Yordin ayru ko’ngul mulkedurur sultoni yo’q,
Mulkkim sultoni yo’q, jismedururkim, joni yo’q.
Matla’da yorsiz ko’ngil—sultonsiz mamlakatga, sultonsiz mamlakat—jonsiz jismga mengzaladi. Bu hol ohorli fikrdan tashqari, o’ziga xos kayflyat ham hosil qiladi. Lekin na flkrda va na hissiyotda to’la tugallikka erishilgan. Buning uchun keyingi baytga ehtiyoj seziladi. Keyingi baytda oldingi fikr va tuyg’u yanada kuchaytiriladi:
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul,
Bir qaro tufrog’dekdurkim, gulu rayhoni yoq.
Bu baytda ko’ngil va ruh kengliklaridan vujud hamda yerdagi unsurlarni aks ettirishga tutinilgan. Jonsiz jism— gul-u rayhonsiz, ya’ni hosilsiz tuproq. Keyingi satrlarda oldingi baytdagi o’xshalmish o’xshatilmishga aylanadi:
Bir qaro tufrog’kim, yo’qtur gul-u rayhon anga,
Ul qarong’u kechadekdurkim, mahi toboni yo’q.
Lirik qahramon gul-u rayhonsiz tuproqni oysiz qorong’i kechaga o’xshatadi. Bunday holat yetti baytlik g’azalda to’liq davom etadi. Tasvir shunchaki davom ettirilmaydi, balki baytdan baytga ifoda muayyanlashib, tasvir kuchayib boradi. Shuning uchun ham maqta’da qahramonning nadomati avjiga chiqadi, hijron ohanglari cho’qqiga ko’tariladi:
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bor,
Hajridin dardi va lekin vasidin darmoni yo’q.
G’azal xotimasida tazod san’atidan ham foydalaniladi. Unda bor bilan yo’q bir-biriga qarshi qo’yiladi. Lekin qahramondagi ,,bor” narsalarning ,,yo’q” bo’lgani avloroq edi. Chunki unda uqubat — ,,bor”, hajr —,,bor”, dard —,,bor”, ,,yo’q” narsa esabirgina — visol!
G’azalning har bir baytida yorsiz ko’ngilning bir qiyosi berilgan va bu qiyos, o’z navbatida, yorsiz ko’ngilning g’ayri insoniy, g’ayritabiiy mohiyatini ochishga yordam beradi. She’r Navoiy ijodi uchun bosh masala bo’lgan insonlikning mohiyati unda ishqning borligidir degan xulosaga olib keladi. Shoir boshqa bir o’rinda: Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun, Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun,deb ochiq yozgan edi. Ishq degani oshiq va ma’shuqa deganidir. Oshiq bor joyda yor—ma’shuqa ham bor. Ma’shuqani oshiqsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. She’r mana shu mantiq asosiga qurilgan. Ikkinchidan, yorni faqat bir ma’noda tushunmaslik kerak. Bu yerdagi yorni lirik qahramon bir ko’rib, sevib qolgan qiz deb qabul qilish juda ham to’g’ri deb bo’lmaydi. To’g’ri, g’azalda bunday ma’no ham yo’q emas. Lekin shoir ko’zda tutgan ma’no bundan ancha keng. Shu yerda shoirning ishq haqidagi qarashlarini keltirish o’rinlidir. U ,,Mahbub ul-qulub”da ishqni avom ishqi, xos ishq, siddiq ishqi tarzida uchga bo’ladi. Avom ishqi, shoir fikricha, yigit bilan qizning bir-biriga bo’lgan, nari borsa, shar’iy nikoh bilan yakunlanadigan tabiiy intilishidir. Xos ishq undan farq qiladi. Navoiy uni shunday izohlaydi: ,,...xos ishqqa mansub shaxslar pok ko’zni pok niyat bilan pok yuzga soladilar va pok ko’ngil u pok yuzning shavq-zavqi bilan beqaror bo’ladi. Va bu pok yuz vositasi bilan pok oshiq haqiqiy mahbubning jamolidan bahra oladi “. Bu toifadagi oshiqlar uchun visol emas, ishqning o’zi—maqsad. Yorning qiyofasida Alloh jamolini ko’radigan shoir-u valiylar ishqi xos ishqdir. Siddiqlar ishqi valiylar, ya’ni avliyolardan yuqori, ammo nabiylar, ya’ni payg’ambarlardan pastroq martabadagi yetuk shaxslarning yaratganga bo’ lgan beg’araz muhabbatlarini ifodalaydi. Ishqning uchinchi turi oliy —Alloh jamoliga eltuvchi bosqichdir. Tasavvufda majoz va haqiqat degan tushuncha bor. Unga ko’ra, dunyo go’zalliklari ilohiy go’zallikning belgilariginadir. Zotan, dunyoning o’zi Allohning tajallisidir. Shu Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub (Nasriy).—T.: G’. G’ulom nomidagi nashriyot, 1983, 52- bet. jihatdan, nihoyatda mukammal yaralgan inson o’zida haqni mujassam etadi. Demak, unda ilohiylik bor. Xos ishq dunyoga mana shu nuqtayi nazardan qarashdir. Go’zal ma’shuqaning ta’rifini bermoq, aslida Aliohni vasf etmoqdir. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ,,yorsiz ko’ngil” deyilganda, ishqqa begona ma’nosidan tashqari, haqqa intilmagan, muqaddas narsasi yo’q, e’tiqodsiz odam degan ma’no ham yashiringan.
Alisher Navoiy g’azaliyotining asosiy mazmun-mohiyatini ishq tashkil qiladi. Hamma fikrlar mana shu ,,ishq” tushunchasi atrofida aylanadi. Uningcha, dunyoga kelmoqdan murod komil inson bo’lmoqdir. Komillikning birinchi belgisi esa, oshiqlikdir. Bu fikr xilma-xil hayotiy timsollar orqali ifoda qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |