Deviant xulq atvor ijtimoiy deviantlikni kiritib chiqaruvchi xulq atvor
Dadillik kishining xayot va omonligi uchun omon bo`lgan kishilarni engishda ko`rinadigan iroda kuchidir.
Do`stlik o`zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o`rtasida yuzaga keluvchi emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.
Jamiyat tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar o`rtasida amal qiladigan ko`plab munosabatlar majmuasidir.
Individ odamzodning vakili, o`ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.
Innovatsiya ijtimoiy amaliyotda sezilarli o`zgarishlar tug`diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok subekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan bazi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson o`z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning o`z tanasining sog`ligi yoki nosog`lomligi to`g`risidagi ichki azolardan kelayotgan signal natijasida shakllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Ko`pincha esa idrok deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni inikos ettirish tushuniladi. Obekt bo`lsa tashqi muhitda tayyor holda bo`ladi-yu, u insonga tasir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik to`g`ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan bazi obektlarni ajratib oladi va bu bilan go`yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi azolariga tasir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o`ziga bog`liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg`unlashmaganlik (dissonans) va uyg`unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg`u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go`yoki yo`qdek «zo`r berib eshitmaslik va ko`rmaslik» payida bo`ladi.
Iroda insonning o`z psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bo`ladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishi yo`lida ro`y beradigan to`siqlarni engib o`tish davomida namoyon bo`ladi. Uni o`z-o`zini zo`rlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham o`z-o`zini majburlash bilan bog`liq emas. Bu baribir o`z maqsadiga erishishishi yo`lida ishonch, kelishish, ayyorlik, o`rgatish, o`z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reaktsiyalar, zaifliklardan) bo`lishi mumkin.