Tasdiqlayman” Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori t f. d., V. A. Ergashev



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə91/99
tarix20.10.2023
ölçüsü3,71 Mb.
#158243
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99
O\'quv mater.to\'pl 48 soatlik 24 y

Nazorat savollari
1.Prokariotlar va eukariotlarning farqi nimada?
2. Hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalari qanday?
3.Xususiy va umumiy organellalarning farqlari nimada?
Foydalanilgan adabiyotlar

1. P.X.Xoliqov. A.O.Daminov. M.B.Tarinova. Tibbiy biologiya va umumiy genetika.Toshkent 2018 yil.


2. P.R. Olimxo‘jayeva, D.R. Inog‘omova. Tibbiyot genetikasi. Toshkent - «Ilm ziyo» - 2017
3. Jalolov G’.J. Boboyyeva R.N. “Bialogiya” Toshkent. O’qtuvchi. 2003 y
4. G’ofurov A.T. Nosirov O.N. Maktab “Biologiya” kursida tabiat muhofazasi
Toshkent. O’qituvchi 1985 y


Internet manbalari
www. ziyouz kom kutubxona
http:// ziyonet uz
http:// uzedu uz


21-Mavzu: Yumoloq chuvalchanglar, asil yumoloq chuvalchanglar sinifi.
Reja

1. Odam askaridasiningi tuzilishi va rivojlanish sikli


2. Ostritsaning tuzilishi va rivojlanish sikli
3. Egri boshli gijjaning tuzilishi va rivojlanishi
4.Tishta va uning tuzilishi
Yumoloq chuvalchanglar kiprikli chuvalchanglardan kelib chikkan deb taxmin kilinadi. Ularning tanasi uziga xos tuzilgan bulib, boshka chuval­changlardan yakkol ajralib turadi, lekin yukori darajada turadigan xayvonlar shajara daraxtining yon shoxi deb karaladi. Yumoloq chuval­changlar tipiga xozirgi ma’lumotlarga kura 5 sinf vakillari kiritilgan: Gasrotricha, Nematoda, Kinorhyncha, Nematomorpha, Rotatoria.
Yumoloq chuvalchanglar ichida erkin yashovchilar xam, parazitlari xam buladi. Masalan, Gasrotricha va Kinorhyncha sinfiga mansub bulgan chuval­changlar fakat erkin yashovchilarida, xam parazitlari bor, Nematomorpha vakillari fakat parazitlardir.
Tibbiyot nuktai nazaridan Yumoloq chuvalchanglar katta axamiyatga ega, chunki shu tipga mansub bulgan bir kancha turlari odam parazitlaridir, ayniksa Nematoda sinfining vakillari.
ASL YUMOLOQCHUVALCHANGLAR SINFI (NEMATODA)
Asl nematodalar sinfining turlari son jixatidan xasharotlardan keyin ikkinchi urinni egallaydi. Asl Yumoloq chuvalchanglar dengizlarda, chuchuk suv xavzalarida, tuprokda xayot kechiradi. Lekin asosiy kismi parazitlar bulib,xar xil xayvonlarda, umurtkasiz xayvonlardan boshlab, to umurtka-
rasm. Nematodalarning turli vakillari
Nematodalarning tanasi chuzik silindrsimon shaklda bulib, ikki tomoni uchlangan Kundalang kesimi doira shaklida buladi. Tanasi segmentlarga bulinmagan, uzunligi 0,3 mm dan to 30 - 40 sm gacha buladi. CHuvalchanglar tanasi teri-mushak xaltasi bilan koplangan. Teri mushak xaltasi kuyidagi katlamlardan tashkil topgan. I) kutikula, 2) ostida joylashgan gipoderma katlami va 3) uzunasiga ketgan bir kavatli mushaklar. Kutikula tarkibiga xar xil moddalap: albumin, kollagen, keratin, glyukoproteidlar, lipid­lar va boshkalar kiradi. Tarkibidagi keratin va kollagen tufayli kuti­kula mustaxkam buladi. Kutikula parazitlarning xayotida katta rol uynaydi. Bir tomondan ximoya vazifasini bajarsa, boshka tomondan xazm moddalarini shimib olishda faol katnashadi, bundan tashkari tashki skelet vazifasini xam utaydi. SHu tufayli mushak tolalari kutikulaga birikib, tanada elastiklik va egiluvchanlik imkoniyatini yaratadi. Mushak xujayralari turt kator, keng uzunasiga ketgan mushak tolalaridan tashkil topgan. Teri-mushak xaltasi ichida ichki a’zolar joylashadi. A’zolar ora­sida va a’zolar bilan teri-mushak xaltasi urtasida bushlik bulib, birlamchi bushlik deb ataladi. Xazm tizimi nematodalardaodatdayaxshi rivojlangan bulib, uch kismdan: oldingi, urta va orka ichakdan tashkil top­gan. Oldingi ichak differensiyalashgan bulib, kuyidagi bulimlardan: lab- lar bilan uralgan orro, xalkum, kizilungachdan iborat. kizilungach urta ichakka davom etadi. Xazm nayining shu kismida ozuka moddalar shimiladi. Orka ichagi xuddi oldingi ichakka uxshab ektoderma rivojlangan va kuti- kulyar katlam bilan ichidan koplangan anal teshigi bilan tugaydi. Urta ichak endoterma xisobiga rivojlanadi. Siydik ajratish a’zolari uzgargan protonefridiylardan iborat. Nematodalariing ayirish a’zolari bitta katta ekskretor xujayra bulib, uning uzun naysimon usimtalarida ayirish kanallari yotadi. Usimtalar gipodermaning yon valiklarida butun tananing boshidan oxirigacha utadi va tananing oldingi kismida ekskretor teshik bilan tashkariga ochiladi. Tashkariga chikadigan moddalar, metabolizm jarayonida xosil bulgan suyuk, moddalar ekskretor xujayraga va uning kanallariga shimiladi va ekskretor teshigi orkali tashkariga chikib ketadi. Yumoloq chuvalchanglarning siydik ajratish jarayonida yana 4-5 fagotsitar xujayralar xam katnashadi. Bu xujayralar tana bushligi chegarasida joylashgan bulib, xar xil mayda zarrachalarni tana bushligidan kamrab olish va xazm kilish xoccasiga ega. Markaziy nerv tizimi xalkum atrofi nerv xalkasi va shu xalkadan chikkan nerv ustunlaridan iborat. Asosiy nerv yctunlari tananing korin va orka tomoni buylab chuzilgan xolda joylashadi. Nerv ustunlaridan tana a’zolarigacha, terigacha etib boradigan periferik nervlar boshlanadi. Sezgi a’zolari sodda, terida tananing oldingi va orka kismlarida maxsus sezgir tukchalarda joyla­shadi, bundan tashkari xemoretseptorlar xam buladi. Ba’zi erkin yashovchi nematodalarning kuzlari buladi. Erkin xolda yashaydigan shakllari teri orkali nafas oladi, parazitlar esa anaeroblardir. Asl Yumoloq chuvalchang­lar ayrim jinsli xayvonlardir. Jinsiy tizimi naysimon tuxumdon naysimon tuxum yuliga, sung bachadonga davom etib, kin teshigi orkali tashkariga ochiladi. Urgochi jinsiy tizimi odatda juft buladi. Erkagida naysimon urugdon bulib, bu a’zo naysimon urug yuliga va sung urug otuvchi kanaliga utadi. Urug otuvchi kanal orka ichakka ochilib, ichak kloaka bilantugaydi. Nematodalar tuxum kuyib kupayadi. Odatda xujayin tanasida erka gi xam, urgochisi xam birgalikda uchraydi. Voyaga etgan davrida otalanadi, sung urgochilari tuxum kuyadi. Kupchilik nematodalar tuxumining rivojla­nishi uchun erkin kislorod kerak. SHu sababdan tuxumlar tashkariga chiki­shi zapyp. Tuxumlari tashki muxitda rivojlanadigan parazit chuvalchang- larga geogel’mintlar deyiladi. Tuxumdan lichinka chikib, ular bir necha marta tullab voyaga etadi. Lichinkalarning rivojlanishi tashki muxitda yoki xujayin tanasida kuzatiladi. Tuxum lari oralik xujayinning tana­sida rivojlanadigan parazit chuvalchanglarga biogel’mintlar deyiladi.
Nematodalap ichida shunday turlar xam borki, ular voyaga etgan davrida erkin xolda yashaydi, lichinkalarning bir kismi esa parazitlik kilib xayot kechiradi. Bunday xolatga fakultativ parazitlik deyiladi. Masalan, Stronguloides degan nematodalar turi voyaga etgan davrida erkin xolda tuprokda yashaydi, shu erda otalanadi va shu joyda tuxum kuyadi. Otalangan tuxumlardan rabditli lichinkalar chikadi. Ular turt marta tullaydi va erkin xayo't kechiradi. Lekin ayrim lichinkalar bir marta tullagandan sung filyariyasimon lichinkalarga aylanadi. Bu lichinkalar endi tashki muxitda normal tarakkiy etolmaydi, ular odam organizmiga utishi lozim. Odamga yukishi odatda teri orkali kuzatiladi. Teri orkali yukishi perkutann invaziya deyiladi. Lichinkalar kon-tomirlar orkali kichik kon aylanish doirasiga utib, upkaga boradi. Upkada lichinkalar yana ikki marta tullab voyaga etadi. Voyaga etgan davrida xujayinining nafas yullari orkali xazm tizimiga utadi va shu joyda otalanadi, sung tuxum kuyadi.
Filyariyasimon lichinkalar ogiz orkali (agar odam uni yutib oborsa) xam yukishi mumkin, lekin bunday xolatda lichinkalar migratsiya kilmaydi. Ichakka kuygan tuxumlaridan lichinkalar rivojlanadi. Lichinkalar ikkin­chi tullashdan keyin bemor axlati bilan tashkariga chikib, tashki muxitda erkin yashaydigan, voyaga etgan nematodaga aylanadi. Ammo lichinkalarning bir kismi ichakda yashab, ichak devorini teshib, xujayini kon-tomirlar ti­zimiga utadi. Lichinkalar voyaga etishdan oldin yana migratsiya davrini utay di. Jarayonning bunday kaytarilishi borgan sari nematodalar evolyusiyasi jarayonida lichinkalarni migratsiya kilishi shart bulmay kolgan. Masalan, ichak muxitiga moslashgan kiyshik boshli gijja lichinkalari teri orkali invaziya kilishi mumkin, lekin odam ularni yutib yuborsa, u tuppa-tugri ichakka borib voyaga etadi. Tashki muxit ayrim nematodalar uchun fakat tarkalishiga imkoniyat yaratadigan muxit bulib koladi. SHuning uchun erkin xolda yashaydigan davrlari bulmaydi (kiyshik boshli gijja, askarida). Filyariyalar mutlako tashkariga chikmaydi, ularning tarakkiyot sikli bitta xujayindan ikkinchisiga tashuvchi yoki oralik xujayin orkali utadi.
Nematodalar-odam parazitlari. Odamda nematolalarning bir kancha turi parazitlik kiladi: odam askaridasi, ostritsa, egri boshli, kiyshik boshli gijjalar, trixinella, filyariyalar va boshkalar. Nematodalar chakiradigan kasalliklar nematodozlar deyiladi.
Odam askaridasi - Ascaris lumbricoides xamma joyda keng tarkalgan odam parazitidir.
Morfologik tuzilishi. Odam askaridasi birmuncha yirik chuvalchangdir. Urgochisining uzunligi 40 sm, erkagi 25 - 30 sm uzunlikda buladi.
Voyaga etgan askaridalar odamning ingichka ichagida yashaydi. Askarida- lar goxida boshka a’zolarda xam uchrashi mumkin, masalan, upkada. Askari­daning tanasi uzunchok, silindrsimon bulib, ikki tomoni uchli, kundalang kesimi doira shaklida buladi. Oldingi uchidagi uchta labi ogzini urab turadi. Askaridada jinsiy dimorfizm yakkol kurinadi. Urgochilari tana­sining oldingi uchdan bir kismida jinsiy teshigi joylashgan. Erkagi- ning dum tomonidagi uchi spiralga uxshab korin tomoniga kayrilgan bulib, ikkita spikulasi (kopulyativ a’zo) kurinib turadi, urgochisining orka uchi tugri buladi. Askarida tanasining orka kismida anal teshigi joylashgan. Tanasi nematodalar uchun xos tarzda tu- zilgan bulib, teri-mushak xaltacha bilan koplangan. Terisi kutikula, uning ostida gipodeoma joylashgan buladi. Gipoderma ostida buyiga chuzilgan tasmaga uxshash 4 ta mushagi bulib bular orasidagi gipoderma yugonlashib, tanasining ikki yonidan past devorchaga uxshab ( gipoderma valigi) tana kovagining ichiga bir oz chikib turadi. (270-rasm).

rasm . Odam askaridasi- Ascaris lumbricodies: Urgochi askaridaning kundalang kesimi:


Mushaklarda protoplazmatik usimtalar bulib, ular tana kovagi ichida yotadi. Ichki a’zolari boshlangich tana kovagida joylashadi, tana bushligi- da esa biroz suyuklik buladi. Ovkat xazm kilish sistemasi oldingi, urta va orka ichakdan iborat. Oldingi ichak kutikula bilan koplangan bulib, ogiz, xalkum va kizilungachdan tashkil topgan. Urta ichagi tugri, bir oz sikilgan naydan iborat, uning devori bir kavatli epiteliydan tuzilgan. Orka ichagi kalta nayga uxshaydi va kutikula bilan koplanadi, urgochilarida anal teshigi bilan tugaydi, erkaklarida esa jinsiy sistemasining kanali bilan kushilib, kloakani xosil kiladi.
Ayirish sistemasi uziga xos tuzilgan. U ikki yonidagi gipoderma devor- chalari ichida joylashgan ikkita naydan iborat. Bu naylarning orka tomoni yopik bulib, oldingi tomoni xalkumning old kismida birlashadi va bitta chikaruv teshigi bilan tashkariga ochiladi. CHikaruv kanallari chuzilib ketgan bitta katta xujayradan tashkil topgan bulib, uning yadrosi yon kanallar kushilgan joy yakinida yotadi. Bundan tashkari 4 ta fagotsitar xujayralar, tana kovagi suyukligiga tegib turgan xolda askaridaning ajratish sistemasida ishtirok etadi. Bular xar xil zarrachalarni yutib (kamrab olib), parchalash kobiliyatiga ega.
Markaziy nerv tizimi xalkum atrofi nerv xalkasidan iborat bulib, undan bir necha juft nerv ustunlari boshlanadi. SHulardan ikkitasi kattarok bulib, biri tanasining korin va ikkinchisi orka tomonida butun gavda buylab joylashadi. Nerv xalkasidan va nerv ustunlaridan peri­ferik nervlar boshlanadi. Sezgi organlari nisbatan kam tarakkiy etgan
Askaridada kon aylanish va nafas olish sistemalari bulmaydi. Voyaga etgan davri anaerob, lekin lichinkalarini rivojlanishi uchun kislorod zarur. Askaridalar ayrim jinsli bulib, jinsiy sistemalari naysimon shaklda tuzilgan. Naysimon jinsiy sistemaning oldingi eng ingichka kismi tuxumdondir, tuxumdondan bir oz kengaygan naysimon tuxum yul- lari chikib, bir naysimon bachadonga davom etadi, sungra ikki bachadon birlashib, yakka kiska vagina(kin)ga aylanadi va korin tomonida jinsiy teshik bilan tanasining oldingi uchdan bir kismida tashkariga ochiladi. Erkak jinsiy sistemasi tok buladi. Nayiing eng ingichka kismi urugdonni tashkil etadi. Urugdon yugonlashib ypyr yuliga aylanadi, u uz navbatida urug otuvchi kanalga tutashadi. Urug otuvchi kanal orka ichak bilan birga tashkariga kloaka orkali ochiladi. Erkaklarining orka uchida kutikuladan tashkil topgan kopulyativ apparat vazifasini bajaradigan ikkita spikulasi bor.
Rivojlanish sikli. Askarida xujayinini almashtirmasdan tarakkiy etadi. Voyaga etgan askaridalar ingichka ichakda yashaydi, otalanadi, kupaya­di. Urgochi askaridalar kuyadigan tuxumlar otalangan va otalanmagan buli­shi mumkin (bemorlarning axlati bilan tashkariga chikadi.) Bir sutkada kuygan tuxumlarining soni 240.000 gacha etadi. Tuxumlari ichakda tulik rivojlanmaydi, chunki lichinka ikkinchi rivojlanish davrida kislorodga muxtoj buladi. Askaridaning tuxumlari uziga xos tuzilgan bulib, uch kavat parda: gadir-budur tashki parda, uning ostida yotadigan sillik parda va tolali ichki pardadan iborat. SHularning ustki ikki kavati tuxumini mexanik shikastlardan saklaydi, tolali parda yog va yogsimon moddalardan iborat bulib, tuxumni kimyoviy omillar ta’siridan saklaydi. SHuning uchun sulema, margimush va kaliy sianid tuzlarining tuyingan eritma- larila askarida tuxumlari rivojlana oladi. YOgsimon moddalarni erita- digan erituvchilar (benzin, efir, ksilol va boshkalar) tuxumlarni xalok kiladi. Tuxumlarni tarkalishida pashshalar katta rol uynaydi.
Askarida lichinkasining dastlabki rivojlanishi ypFOchisining bacha- donida, ya’ni tuxum ichida boradi. Lekin uning sunggi rivojlanshii uchun tuxum albatta tashkariga chikishi zarur, chunki lichinkaning keyingi, bos­kichi kislorodga muxtoj. Muta’dil sharoitda embrional tarakkiyot 2 - 3 xafta davom etadi (xarorat 24oS va etarli namlik bulganda). SHu vakt ichi­da tuxum pardasi ostida invaziya kobiliyatiga ega bulgan lichinka rivoj­lanadi. Invaziya kobiliyatiga ega bulgan tuxumlar (invazion tuxumlar) bilan ifloslangan ozuka (meva - sabzavotlar, osh kukatlari) yoki ichiladi­gan suv odamning xazm a’zolariga tushib kolguday bulsa, u erda lichinka­ning sunggi tarakkiyoti kuzatiladi. Odamning oshkozon-ichak shirasi ta’si­rida tuxum kob^lari erib, ichidan lichinkalar chikadi. Bular ichak devori- ni teshib, kon tomirlariga utadi va kon okimi bilan tanaga tarkaladi. Avval ular jigarga, sung yurakning ung bulmachasiga, ung korinchasiga va upka arteriyasi orkali upkaga boradi. Upka kapillyarlarida faol xarakat- lanib ularni yorib chikadi va alveolalarga utadi. Askarida lichinkasi­ning migratsiyasi deb nomlanuvchi bu xarakat uning oxirgi tarakkiyot uchun zarur bulgan kislorodga bulgan extiyoji tufayli sodir buladi. Lichinka­lar nafas yullaridan yukori tomon xarakatlanib, traxeya va bronxlar orka­li yana Og’iz bushl^iga tushadi SHunda bemor ularni ikkinchi marta yutib yuboradi. Lichinkalar ingichka ichakda rivojlanib, voyaga etadi. (271-rasm). Voyaga etgan askaridalar kupi bilan bir yil umr kuradi. Ular uz xujayini xazm kilgan ozuka bilan oziklanadi, shuningdek odam ichagi shillik pardasi bilan xam oziklanishi mumkin degan ma’lumotlar bor. Askaridoz bilan OFrigan bemor ichagida odatda bir kancha askaridalar parazitlik kiladi. Ularning patogen ta’siri, moddalar almashinuvi jarayonida xosil
ta’sir kursatishdan iborat. Odam askaridasi - Ascaris lumbricoides ning xayoti sikli
Bemorning boshi ogrib, aylanadi, darmonsizlik, serzardalik kuzati­ladi, ish kobiliyati, xotirasi susayadi. Lichinkalarning upka orkali tarka- lishi bronxit va askaridozli pnevmoniyaga sabab bulishi mumkin. Aska- ridozli pnevmoniya tana xaroratining ba’zan 39 - 40° gacha kutarilishi bilan kechadi, bu paytda balgamda askarida lichinkalarini aniklash mum- kin.Voyaga etgan askaridalar ba’zan ingichka ichakdagina emas, balki boshka a’zolarda xam joylashadi. Parazitlar ichakdan urmalab ut yuliga va shu yul orkali ut pufagiga va jigarga utishi, xamda jigarda assitlar xosil kilishi mumkii. Odam kayt kilganda ular oshkozondan kizilungach va xalkumga tushadi, shu joydan nafas yullariga utib ketishi va odamning bugilib ulishiga olib kelishi mumkin. Bemor kechasi uxlagan paytda xam askaridalar asta-sekin urmalab, xazm yullaridan, uning yukori kismiga xarakatlanib nafas yullarini berkitib kuyishi mumkin. Ayrim xollarda ichakda juda kup sonli askaridalar tuplanib kolishi va ichakning berkilib kolishiga sababchi bulishi mumkin(kishechnaya neproxodimost - ich tutilishi). (272-rasm).

