Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə26/56
tarix20.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#145657
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
1-kurs AF Adabiyot kons 2022

O’tg’a solg’il sarvni ul qaddi mavzun bo’lmasa,
Yelga bergil gulni, ul ruxsori gulgun bo’lmasa.
San’ daraxtining qimmati uning ,,qaddi mavzun”, ya’ni tikligida. Qaddi ,,mavzun” (kelishgan, tippa-tik) bo’lmasa, uning sarvligi bir pul. Uni o’tga yoqish kerak, o’tinlikdan boshqaga yaramaydi. Gul — qip-qizil bo’lib yashnab turganligi, ya’ni gulgunligi bilan gul. U qizil bo’lmasa, uni shamolga sovurish kerak. Kelib chiqadigan xulosa: inson insondek yashashi kerak. Agar odamdek yashay olmasa, uning insonligi bekor. Bu qarash Navoiyning butun she’riyati, ijodi uchun xos bo’lgan xususiyat. Mazkur g’azalda ham lirik qahramon xos ishq vodiysida sargardon kezadi. U o’zini adoqsiz g’amlar qo’yniga tashlaydi va hijrondan zorlanmaslikka intiladi. Oshiqning muhabbati shunchalar olovli, hijron tufayli chekadigan ohlari shunchalar kuchliki, u tap tortmay, ohning quyunlari bilan g’am tog’ini tekislikka aylantirishni niyat qila oladi:
Sarsari ohim esar g’am shomi hijron tog’ig’a,
Yaxshidur tong otqucha bu tog’ homun bo’lmasa.
Oshiq o’zini muhabbatdan, demakkim, danddan ayri ko’rolmaydi. Shu bois ham faqat tentakligimning dardi ko’p bo’lgandagina yor ishqidan dardim ko’p bo’lmasligi mumkin, deydi:
Telbalikdin,vahki, har g’am dardim afzundur, agar
Ul pari ishqida har dam dardim afzun bo’lmasa.
Shoirning mahorati, o’ziga xos tasvir uslubi shundaki, u oldin oqibatni tasvirlaydi, so’ng ikkinchi misrada sababni ko’rsatadi. Aslida, tasvir aynan aksincha bo’lishi lozim edi. Oshiq ishq yo’lida hamma narsa — hatto o’limga ham shayligini bildiradi. Uning uchun ma’shuqa istagini bajanish, uni mamnun qilish jonini asrashdan ko’ra muhimroq. Uning jonini tongda qurbon qilishi ma’shuqani qoniqtirmasa, hoziroq berishga tayyor:
Gar ko’ngul qati istabon sen va’da qilding, tong-la deb,
Ushbu dam o’ltur, bu ehson birla mamnun bo’lmasa.
Ehtimol, oshiqning bu holati qizga g’alati ko’rinar va uni telba deb bilar. Xo’sh nima qilibdi? Telba bo’lmagan odam pariga ko’ngil qo’yarmidi:
Ey Navoiy, tonma gar der ul pari majnun seni,
Oshiq o’lg’aymu parig’a ulki majnun bo’lmasa.
Alisher Navoiyning ishqiy g’azallarida ma’shuqadan mehr, ayash talab etilmaydi, uning oldiga masala qo’yilmaydi. Ayni shu o’rinda Navoiy she’riyatining so’fiyona mohiyati ayon bo’ladi deyish mumkin. Chunki ma’shuqa—bir bahona. Aslida, ko’proq Yaratganga muhabbat, uning sinovlarga tayyorlik, u tayin etgan qismatga sabr, bergan rizqqa qanoat singari holatlar she’riy satrlarga aylantirilgan bo’ladi. Shoirning ,,Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening” satrlari bilan boshlanadigan g’azalida ham ayni shu kayfiyat tasvirlanganligini ko’rish mumkin. E’tibor qilinsa, ,,jafo” so’zi ,,vafo”dan oldin kelganligini ko’rish mumkin. Bu—shunchaki tasodif emas. O’zini hech bir jihatdan cheklamaydigan ma’shuqaning tabiatiga, jilovsiz istaklariga muvofiq keladigan holatni ifodalovchi so’z topib ishlatilgan. Ikkinchi qatorda ,,o’ltur”moq bilan ,,tirguz”moq sanalganda ham shu ketma-ketlikka rioya qilinadi. Oshiq — barcha ixtiyor ma’shuqada ekaniga ko’nikkan. Yor — ketishda ham, oshiq qoshiga kelishida ham tamomila erkin. Hijron azoblariga, adadsiz sinovlarga ko’nikkan yigit faqat ma’shuqa uning oh-u afg’onlari ko’pligini aybsitishidan cho’chiydi:
Jilva aylab har zamon, afg’on-u ohim qilma ayb,
Ham sen-o’q chun boisi oh-u fig’onim sen mening.
Oshiq afg’onlari va ohlarining sababchisi ma’shuqaning o’zi (,,seno’q”) ekanini aytishga jur’at qiladi. Lekin u sababkorni topmoqchi, o’zini oqlamoqchi emas, balki yorga iltijo qilmoqda, xolos. Ishq otashi tufayli qahramonning joni arang turibdi. Shu bois ma’shuqa unga bir-ikki so’z aytib, marhamat qilsa bo’lardi. Negaki, yigit bir necha damlik mehmon. Ayni so’zlarni, sen menga bir-ikki damlik mehmon, deb ham tushunish mumkin. Shuncha jafolarga qaramay, g’azal oshiqning kutilmagan e’tirofi bilan tugaydi:
O’ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertaki nozuk mizoji badgumonim sen mening.
Ma’shuqa yetkazgan sitamlarning chegarasi yo’q. Ishq yo’lida shuncha jabr ko’rib, sabr qilgan oshiq evaziga ,,bevafo” degan nom oladi. Lekin U: ,,O’ldi mehringdin Navoiy”,— deyishga o’zida kuch topa oladi. Haqiqiy muhabbat odamni manmanlikdan, kibr-u havodan, nafsdan tozalashi g’azalda shu yo’sin aks ettiriladi. Hazrati Navoiyning ishqiy g’azallari kutilmaganda ijtimoiy ma’no kasb etishi, unda tasvir maromi, belgilangan estetik mo’ljal tezgina o’zgarib ketishi ham o’ziga xos mahorat belgisidir. Chunonchi, shoirning:
Men jahondin kechdimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilik jondin yudum, chekmas ilik qonimdin el
matla’si bilan boshlanadigan g’azalida shu holni kuzatish mumkin. Bu asarda ko’pchilikning ruhiyatini g’oyat puxta bilgan, uning adoqsiz tashvishlarini deb ozurdajon bo’lgan shaxsning kayfiyati katta mahorat bilan bo’rttirib ko’rsatilgan. Matla’ning o’zi ruhiy dramatizm ifodasi, mazmun teranligi, badiiy garmoniyaning qudrati jihatidan tugallangan bir asarday taassurot qoldiradi. Ehtimol, elning nazarida komil shaxs bo’lib tuyulgan shoir o’ziga talabchanlik bilan qarab, tabiatidagi sifatlarni tanqidiy nuqtayi nazar bilan taftish qilish oqibatida ushbu g’azal bitilgandir. Chindan-da jon ham, jahon ham lirik qahramonga doir. Lekin ularga el, ya’ni shoirni tushunmaydigan begonalar da’vogar. Shu bois garchi qahramon jahondan kechib qo’ygan bo’lsa-da, o’zgalar uning jonidan kechmaydi. Jamiyatda yashayotgan odam undan ozod bo’la olmasligi matla’da g’oyat go’zal ifodasini topgan. Lirik qahramon jonidan qo’lini yuvib qo’ltiqqa urgan bo’lsa-da, uning joniga hech bir aloqasi yo’qlar shoirning qonidan kechmaydi. Hayotning g’alati adolati, odamning jamiyat oldidagi burchi g’azalda lirik yo’ sinda go’zal suratlantirgan.
Shoir o’zining nuqsonli, kamchilikiari ko’p ,,To’sh-to’shidin rasvolig’ o’ti lov-lov yona”digan odamligini biladi. Shu bois ham uning yonidan o’tgan el ,,yo’ldin chiqarlar”. Qahramonni tubanlik, abgorlik shunchalar chulg’aganki, uning oidiga hol so’rashga kirib chiqqanlar undan yog’ilayotgan pastlik g’uboridan bir-birlarini tanimay qoladilar. Shoir xotirjamlik, orom istaydi. Uning tashvishlari, dardlari o’ziga yetarli. Uning ko’nglidagi pinhona qonli dog’lar jinnilikka qarshi bitilgan tumor yanglig’ o’ram-o’ram bo’lib taxlanib yotibdi, lekin dasturxon qilinmagani uchun ham el undan xabarsiz:
Menda tumori junundek pech , vahkim, bexabar,
Har taraf ko’nglumda qon1ig dog’i pinhonimdin el.
G’azalning maqta’sida shoir o’zini bir qadar oqlaganday, mavjud holatga qo’1 siltaganday bo’ladi. Zero, el shoirning muhabbat devonidan u oshiq bo’lgan parivashning ta’rifini o’qigan sayin yigit telbaligi sababini anglab, uni aybsitmasalar kerak:
Ey Navoiy, qilmag’aylar ayb agar devonamen,
Ul pari vasfin o’qugon soyin devonimdin el.
E’tibor qilinsa, eldan shikoyat qilib boshlangan g’azal an’anaviy yo’sinda yor go’zalligining beqiyos ekanligini tasvirlash bilan yakun topgan. Belgilangan shakliy qoliplar doirasida bu xildagi kutilmagan mazmuniy kashfiyotlar qilish uchun chinakam she’riy iste’dod lozim bo’ladiki, hazrati Navoiyda u yetarlicha edi. Shoir g’azaliyotining ko’lami va yo’nalishi haqida to’liq tasavvur hosil qilishda hazrati Alisher Navoiyning ,,Ko’rgali husnungni zor-u mubtalo bo’ldum sango” satri bilan boshlanadigan she’ri alohida ahamiyat kasb etadi.
Ko’rgali husnungni zor-u mubtalo bo’ldum sango,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sango.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin