TARAQQIYOT PSIXOLOGIYASI VA DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYA FANIDAN GLOSSARIY
Affekt (latincha affectus ruhiyhayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo`ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro`y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo`rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaktsiyalarga ozroq yoki ko`proq moyil bo`ladigan shaxslar ham bo`lishini takidlashadi. O`zida affektiv reaktsiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar tasiriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo`ladilar.
Anglash psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko`chirishdan iboart psixik jarayoni bo`lib, bu mazmunni boshqa kishilarga etkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o`ziga xabar bermoq, o`z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to`g`risida o`ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to`g`risida o`z-o`ziga hisob berishdir. Subektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.
Amaliy psixologiya ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan istemolchi yoki buyurtmachini hamisha ko`rsatish mumkin.
Aql insonning manaviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo`lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
Ahloq - ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq atvori, yurish turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o`zaro, shuningdek jamiyatga bo`lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
Attraktsiya (lotincha so`z attrahere yoqtirish, o`ziga jalb etish) bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o`zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.