Ijtimoiy norma shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o`z azolarixulq atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko`pchilik tomonidan etirof etilgan xarakatlar talabi.
Ijtimoiy sanktsiya normalarning shaxs xulqida nomoyon bo`lishni nazorat qiluvchi jazo va rag`batlantirish mexanizmi.
Istedod nishonalari qobiliyatni o`stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). Ular tug`ma yoki egallangan bo`lishi mumkin. Ularni ro`yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, istedod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo`lib qo`shiladi. Bir xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda istedod nishonalari rolini bajara oladi.
Individuallik- insonning individ, faoliyat subekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo`lishi insonning talim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha etib borish» - bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va talim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt, aql inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo`lgan barqaror o`ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo`ljal ola bilishdir. Odatda subektning faoliyat sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, yani og`zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.