164
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari.
1.
Qo‘shimcha shartlar bo‘yicha muzokaralar nimalarni o‘z ichiga oladi?
2.
Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan
kompensatsiya paketining
hajmi nimaga bog'liq?
3.
Qarshi taklifga munosabatiga nisbatan nomzodlarning turlarini ayting.
4.
Kompaniyani tark etish niyatini e'lon qilgan iste'dodli savdo menejeri
uchun qarshi taklifni tuzing.
165
11-BOB. PERSONAL ADAPTATSIYA JARAYONINI TASHKIL
ETISH
11.1. Personal adaptatsiyasi tushunchasi va turlari
Adaptatsiya tizimini shakllantirish zarurati kompaniyaning faol
rivojlanishi bosqichida yoki xodimlarning yuqori qo‘nimsizligi
sharoitida
yuzaga keladi. Ba'zi bir vaqtlarda rahbarlar kichik biznesda keng tarqalgan
yangi xodimlar bilan shaxsan shug'ullanish ishlari bilan endi band bo‘la
olmaydilar. Shu paytdan boshlab yangi xodimlar bilan o‘zaro ishlash tartib-
taomillarini standartlashtirish, ya’ni moslashtirish tizimini yaratish kerak.
Adaptatsiya (lotincha Adaptio - moslashish) - bu xodimni yangi
tashkilot bilan tanishtirish va uning xatti-harakatlarini yangi kompaniyaning
korporativ madaniyati talablari va qoidalariga muvofiq o‘zgartirish
jarayoni.
Kadrlarni boshqarish sohasi mutaxassislari
adaptatsiya jarayonining
bir necha jihatlarini ajratadilar:
-
tashkiliy - yoki kompaniyaga kirish;
-
ijtimoiy-psixologik - yoki jamoaga kirish;
-
professional yoki kasbga kirish;
-
psixofiziologik.
Tashkiliy adaptatsiya.
Samarali ishlashni boshlash uchun kishi
kompaniyada faoliyatni tashkil qilish bilan bog'liq
savollarga javob olishi
kerak:
-
kompaniyaning strategik maqsadlari va ustuvorliklari qanday?
-
uning tuzilishi qanday?
-
qanday boshqariladi?
-
qarorlarni kim qabul qiladi?
-
nima qilish mumkin va nima mumkin emas?
-
xizmat safari qanday tashkil qilinadi?
-
IT bo‘limi qayerda joylashgan?
-
kundalik muammolarni qanday hal qilish kerak?
Tashkiliy adaptatsiya - bu kompaniyada xodimning o‘zlashtirishining
eng qiyin bosqichlaridan biri, chunki u ko‘p miqdordagi ma'lumotlarni
olishni va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Afsuski, belgilangan qoidalar va protseduralarning yo‘qligi
sababli
kam sonli korxonalar xodimlariga zarur ma'lumotni tuzilmaviy shaklda
taqdim
etish imkoniyatiga ega, shuning uchun yangi ishchi barcha
murakkabliklarni o‘zi hal qilishiga tog’ri keladi.