Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Rivojlanish masalalari. Go`daqlik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə29/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Rivojlanish masalalari. Go`daqlik davrining psixologik xususiyatlari.
Gudaqlik davrining xususiyatlarini o’rgangan L.S.Vigotskiy
"Gudaqlik davri" nomli asarida bolaning voqelikka munosabati
dastlab ijtimoiy munosabatdek tuyulishini, ana shu jixatdan uni
ijtimoiy jonzot deyish mumkinligini uqtirdi.
D.B.Elkoninning fikricha, katta yoshdagi odamlar gudakni
kurshagan vok,elikning markaziy siymosi, muhiim tarkibiy kismi
hisoblanib, uning x;ar qanday extiyojini kondirish bilan boshqa
muammolar uchun tayanch nuktasi vazifasini bajaradilar. Gudak
tabiiy-biologik jixatdan onadan ajralgan bo’lsa ham, aslida u
bilan ijtimoiy bog’liqligicha k;oladi.
Gudakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini
o’rganish buyicha kator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida
N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon,
D.B.Elkonin, E.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinaning
asarlari alohida axamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida gudakka chiroyli va jozibador o’yinchoklar
9 sm masofadan kursatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan,
keyinchalik oralik,60 sm bo’lganida bolaning intilishi, kul cho’zishi,
sustlashgan, va nixoyat, ular 100 sm dan kursatilganda bolada
intilishi, cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo sungan. U uyinchoq
bilan bir katorda turgan katta kishi ga ham ana shunday befarq
qaragan. Masofa kanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi,
qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa
chiqarish mumkin: kattalar gudak qatnashayotgan faoliyatni
jonlantiradilar. Gudakni kurshab to’rgan jismlar borgan sari uning nigox,ini o’ziga tortib, maftun qilib, qo’zg’atuvchi vazifasini bajarib, bolaning k,idirish, muljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Manipulyativ faoliyat, psixik funktsiyalar.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik gudaklarda jozibali narsalarning o’zaro siyosiy tasnifini tadqiq, qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda, gudak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga xarakatsiz ko’ruv qo’zg’atuvchisiga diqqatni tuplash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, xarakatdagi ko’ruv qo’zg’atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, xarakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go’dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni tuplab turishi turt marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, gudak jonsiz narsalarga karaganda, odamga diqqatini balandrok, karatishi uning kattalarga munosabati o’zgarganidan emas, balki ular bilan alokaga kirishganda sust retseptor urnini faolroq, retseptor egallaganidandir. Gudakda fazoviy tasavvurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muxim vosita hisoblanadi. Xayot tajribasi ortib borishi, mashklar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash o’quvi paydo bo’ladi.
Frantsuz psixologi Anri Vallon gudakda ijtimoiy ta’sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq, qilgan olimdir. Uning ta’kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaksiyasi (ta’siri) o’zining yukori bosqichiga kutariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta’siriga javob berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkill qilladi, etti oyligida esa aynan shu reaksiya 20 foizga kamayadi, ammo imo- ishora orkali muloqot 11 foiizga ortadi; etti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga tal pinshi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to’rt marta kupdi r.
M.Yu.Kistayovskaya bir yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini o’rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar tuplagan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikdan 6 oylikkacha bol ada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo’lish vujudga keladi. Uch oylik gudak begonalar orasidagi tuqtan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi. M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga kura, 3-4 oylik go’dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikilladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yiglab yuboradi. Bolada o’zini parvarish qilayotgan, bokayotgan yaqin kishilarga boglanib qolish sodir bo’ladi. Ana shu sababli onasi yoki enagasini kursayotq qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo’l-oyoqni ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to’lganida atrofidagi yaqin kishilar katori karindosh-uruglariga, xatto, qo’ni-qushnilarga xam boglanib (o’rganib), kunikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki uyin faoliyatini boshlaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin