Optimizm kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo`yish.
Panelog gurux ichidagi munozaradir
Psixodiagnostika (grekcha psyche ruh va diagnostikos bilishga qodir) psixologik fan sohasi bo`lib, shaxsning individual psixik xususiyatlarini o`lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya (grekcha therapeia parvarish qilish, davolash) ko`plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o`z-o`zini anglashiga kompleks davolovchi tasirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). SHartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo`qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o`z shaxsiga nisbatan munosabatini o`zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi etirof qilinadi.
Psixo analiz ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik talimot.
Psixotexnika (grekcha techne sanat, mahorat) psixik jarayonlarni sodir bo`lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o`stirish va yangilarini shakllantirishda qo`llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.
Predikatlar mantig`i muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini o`z ichiga oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qo`shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.
Tashabbuskorlik xarakterning qimmatli xislati bo`lib, bu xislat ko`pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo`lib, ularning tezligi, o`zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo`ladi.
Tafakkur turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) taminlaydigan ko`plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funktsional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o`z-o`zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.