Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə27/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Jonlanish kompleksi Bola bir oyga tulgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan "uz" kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin.
Mazkur psixologik xrlatni N.L.Figurin va M.P.Denisova "jonlanish" deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuygusida esa atrof-mutitdan ta’sirlanish uz aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga uz munosabatini bildirishi uning bundan keyingi usishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi.
"Jonlanish" bolaning kattalar bilan o’ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo’zg’atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo’ladigan "jonlanish"ning tabiati xali ochilgani yo’k,- Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus kurinishi va ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog’liqlir, u balki bolada ijobiy his-tuyrularni qo’zg’atish omilidir. Ba’zan bolada o’zini parvarish kiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional xarakatlar vujudga keladi, natijada uning kul va oyokdari Xarakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashk,i ifodaga ega bo’lgan ichki psixik kechinmalarda uz aksini topadi.
Psixolog E.K.Kaverina bolaning tashtsi ta’sirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning aft- angoriga qarab ijobiy his-tuygular uygonishi keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar o’rtasidagi aloqaning boshlangich kurinishi xisoblanadi. Shaxslararo alokaning bu shakli chaqaloklik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.
Chaqalokda paydo bo’ladigan ijobiy tis-tuygularning oddiy tabiiy etiyojlarni qondirish bilan hech qanday bog’liqligi yo’q,. Chunki psixik dunyodagi o’zgarishlarni o’rgangan M.Yu.Kistyakovskayaning uk,tirishicha, uyquizlikdan qiynalish va ochlik uygotuvchi qo’zg’atuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his-tuyguni pasaytiradi Bodaning kattalar bilan ijobiy munosabatda bo’lishi zamirida tabassuum. kulgi, ildam xarakat, tovush chiqarish bo’lsa xam, bo’larning tabiiy-organik ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yo’q. Aksincha, ijobiy emotsional holat yangi ijtimoiy extiyojning ko’rsatkichi bo’lib, bola katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishining motivi va imkoniyati rolini bajaradi.7
Adabiyotlar

  1. VigotskiyL.S. Sobr. soch. V 6 t. M., 1982. T. 1.

  2. G`oziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T. 2002.

  3. Rubalko E.F. Vozrastnaya i differentsialnaya psixologiya. M. 2001.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin