Ilmiy psixologiya inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bo`lish va mavjud bo`lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi o`rinda ular ishonarli, qay holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy ustanovka -shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy xodisalarni, obektlarni, idtimoiy guruxlarga malum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriya.
Inson tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo`lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insonporvarlik gumanizm odamlarga mehr muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak manaviy fazilatlarni rivojlantirishga g`amxo`rlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash.
Insof insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq meyorini nazorat qilish va axloqiy baxolash.
Ideal orzu intilishning oliy maqsadi. Tor manoda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.
Illyuziya tana azolarimizga bevosita tasir etib turgan narsa va hodisalarni noto`g`ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt oydinlashuv. Muammoning echimi, bazan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bo`ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdao`zashtirish jarayoni.
Image obraz
Konformizm (lat. conformis o`hshash, mos keladigan) inson tomonidan o`zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto`g`ri bo`lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
Kundalik ong - kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bo`lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig`indisidir.
Kayfiyat insonning psixik hayotida namoyon bo`ladigan, o`rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo`lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan xarakterlanadi.
Kichik guruh umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bo`lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bo`lmagan kishilar to`plamidir. U guruh azolarining hamdard bo`lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog`liq xususiyatlarga ega.