Sotsiologiyasi


V. 2. Stratifikatsiya va vcrtikal klassifikatsiya



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

V. 2. Stratifikatsiya va vcrtikal klassifikatsiya
K o‘pgina mualliflarning 
ta’kidlashi 
b o ‘yicha, 
ijtimoiy 
tengsizlik barcha davrlarda ham mavjud b o ‘lgan. H aqiqatan 
ham, insonlar o ‘zlarining didlari, tana va soch ranglari, daroma- 
di, bilimi, m a’lumoti, yoshi, aqli va jism oniy qobiliyati, salohi- 
yati, kasbi, boyligi, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash sharoitlari va 
hududlari ham da boshqa k o ‘pgina jihatlari bilan ajralib turishadi. 
Lekin ijtimoiy tengsizlik haqida gapirganda shuni unutm aslik 
lozimki, yuqorida sanab o ‘tilgan tengsizlik belgilarining bar- 
chasi jam iyatda m ustahkam langan qonuniyat holatiga k o ‘tarilib, 
ular kishilam ing turli qatlam lari klassifikatsiyalanishida tagza- 
m in vazifasini bajara olsagina, ulam i tengsizlik belgisi sifatida 
k o ‘rsatish mumkirr.
Ijtim oiy stratifikatsiya - industrial jam iyatdagi individlar va 
ijtim oiy guruhlar o ‘rtasida moddiy n e’matlar, hokim iyat funksi- 
yalarini va imtiyozlarining notekis taqsim lanishini ifodalaydigan 
ijtimoiy-falsafiy tushuncha. Ijtim oiy stratifikatsiya ustuvorligini 
qaror toptirishga d a ’vo qiluvchi jam iyat o ‘z a ’zolari o ‘rtasida 
turli ijtim oiy pozitsiyani taqsim lashi va ulam i shu pozitsiya- 
ga mos ravishda o ‘z burchini bajarishga m ajbur qilishi kerak. 
B uning uchun jam iyat ikki xil darajadagi m otivatsiya bilan 
shug‘ullanishi lozim: a w a lo , o ‘z a ’zolarida m uayyan ijtimoiy 
pozitsiyani egallash istagini uyg‘otishi, keyin esa shu pozitsiya 
bilan b o g ‘liq m ajburiyatlarni bajarish istagini m ustahkam lashi 
kerak. A gar turli pozitsiyalar bilan bog‘liq b o ‘lgan m ajburiyat- 
lar bir-biri bilan bir xilda o ‘xshash b o ‘lsa, bu pozitsiyani egal-
www.ziyouz.com kutubxonasi


laydiganlar uchun hech qanday qizig‘i b o ‘lm as edi. A slida, ah- 
vol butunlay boshqacha: ayrim pozitsiyalar kishilarga shunchaki 
m aqqul bo ‘lib qolmay, ular kishilarda m ax sus q o b iliy at va 
ta y y o rg a rlik n i ham ta lab etadi. S huning uchun ham jam iyat 
kishilam i yuqori pozitsiyani egallashga undashi uchun, avvalo, 
shu jam iyatning o ‘zi m uayyan im tiyozlarga ega b o ‘lishi lozim. 
Ikkinchidan, jam iyat bu im tiyozlarni kishilarning egallangan 
pozitsiyasiga mos ravishda notekis taqsim lashi uchun o ‘z ixti- 
yorida m uayyan qobiliyatlarga ega bo‘lishi ham zarur. Imtiyoz- 
lar va ularning taqsim lanishi ijtimoiy tizim ning tarkibiy qismi 
b o ‘lib qoladi ham da stratifikatsiyani vujudga keltiradi. Shunday 
qilib, ijtim oiy tengsizlik beixtiyor (anglanm agan holda) shakl- 
lantiriladigan jarayon bo ‘lib, jam iyat ana shu jarayon tufayli 
m alakali shaxslarni muhim pozitsiyalar tom on y o ‘naltiradi. Har 
qanday jam iy at oddiy yoki murakkab b o ‘lishidan qat’i nazar, 
kishilam i m aqom va obro‘siga ko‘ra tabaqalashtirishi ham da 
institutlashgan tengsizlik darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. 
Sotsial silkinishlardan k o ‘proq him oyalangan jam iyatlarda ijti­
m oiy stratifikatsiyaning amal qilish doirasi ancha cheklangan. 
A gar sotsial struktura jam iyatning gorizontal kesim ini ifodalasa, 
ijtim oiy stratifikatsiya jam iyatning vertikal kesim ini aks ettiradi.
Jam iyatning vertikal kesim i staratifikatsiyaning vertikal m o- 
billigini bildiradi. Sotsial m o b illik tu sh u n ch asig a asos solgan 
olim P. Sorokin fikri b o ‘yicha, individlarning vertikal o ‘rin al- 
m ashinuvida yetakchi kanallar mavjud b o ‘lib, ular siyosiy, iqti- 
sodiy, professional (kasbiy) o ‘rin almashish, armiya, cherkov 
singari tashkilotlarda yuqori lavozim larni egallash hisoblanadi.
Fikrim izning davom ini a n ’anaviy jam iyatlarga m urojaat qilib 
izohlaym iz. A n ’anaviy jam iyatlarda turli tabaqalarga va sinf- 
larga b o ‘linish yuqori darajada bo‘lgan. Bu jam iyatlarda ja m i­
yat a ’zolari nafaqat yosh va jinsdan kelib chiqib, balki m ehnat 
shaklining b o ‘linishiga qarab ham sinflarga ajratilgan. A lbatta,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ayrim ilmiy adabiyotlarda an ’anaviy jam iyatlarda kishilam ing 
turli sinflarga ajratilishi ijtimoiy kelib chiqishidan belgilanadi, 
deb k o ‘rsatilsa-da, lekin bu masalaga chuqurroq e ’tibor berilsa, 
yuqoridagi xulosa to ‘liq em asligini k o ‘rish mum kin. Bugun- 
gi kunga kelib k o ‘pgina mualliflar an ’anaviy jam iyatlarda 
kishilarning ijtimoiy b o ‘linishi faqatgina “tu g‘m a” im tiyozlar 
bilan emas, balki m ehnatning b o ‘linishi tarzi bilan ham ajratil- 
ganlar, deb hisoblashadi. Buning ustiga, “terim chilar” , “ ovchi- 
lar”, “dehqonlar” kabi m ehnat shakliga boTinish ju d a aham iyatli 
b o ‘lib, ular hattoki ijtimoiy evolutsiyaning asosiy sababchisi 
hisoblanadilar. Bundan tashqari, sekin-astalik bilan pog‘onalar, 
bosqichlar tizim iga b o ‘linish boshlandi: dehqonlar bilan hunar- 
m andlar orasida, hunarm andlar bilan ilm ahli o ‘rtasida farq- 
lar k o ‘rina boshlandi. Lekin bu farqlar va b o ‘linishlar ijtim oiy 
tengsizlik muammosi deb hisoblanmadi. A n ’anaviy jam iyat 
a’zolari tengsizlikni ko‘rmaydilar, sezmaydilar. Gap shundaki, 
an ’anaviy jam iyatlarda tengsizlik tabiiy b o ‘lgan oddiy holdek 
qabul qilingan, bu jam iyatlarda tengsizlik ilohiyotdan yuboril- 
gan qonun-qoida va tartibning bir qismi sifatida hech qanday 
qarshiliksiz qabul qilingan. Tengsizlikning yorqin nam unasi 
b o ‘lm ish vertikal klassifakatsiya prinspi dunyoviy tartib-qoida 
qonuniyati, ilohiy bosqichm a-bosqichlik, deb qabul qilinadi. 
T engsizlik haqidagi bunday qarash barcha a n ’anaviy jam iyat- 
larga xos nazariyadir. Bu fikrimiz isboti tariqasida Yevropa o ‘rta 
asrlaridagi tabaqalashuv klassifikatsiyasiga asoslangan jam iyat- 
larni keltirishim iz mumkin.
K ishilam ing ijtimoiy b o ‘linishi tarixi, ayniqsa, hindlarning 
kasta tizim ida yorqin k o ‘rinadi. Ijtimoiy tengsizlikning tugatil- 
ishiga va ijtimoiy tenglikning tezroq o ‘m atilishiga, odatda, jam i- 
yatdagi ijtim oiy tengsizlikning o ‘zi sabab b o ‘ladi. Ya’ni ijtimoiy 
tengsizlikdan charchagan xalq va rivojlanish sari beto‘x to ‘v 
(yanada yaxshiroq yashashga b o ‘lgan ishtiyoq) intilayotgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


jam iyat a ’zolari ham isha harakatda, kurashda va taraqqiyotda 
b o ‘ladi. Lekin taajjubki, kastalik tizim iga asoslangan hind jam i- 
yatida esa buning um um an aksini k o ‘rishim iz mum kin. Hind 
kasta tizim i tengsizlikning tezroq tugatilishiga xizm at qilishi 
uyoqda tursin, balki bu tizim jam iyat ichidagi ijtim oiy tenglikka 
bo ‘lgan intilishni sekinlashtirgan. Tengsizlikning kelib chiqish 
tarixini ilohiylikka bog‘lab talqin etish tushunchasi jam iyatda- 
gi bu vaziyatga o ‘zgacha baho berib, uni kastalik tizim ining 
“tengsizlik belgisi” sifatida tushunishga to ‘sqinlik qilgan.
Zam onaviy jam iyatlarda tengsizlik vaziyatiga a n ’anaviy 
jam iyatlarga nisbatan um um an boshqacha tarzda yondashiladi 
va tengsizlik holatiga o ‘zgacha baho beriladi (ya’ni zam onaviy 
jam iyatlarda tengsizlik holatiga “ilohiyot aralashuvi natijasi 
yoki ilohiyotdan belgilangan haqiqat” deb emas, balki kishilar- 
ning ijtim oiy m uhitida, ijtim oiy m unosabatlarida yuzaga kelgan 
ham da o ‘zgartirilishi m um kin b o ‘lgan vaziyat, deb baholanadi). 
Bugungi kunga kelib, tensizlik klassifikatsiyalari (turlari, shakl- 
lari) talablarining soni g ‘ayritabiiy tarzda k o ‘payib bormoqda. 
Shunisi qiziqki, bu tengsizlik klassifikatsiyalari bir-birlari bilan 
shu darajada chirm ashib ketganki, ular o ‘zaro aloqada b o ‘lib, 
o ‘rgim chak to ‘risim on m urakkab tizim ni ham tashkil qilinm oq- 
da. Lekin eng asosiysi, turli k o ‘rinishlarga ega b o ‘lgan tengsizlik 
shakllari kishilar tom onidan ijtim oiy jarayonlar natijasi sifatida 
anglanibgina qolmay, balki “tenglik” nuqtayi nazaridan qara- 
ganda, yanada m ukam allashib bormoqda. Shuning uchun ham 
ular jam oatchilik tom onidan ijtim oiy tengsizlikning yaqqol fakt- 
lari sifatida qabul qilinm oqda va k o ‘pgina bahs-m unozaralarga 
ham da turli sinflararo yuzaga kelayotgan ziddiyatlarga sabab 
b o ‘lmoqda.
A n ’anaviy jam iyatlarda qabul qilingan “ilohiy ketm a-ketlik” 
qonuniyatiga qaram a-qarshi ravishda k o ‘psonli ijtim oiy tizim iar, 
sinfiy yoki tabaqaviy stratifikatsiyalar nazariyasi yaratilm oqda. 
B iroq shu o ‘rinda aytib o ‘tish kerakki, tabaqalashuv m asalalar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


iga doir yaratilayotgan bu nazariyalam ing barchasining asosi- 
da, baribir, avvaldan yashab kelayotgan vertikal klassifikatsiya 
(pog‘analik) qonuniyatining soyasi mavjud.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin