Hayotiy manolar bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo`lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o`rab olgan voqeilikdan obektiv bog`liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko`rinishida ham o`z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, ko`p hollarda o`zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda ko`p foydalanamiz. Bu o`rinda «turmush» so`zidan tashqari «kundalik psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira insonning o`tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo`naltirilgan ko`plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat insonning axloqiy o`z-o`zini ko`rsatish momenti bo`lib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o`z-o`ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida o`zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so`zlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora ko`rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning manosi shaklidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to`siqlarni engib o`tish va haqiqatni izlash tomon yo`naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari bo`ladi: o`zining sotsial ifodasini topmagan ichki echimi hali hatti-harakat bo`la olmaydi. SHuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas xarakterga ega, uni «qayta o`ynab» bo`lmaydi aynan shu erdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo`lib qolmasdan, balki ushbu sifatda shakllanadi ham.
Qayta hosil qilish kuzatish mumkin bo`lgan u yoki bu belgilar shaklidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo`lgan aqliy hodisadir.
O`ylar insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
SHaxsiy kontakt o`zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko`proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.