Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)
Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli harakat faoliyatlarini rivojlanishi. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila olganidan so`ng esa uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan ko`rgazmali xarakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liklarni o`rganishga xizmat qiladi. O`zidan uzoqroq torgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko`rgan bola endi mustaqill ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak erdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o`rin tutadi. Umumlashtirishda nutq asos hisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qo`l soati, osma soat, shuningdek budilpnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bo`lgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash erdamga keladi va umumlashtirishni tashqill etadi, 2-3 umr davrlarili bolalar maolum bir predmetlarni o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan o`yin jarayonida bola cho`pni qoshiq yoki termormetr o`rnida, yog`ochdan krovat yoki mashina o`rniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o`rnida qo`llash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, o`rganishidagi axamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu eshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, xikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qaxramonlarini kimgadir o`xshatishga xarakat qiladi, u o`zi mustaqil ertak eki xikoyalarni to`qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko`rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning xayotiy tajribalarni o`zlashtirishida avvalo xarakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada xarakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu umr davrlarida asosan ixtiyorsiz bo`ladi. Bu davrdagi bolalarga ko`p kitob o`qib berish natijasida ular uzun ertak va sher xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo`lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O`zi va atrof xayot xaqidagi voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to`liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Kopchilik psixologlar tugilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yolining ortasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola oz-oziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan ozaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u ogzaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bola boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi: