy, kunlar)
№ 2
O‘qing. Nuqtalar o‘miga tegishli so'zlami qo‘yib ko‘chiring. Sanoqni bildirgan so‘zlaming tagiga chizing.
... karra ikki to ‘rt. O 'n besh qo ‘shuv ... yigirma.
Yigirma besh ayiruv ... yigirma ikki bo'ladi.
№ 3
O‘qing. Yod oling va yoddan yozing. Nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlaming tagiga chizing.
Men ham nihol qadadim,
Parvarishlab qaradim.
Gulbog ‘imni bezashga
Bu birinchi qadamim.
O‘rinboy Yo‘ldoshev
№ 4
Quyidagi savollarga javob yozing. Sanoqni bildirgan so‘zlaming tagiga chizing.
1. Siz necha yoshdasiz?
2. Ikki yildan so ‘ng necha yosh bo ‘lasiz?
3. Ukangiz sizdan uch yosh kichkina bo‘lsa, u hozir necha yosh bo‘ladi?
4. Siz akangiz yoki opangizdan necha yosh kichiksiz?
237- mashq. Mashqdagi gaplar o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Abbos o‘n beshinchi maktabning ikkinchi sinfida o'qiydi. Bu sinfda yigirma olti o‘quvchi ta’lim oladi. Ulardan o‘n bitta o‘quv-chi a’lochi.
Nechanchi? va qancha? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar aniqlanadi, javob boigan so‘zlami o‘zi bog'langan so‘z bilan birga ko‘chiriladi.
Namuna:
(Nechanchi?) O‘n beshinchi maktab, ikkinchi sinf, yigirma olti o‘quvchi, o‘n bitta o‘quvchi.
Demak, shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Narsa va shaxsning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog'iga javob bo'ladi.
238- mashq. Sharti asosida bajariladi.
Bir chuqurda ming chuqur,
Chuqurni igna cho'qir.
Qirq ko‘ylagi bor,
Bir tugmasi yo‘q.
Narsalar sanog‘ini bildirgan so‘zlar savollar yordamida aniq-lanib, tagiga toiqinli chiziq chiziladi.
Mashq yuzasidan quyidagicha suhbat uyushtiriladi.
- Topishmoqlar javobini topishda sizga qaysi so'zlar yordam berdi?
- Shu so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘ladi?
Ekranda bulut shaklida topishmoq matnlari beriladi. Matn ostida esa topishmoq javoblarining rasmi, o‘quvchi topishmoqning javobini topganda topishmoqning ostida javob so‘z paydo bo‘ladi.
Bolajonlar, raqamlami qo‘shib o‘qish orqali topishmoqning javobini toping.
1 kosada 2 ovqat. (Tuxum)
40 xujrada qizil qizlar. (Anor)
2 botir qilichlashar. (Qaychi)
40 ko‘ylagi bor,
1 tugmasi yo‘q. (Piyoz)
Bo‘yi 1 qarich
Soqoli 2 qarich. (Makkajo‘xori)
-Topishmoqlar javobini topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?
- Shu so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo'ladi?
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi o ‘yinlardan foyda-lanish tavsiya etiladi:
“0‘yla, izla, top!” ta’limiy o‘yini.
Buning uchun o'quvchilarga quyidagi she’riy topishmoq matni o‘qib eshittiriladi.
“Hisobla-chi?”
Kelishardi
Izlab buloq,
Bir echki-yu
Ikki uloq.
Suv bo'yida
Ayni shu chog‘,
Yurar edi
Ikki o'rtoq.
Hamdam dedi:
- Qani, o'rtoq,
Bosh qotirib
Ko‘r-chi, bundoq.
Shularda bor
Nechta quloq,
Nechta oyoq
Hamda tuyoq.
O‘quvchilar echkilarda va uloqlarda nechta quloq, oyoq va tuyoq borligini quyidagicha yozadilar:
Quloq 6 ta
Oyoq 12 ta
Tuyoq 24 ta
“Bo‘lishi mumkin emas” ta’limiy o‘yini.
Bu o‘yinni o‘tkazishda o‘qituvchi matnni o‘qiydi. 0‘quv-chilar boiishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil-mutoyiba bilan o‘ynaladigan bu o‘yinda o‘quvchilardan ziyraklik, sinchkov-lik va kuzatuvchanlik talab qilish bilan birgalikda ular-dan atrofda sodir boiayotgan voqea va hodisalarga befarq bo‘lmaslikni ham talab etadi.
1-variant: Olimjon ertalab barvaqt turdi va osmonda cha-raqlab turgan ikkita quyoshni ko‘rdi.
2-variant: Azizbek dadasi bilan futbol o‘yiniga bordi, o‘yin juda qiziqarli boidi. O‘yinda o‘n bitta hakam va bitta futbolchi mahorat bilan futbol o‘ynadi.
3-variant: Sevara sakkizinchi mart kuni dadasi va ukasiga sovg‘a uchun tabriknoma yozdi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
1. Bugun darsda nimani o‘rgandingiz?
2. Nimalarni bilib oldingiz?
O‘quvchilaming javoblari to‘ldirilib yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. 239-mashq.
Dostları ilə paylaş: |