Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


- MA’RUZA- Илк болалик даври



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə36/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

11 - MA’RUZA- Илк болалик даври
Илк болалик даврида болаларда жисмоний ривожланишнинг ўзига хос хусусиятлари. Ривожланишнинг ижтимоий вазияти. Ўйин - етакчи фаолият сифатида. Уйин турлари. Уйин атрибутлари. Уйин вазифаларининг шаклланиши ва трансформацияси. Дидактик ўйинлар. Болалар ўйинларининг ижтимоий мазмуни. Боланинг ижтимоий етилиши. Илк болалик даврида эмоционал ривожланиш. Боланинг индивидуал хиссиётлари. Болалардаги қўрқув унинг юзага келиш сабаблари ва омиллари. Болалардаги қўрқувнинг икки шакли тўғрисидаги таълимот. Болаларда жахл. Уч ёш инқирози.
Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari, kognitiv va nutqning rivojlanishi.
Ilk bolalik davri: Go`daqlik davridan so`ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik
(1-3umr davrlari) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini bolaning to`g`ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashqill etadi. Tikka va to`g`ri to`g`ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu umr davrlaridagi bola o`z xatti –xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo`ladi. 1-3 umr davrlari bola shakllanishda psixik rivojlanishning nixoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan xolda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug`ilganidan to etuklik davrigacha bo`lgan psixik rivojining taxminan o`rtalari 3 umr davrlariga to`g`ri keladi degan muloxazani beradilar. Bu umr davrlaridan boshlab bolalar predmetlarni o`rganish olamiga kadam qo`yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo`la oladi va elementar axloq qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo`ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo`nalishlarga qaraganda 10 xissa ko`proq maolumot oladi.Nutq bu umr davrlarida nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o`z o`zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalrning etakchi faoliyati predmetlarni o`rganish hisoblanadi. Go`daqlik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga ko`proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go`dak bola qo`liga ushlagan narsani oddiy xarakatlantirib ko`rsa, 2-3umr davrlaridagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o`rganganidan so`nggina o`z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o`z savoliga javob olish uchun ko`pincha kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi. 3 umr davrlari arafasida predmetlarning vazifalarini to`la o`zlashtirgan bolalar o`z o`yinlarida nafaqat shu predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o`z vazifalariga ko`ra ishlatadilar ham. Predmetli faoliyat kirishishibolaning turli layoqatlari va qo`l xarakatlarini rivojlantiradi. Bolaning nutqi u to 1,5 eshga etgungacha ancha sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 so`zdan to 100 tagacha so`zni bila oladi, lekin ularni juda kam qo`llaydi. 1,5 umr davrlaridan boshlab esa uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so`rabgina qolmay bu so`zlarni talaffuz etishga ham xarakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 umr davrlarining oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 eshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so`zni ishlata oladi. Shuningdek so`zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to`g`ri tuza oladilar.
Shuni aloxida ko`rsatish joizki 1,6-3 umr davrlari bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur xarakatlarining yangi ko`rinishlar tashqill etadi. 1 umr davrlarili bola xali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda ko`rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko`zga tashlanib turadigan belgisiga o`z eotiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko`ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok xarakatlarini egallanishi bolaning predmetli xarakatlarini bajarishdan ko`z bilan chamalab xarakat qilishiga o`tishda namoyon bo`ladi endi u predmetning bo`laqlarini ushlab ko`rmasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 eshli bola kattalarning bergan namunasi rangi shakli va kattaligiga ko`ra aynan shunday predmetlarni chamalab idrok etgan xolda to`g`ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so`ngra kattaligiga va shundan so`ngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jaraenda bola bir xil xususiyatga ega bo`lgan juda ko`p predmetlar borligini tushuna boshlaydi. Lekin bola rasm chizishni boshlaganida predmetlarni rangini eotiborga olmaydi va o`ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko`rsatishiga 2,5-3 umr davrlarili bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to`g`riburchak, ko`pburchak) va 8 xil rangni (qizil, qovoq sariq, sariq yashil, ko`k, siexrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning ishlatilishi jixatidan turli xil narsalarda turlicha bo`lishi sababli bu eshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o`z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu umr davrlaridagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari noto`g`ri bo`lib, buning uchun mos davr bu 4-5 esh hisoblanadi. Bu eshdagi bolalar so`zlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar.
Bola 3 umr davrlariigacha o`zlashtirgan so`zlar asosan predmet va xarakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funktsiyasini anglatib bu predmet yoki xarakatning tashqi ko`rinishi o`zgarsa ham uning nomi o`zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funktsiyalariga bog`lagan xolda tez o`zlashtiradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin