Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə58/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko`nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo`lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko`ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko`nikmalar faqat oson payqash mumkin bo`lgan harakatchan bo`lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo`ladi. Avtomatizmdan iborat bo`lgani holda ko`nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o`z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko`nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo`la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo`yishdan qo`rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy echim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o`z salohiyatini o`stirish, shaxsiy o`sishi, sotsial etuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yo`nalishini ko`rsatadi.
Munosabatning o`zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o`zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro`siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur etkazadi. O`zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do`st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishayotganligi va ko`plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o`rtasidagi munosabatni xira bo`lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko`ra paydo bo`ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo`q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo`lib tuyulgan yumush (o`ra qazish) yollangan er qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni echish, tasodifiy yo`lovchi uchun esa piyodalar yo`lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bo`lib tuyuladi.
Mentalitet – individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o`ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda xarakat qilishga tayyorligi va moyilligi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin