Hayotining so’nggi yillari. 1489- yilda Navoiy Hirotga qaytgach, o’rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlangan edi. Bu orada Balxda Darveshali qo’zg’oloni boshlanadi. Husayn Boyqaro Navoiyni olib, Balxga jo’naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning o’g’li Sulton Mahmud Husayn Boyqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o’g’li Badiuzzamonni olib, Hisorga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasarrufiga beradi. Badiuzzamon o’n uch yoshli o’g’li Mo’min Mirzoni Astrobodda qoldirib, Balxga keladi. Xadichabegim Nizomulmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Xadichabegim shohning mastlik chog’ida unga imzo qo’ydirib, tezlikda farmonni ijro qildirib yuboradi. Shoh hushiga kelib, yangi farmon jo’natganida jallod Mo’min Mirzoning boshini kesib ulgurgan edi. Bu voqea 1497- yilning sentabrida yuz bergan edi. Navoiy ko’pdan buyon haj orzusida yurar edi. Bu voqealardan keyin uning qarori qat’iylashib, shohdan ijozat berishini so’rab, qattiq turib oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Boyqaroning yana bir o’g’li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko’taradi. Shoh Navoiyga hajga borishiga noiloj ruxsat berib, o’zi qo’shin bilan Marvga otlanadi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasiga Alisher Navoiy vakil bo’lib kelsagina sulh tuzishi mumkinligini aytadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar hajga otlangan shoirga Mashhad shahrida yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, tezda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulug’lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchligi uchun hajga borishdan kechishini so’raydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-o’g’ilni yarashtirib, Hirotga qaytadi.
Mirxondning ,,Ravzat us-safo” asarida yozilishicha: ,,Sulton Husayn Mirzo Alisherga ,,Siz mamlakatda qolishga rozi bo’lsangiz, nimani iltimos qilsangiz, hammasini bajaraman”,— degan cdi. Alisher Hirotdagi mashhur so’fiy Abdulla Ansoriy xonaqohiga supuruvchi xizmatkor qilib tayinlashni iltimos qiladi. Alisher Navoiy umrining so’ngini Abdulla Ansoriy qabrini obod qilishga sarfladi. Ayni paytda, ijoddan qo’1 uzmadi. Boshlab qo’ygan ishlarini nihoyasiga yetkazdi. Yangi asarlarga qo’1 urdi. 1495—1496- yillarda ,,Nasoyim ul-muhabbat” (,,Muhabbat shabadalari”) asarini yozib tugatdi. Bu asar Chiqishda o’tgan mashhur shayxlar, so’fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi o’ziga xos tazkira edi. Bu tazkira, muallif qayd etganidek, Abdurahmon Jomiyning ,,Nafahot ul-uns” (,,Do’stlik tarovati”) nomli kitobining erkin tarjimasi edi. Alisher Navoiy uni yangi ma’lumotlar bilan boyitdi, birinchi navbatda, turkiy mutasavviflarga keng o’rin ajratdi. 750 shayx haqida ma’lumot beruvchi bu asarda tasavvuf tariqatlari, qonun-qoidalari, so’fiylarga xos xususiyatlar, ular hayotiga, kasb-koriga oid lavhalar o’rin olgan bo’lib, tasavvufni o’rganishda ahamiyati kattadir.
1498-yilda Alisher Navoiy ,,Majolis un-nafois”ni qayta ko’zdan kechirib, to’ldirdi. Shoirlar adadini 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbidan chuqur joy olgan ,,Mantiq ut-tayr” dostoniga javob yozadi. ,,Lison ut—tayr” Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. U, avvalo, shoirning dunyo va borliq haqidagi qarashlarini yakunlaydi. Uningcha, bu dunyo haqning tajallisi — Allohning jilolanishi, dunyodagi barcha mavjudot Allohning tazohiri, ya’ni o’zini namoyon etishidan iborat. Shu jumladan, eng ulug’ martaba berilgan inson ham shundaydir. Faqat u o’zining bu holini anglashi kerak. Anglash uchun esa u uzun va mashaqqatli yo’lni bosib o’tmog’i lozim. Bu, majoz bilan aytganda, yetti vodiydir. So’nggi vodiy faqr-u fano vodiysidir. Unda yo’lchi yo’qlikka aylanadi, ya’ni Allohga qo’shiladi. Chunki, insonning yaratilishidan murod ham Alloh vasliga erishmoq, unga qo’shilmoq, tinda ozini topmoq edi. Navoiy turkiy tilning oshig’i edi. Bu ishtiyoq va muhabbat unga o’z aqlini taniganidan to umrining so’nggi daqiqasigacha hamroh bo’ldi. Unga ishonch va yupanch, umid va tasalli bo’lib keldi. Turkiy tilni rivojlantirmoq va adabiyotini dunyo darajasiga ko’tarmoq mushkul ish edi. Lekin Navoiy o’z orzusiga erishdi: ,,Xitoydan Xurosongacha” bo’lgan ellar va tillar ,,yakqalam” bo’ldi. Adabiy til va badiiy adabiyot qaror topdi. Bu ,,Lison ut-tayr”dan kelib chiqadigan yana bir muhim xulosa edi. Chunki turkiy tilda murakkab majozlarga, sirli ishoralarga to’la falsafly asar bitish mumkinligi isbotlangandi.
Buyuk shoir 1498—1499-yillarda xatlarini to’plab, ,,Munshaot” (,,Xatlar”) kitobini tuzdi. Unga sakson sakkizta xat jamlangan bo’lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo’llangan, janriga ko’ra xilma-xil bo’lgan maktublari edi. Bular, shubhasiz, turkiy insho, ya’ni epistolar janr taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir.
Navoiyning ijodiy rejalari ko’p edi. U Sulton Husaynning tarixini bitmoqchi edi (bu niyatini ,,Tarixi muluki Ajam” asarining xotimasida aytgan). ,,Tarixi anbiyo va hukamo”da buyuk shoirYusuf va Zulayho haqida turkiy tilda bir asar yozajagini ma’lum qiladi. U ,,Lison ut-tayr”da Shayx San’on muhabbatini hikoya qilar ekan, o’z muhabbatini ham bir doston etajagini aytgan edi. Biroq, shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan ,,Mahbub ul-qulub” (,,Ko’ngillarning sevgani”) kitobi uning so’nggi asari bo’lib qoldi. Bu kitob dunyoning achchiq-chuchugini totgan, undan goho ,,komronlig” (baxtiyorlik) ko’rgan, goho ,,notavonlig’” (baxtsizlik) topgan buyuk shoir va mutafakkirning oltmish yillik hayotiga yakun bo’ldi.
1500- yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytar edi. An’anaga ko’ra, saroyning barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga yo’lga chiqadilar. Ular orasida Navoiy ham bor edi. Sog’lig’i juda yomonlashganiga qaramay, shoir safardan qaytgan sulton huzuriga yetib keldi va hamrohlari yordamida uning ko’ksiga bosh qo’yib, hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim tunda uni uyga olib keladilar. Ertasiga mashhur tabiblar maslahatga to’planib, qon olmoqqa qaror beradilar. Ammo buning foydasi bo’lmaydi. Uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq: shohdan gadogacha, olimdan
cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.
Alisher yetti-sakkiz yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan edi. She’riyat umr bo’yi unga hamroh bo’ldi. U 15 yoshida ,,zamonasining malik ul-kalomi” deb nom olgan Lutfiyni lol qoldirdi. 24—25 yoshlarda muxlislar uning she’rlarini to’plab, devon tuzdilar. Bu devon Navoiy she’rlarining dastlabki to’plamidir. Navoiyning o’zi tuzgan birinchi devon ,,Badoye’ ul-bidoya” deb nomlanadi. ,,Badoye’ ul-bidoya”— badiiylikning boshlanishi demakdir. Shoir bu devonini do’sti, podshoh Husayn Boyqaroning topshirig’iga ko’ra tuzgan edi. Devon Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin, ya’ni 1469- yildan so’ng tuzilgan. Shoirning ikkinchi devoni ,,Navodir un-nihoya” (,,Nihoyasiz nodirlikiar”) deb ataladi. Va u mutaxassislar fikricha, 1480—1487- yillarda tuzilgan bo’lib, birinchi devondan keyin yozilgan turkcha she’rlardan iborat.
Alisher Navoiy 1492—1498- yillarda yana Husayn Boyqaroning taklif va da’vati bilan o’zining barcha she’rlarini, shu jumladan, oldingi, o’zi tuzgan ikki devoniga kirgan she’rlarini ,,Xazoyin ul-maoniy” (,,Ma’nolar xazinasi”) nomi ostida bir yerga yig’ib, ular asosida to’rt devon tartib qiladi. Bu to’rt devonning har biriga inson umrining fasilariga moslab nom beradi. Shoir 7—8 yoshidan 20 yoshigacha bo’lgan davrini umrining ko’klami hisobladi va shu davr devonini ,,G’aroyib us-sig’ar” (,,Bolalik g’aroyibotlari”) deb atadi. 20 yoshidan 35 yoshigachasini umrining yozi deb belgiladi va ,,Navodir ush-shabob” (,,Yigitlik nodirlikiari”) deb atadi. 35—45 yoshini umrining kuziga qiyos etdi va ,,Badoye’ ul-vasat” (,,O’rta yosh badialari”) deb nomladi. 45—60 yoshini umrining qishiga o’xshatib, ,,Favoyid ul-kibar” (,,Keksalik foydalari”) deb nomladi. Har bir devoniga 650 tadan g’azal kiritadi, shunga muvofiq boshqa she’riy janrlarga ham joy ajratadi.
,,Xazoyin ul-maoniy” Navoiy she’riy merosining kulliyoti (to’plami)dir. Unda 45 ming misraga yaqin 3200 dan ortiq she’r bor. Bu she’rlar o’sha davrda keng tarqalgan o’n olti lirik janrga mansub. Tabiiyki, ,,Xazoyin ul-maoniy” 1498-yilda yakunlangani uchun shoirning so’nggi 2—3 yillik she’rlari kirgan emas. Holbuki, hazrat Navoiy biror kun bo’lsin ijoddan to’xtagan emas. Shu jihatdan, ,,Xazoyin ul-maoniy” ulug’ shoirning barcha o’ zbekcha she’rlarini qamrab oladi, deb aytib bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, Chiqishda ,,Chor devon” nomi bilan shuhrat topgan mazkur to’plamni Navoiyning ona tili—turkiydagi she’riy merosining kulliyoti deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.
Navoiy forscha she’rlarini ham yig’ib, ,,Devoni Foniy” nomli to’plam tuzdi. Unda g’azal, musaddas, tarkibband, ruboiy, qit’a, tarix, muammo, qasida, lug’z kabi janrlardan tashkil topgan 1131 she’r bor edi. Devondagi she’riy merosning umumiy miqdori 12 ming misradan ortiq edi. Shu tariqa, buyuk shoirning she’riy merosi hayotlik chog’ida sakkiz devonda jam bo’lgan, shulardan birini muxlislari tuzgan edilar. Bunday ulkan she’riy meros mumtoz adabiyotimiz tarixida ko’rilgan emas edi.
Alisher Navoiyni mashhur olim va adib Maqsud Shayxzoda ,,G’azal mulkining sultoni” deb atagan edi. Haqiqatan ham, u turkiy g’azalchilikning eng buyuk vakilidir. Faqat turk emas, umuman, Chiqish g’azaliyotida u mumtoz o’rinlardan birini egallaydi. Chunki g’azal uning qalamida yangi bosqichga ko’tarildi. Aslida g’azalning Navoiygacha ham maqomi juda baland edi. Fuzuliy shoirlar haqida to’xtalganida, arab adabiyotidan Abu Nuvosni, forsiy she’riyatdan Nizomiyni, turkiydan Navoiyni tilga oladi. Jumladan, Navoiy haqida fikr yuritib, uni ,,Navoiyi suxandon”, ,,Manzuri shahanshohi Xuroson” deb ta’rif etadi. Buyuk Navoiy Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g’azallari bilan ham, dostonlari bilan ham manzur bo’lgan edi.
G’azalga xos muhim xususiyatiardan biri—undagi har baytning mustaqilligidir. Bu mustaqillik gohida shu darajaga boradiki, har bir bayt alohida asar darajasiga ko’tariladi. Bu— bir tomondan yaxshi. Lekin, ikkinchi tomondan, she’rning yaxlithigiga putur yetadi. Muayyan fikr yoxud nozik ma’noni g’azalning boshidan oxirigacha rivojlantinshga xalaqit beradi. Shu sababli, g’azaliyotda baytlarni bir-biniga bog’lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o’stirish tamoyili ham bo’lgan. Buni tadrij deganlar. Mumtoz adabiyotda bu yo’ldagi g’azallar kam edi. Alisher Navoiy g’azaldagi bu usulga alohida e’tibor berdi va tadrijdan foydalanib o’nlab go’zal she’rlan yaratdi. Bu xildagi g’azallarning eng mashhurlaridan biri ,,Yordin ayru ko’ngul...” she’ridir. Shoir butun bir she’rda yoridan ayrilgan ko’ngilning ahvoli va manzarasini sekin-asta kuchayib boruvchi tashbihlar yordamida chizib beradi:
Dostları ilə paylaş: |