Aloqa makon yo vaqtda bir biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yo obektning o`zaro bog`lanish xodisasi.
Anglash - psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko`chirishdan iborat psixik jarayon bo`lib, bu mazmunni boshqa kishilarga etkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o`zicha xabar bermoq, o`z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to`g`risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to`g`risida o`z o`ziga xisob berishdir. Subektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.
Agleratsiya olomon
Bilish olamning inson ongidagi inikos etish jarayoni . inson o`zini qamrab olgan atrof muxit to`g`risida bilish va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron bir turi bilan shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bo`lib, xar qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro`y beradi.
Vijdon ijtimoiy xodisa bo`lib, kishining xayotida sodir bo`layotgan ijobiy va salbiy xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining manaviy etukligiga bog`liq.
Guruhlarning tuzilishi guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror bo`linishi, guruhga kiruvchi kishilar o`rtasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat. hallucinatio - alahsirash, ko`zga ko`rinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga tasir etishi natijasida hosil bo`ladigan mavjud bo`lmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis kuch) bu guruhning o`z holatini o`zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo`nalishdagi jarayonlarda ko`zga tashlanadi: guruh azolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh munosabatlari a) guruh faoliyatining xarakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o`rni, qadriyatli birligi va b. xarakteristikasi; v) guruh azolarining sotsial individ sifatidagi o`zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga ko`ra guruhda uning azolari o`rtasida qaror topadigan munosabatlardir.