Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186
Rekrutment Darslik

 
11.2. Adaptatsiya bosqichlari 
 
Yangi xodimni moslashtirish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lish 
mumkin, ularning har biri muayyan moslashuv tadbirlarini amalga 
oshirishni va moslashuvning maxsus vositalaridan foydalanishni anglatadi. 
1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich. 
2. Kirish: kompaniyadagi xodimning birinchi kuni. 
3. Tanishish va umumiy orientatsiya: ishning birinchi haftasi. 
3.1. Kompaniya bilan tanishish; 
3.2. Bo‘lim bilan tanishish; 
4. Lavozimga kirishish; 
5. Xarakatli moslashuv; 
6. Faoliyat yuritish 
7. Tugallash:
7.1. baholash: sinov muddati tugashidan ikki hafta oldin (agar 
moslashish davri davomiyligi sinov davri davomiyligiga 
tenglashtirilgan bo‘lsa); 
7.2. qaror qabul qilish: sinov muddati tugashidan uch kun oldin (agar 
moslashish davri davomiyligi sinov davri davomiyligiga 
tenglashtirilgan bo‘lsa);
Xodimlarning har bir toifasi uchun (lavozimga va boshlang'ich 
tayyorgarlik darajasiga qarab), moslashuv vositalarining o‘ziga xos 
to‘plamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Adaptatsiyani boshlashdan oldin, yangi ishchining tayyorgarlik 
darajasini o‘rganish kerak, chunki moslashtirish choralarining individual 
to‘plami shunga bog'liq bo‘ladi. Agar farqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, 
unda yaxshisi moslashtirish dasturini turlicha mazmunda qilish kerak. 


168 
Har bir bosqichning xususiyatini va ularning har birida aniq nima 
qilish kerakligini ko‘rib chiqamiz: 
1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich. 

Ish joyini tayyorlash. Agar, masalan, gap ishlab chiqarish bo‘limi 
xodimini haqida bo‘lsa, ish uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni 
va ish kiyimini oldindan tayyorlash kerak (xodimning kiyim-
kechaklar o‘lchami haqidagi ma'lumot suhbat bosqichida to‘ldiradigan 
so‘rovnomaga kiritilishi mumkin). Agar gap ofis xodimi haqida 
bo‘lsa, unda ish joyi uning kelishi uchun tayyorlanishi kerak: stol, stul, 
kompyuter va boshqa jihozlar. Ushbu muammoni hal qilish uchun, 
agar bo‘lajak xodimning lavozimi yangi ish joyi bo‘lsa, ishga qabul 
qilishdagi arizaga yangi ish joyini jihozlash zarurligi to‘g'risidagi band 
kiritilishi mumkin, bu esa ho‘jalik bo‘limi va IT xizmatiga zarur mebel 
va jihozlarni sotib olish bo‘yicha o‘z harakatlarini rejalashtirishga 
imkon beradi.
 

Do‘konda sotuvchi-maslahatchi kabi kompaniyadagi eng ko‘p sonli 
lavozimlarning ishini osonlashtirish uchun ishga kirishish rejasini 
tuzing. Bunday hujjatning hajmi bir varaqdan oshmasligi kerak. 

Murabbiyni aniqlang. Agar kerak bo‘lsa, xodimni korporativ o‘quv 
markazida o‘qitish uchun guruhlarga qo‘shib qo‘ying. 

Yangi hodim to‘plamini tayyorlang. Xodimni tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazishga yuboring, agar bu majburiy bo‘lsa, masalan, kimyo 
sanoatida shunday. 

Jamoaga yangi xodim haqida ma'lumot bering. Agar rahbar lavozimga 
yangi ishci olingan bo‘lsa, u ishga chiqishidan avval jamoa bilan 
tanishishtiring.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin