Ilk bolalik davrida nutqning o`sishi Bu davrdagi bolalar asosan o`z xatti xarakatlarini o`ylab o`tirmaydilar. Bu xatti xarakatlar ularning xoxish va xissiyotlari asosida bo`ladi. Bu umr davrlaridagi bolalarning xatti xarakatlari juda o`zgaruvchan bo`ladi. Masalan: bolaning yiglashi ham yigidan to`xtashi ham juda oson. Ilk davrda bolada o`z yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga o`tadi. Endi bola o`z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi.Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-xarakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baxolari ularda o`ziga nisbatan o`z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi.U o`z ota-onasiga nixoyatda qattiq bog`langan bo`lib, intizomli va itoatkor bo`ladi.Ana shu bog`liqlik sababli bolaning asosiy extiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi.Onasi yonida bo`lgan bolalar ko`proq xarakat qiladilar va atrof muxitni o`rganishga intiladilar.
Aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida etakchi faoliyat sifatida. Bu davrda bola o`z ismini juda yaxshi o`zlashtiradi. Bola doimo o`z ismini ximoya qiladi uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala munosabati uni o`zini aloxida shaxs sifatida anglashini boshlanishga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o`z «Men»ini anglay boshlashi vaqtliroq yoki birmuncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 umr davrlarili bola o`zini o`z xoxish va ehtiejlarini qondirishi mumkin bo`lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko`taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko`rinadi.Uch umr davrlarili bolalar o`zlarini o`zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o`z-o`zini baxolash vujudga keladi.Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo`lish extiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o`zim qilaman» qabilidagi so`zlarida nomoyon bo`ladi.