Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)
Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish. Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilgaydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar oyin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bogliq ravishda roy beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos boladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashqill etadi. Bu yoshda avtodidaktik, ozi orgatuvchi oyinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.
Korish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabol qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil songida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabol qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham roy beradi.
Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga tasir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabol qiladi.
²ayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir boladi ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir obekt ornini bosuvchi sifatida boshqa bir obektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning ornini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi.
Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish inson psixikasining oziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bogliq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik sozlardan foydalanishga otiladi.
Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo boladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat ornatiladi.