rasm. Askarida bilan ichi tulgan ichakning kurinishi(jarroxlik amaliyoti).


Askaridalarning shu tarika odatdan tashkari joylashuvi OFir okibat- larga olib keladi.
Tashxisi. Parazitologik tashxis: axlatni tekshirishga va tuxumlarni aniklashga asoslangan. SHaxsiy profilaktikasi umumiy gigiena koida- lariga rioya kilishdan iborat. Jamoat profilaktikasi bemorlarni davo­lash, odam axlatini kishlok xujaligida ishlatishdan oldin uni zararsiz- lantirish yoki xojatxona uralariga sundirilmagan oxak sepishdan iborat. Epidemiologik axamiyati - askaridoz bilan kasallangan odam bir uzi invaziya manbai bulib xisoblanadi, chunki odam askaridasiga yakin bulgan turlari Chuchqa, ot, tovuk va boshka xayvonlarning ichagida parazitlik kilib yashaydigan askaridalar xam bulishi mumkin. Ularning lichinkalari odam- organizmida migratsiya kilishi mumkin, ammo xech kachon voyaga etgan davrida yashamaydi, shu sababdan epidemiologik jix atdan axamiyatga ega emas.
Ostritsa (Enterobius vermicularis). Ostritsa xamma erda tarkalgan odam pariziti bulib, enterobioz kasalligini quzg’atuvchisidir. Xamma yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin, kuprok yosh bolalarda uchraydi.
Morfologik tuzilishi. Ostritsa kichkina chuvalchang bulib, urg’ochi- sining uzunligi 10-12 mm. erkaginiki esa 2 mm dan 5 mm gacha buladi. Tanasi duksimon bulib, bosh tomoni kavarib chikkan va kengaygan kutikula
vezikula bilan uralgan. Erkagining orka tomoni spiralga uxshab egilgan bulib, bitta spikulasi bor, urg’ochisida esa tuFri bigizsimon kurinishda
uchlanib ketgan(273-rasm ).

rasm. Osritsaning urg’ochisi va erkagi


Og’ziuchta lab bilan uralgan. kizilungach sharsimon kengaymada - bulbusda tugaydi. Bulbusda kutikulali chaynash plastinkalari buladi. Ozuka moddalar urta ichakka utib, keyin suriladi. Xazm bulmagan moddalar orka ichakdan anal teshigi orkali tashkariga chikib ketadi. Ostritsada kon ayla­nish va nafas olish tizimlari bulmaydi. Nerv va siydik ayirish tizim- lari tuzilishi jixatidan askaridanikiga uxshaydi. Ostritsalar xam ayrim jinsli nematodlardir, ularning jinsiy tizimi naysimon bulib, askari- dani jinsiy tizimiga uxshaydi, bitta farki, ostritsaning erkagida bitta spikula buladi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin