Mavzu: So’z turkumlari.Fe’l. Fe’l negizi. Fe’llarning buyruq mayli
Ta`lim texnologiyasining modeli
O`quv soati : 80 daqiqa
Talabalar soni: 12 ta
O`quv mashg`uloti shakli
Amaliy
Dars rejasi
1. Fe`l.Fe`llarning tuslanishi
2. Fe`l negizi
3. Buyruq mayli
Amaliy mashgulotning o`quv-tarbiyaviy maqsadi:
Fe`l, fe`llarning negizi va buyruq mayli bo`yicha ma`lumotlar berish; fe`llarning leksik birligi bilan tanishtirish; dars jarayonida bu mavzular bo`yicha talabalarning ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
talabalarni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash; talabalarning lotin tili faniga “mutaxassislik tili” sifatida dunyoqarashini shakllantirish.
Pedagogik vazifalar:
- Lotin tilidagi harf birikmalari va digraflarning o`qilishi va yozilishi; so`zlarning bo`g`inlarga bo`linishi; bo`-g`inlarning cho`ziqlik va qisqalik; urg`u qoidalari bo`yicha talabalar tomonidan o`zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish;
- mashqlar yordamida mavzular bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
O`quv faoliyatinig natijalari:
- Lotin tilidagi harf birikmalari va digraflarning o`qilishi va yozilishi; so`zlarning o`g`inlarga bo`linishi; bo`g`inlarning cho`ziqlik va qisqalik; urg`u qoidalarini o`zlashtirganlik
darajasini ko`rsatadi;
- fe`l, fe`llarning tuslanishini biladi; negizini aniqlaydi va buyruq mayli-ni hosil qiladi;
- fe`llarning leksik birligini biladi;
- fe`llarning tuslanishga bo`ladi, buyruq maylining birlik va ko`plik sonlarini hosil qiladi.
Ta`lim usullari
Tushuntirish asosida mustaqil o`qish, muammoli savollar, mashqlar
Savol-javob, talabalarning faoliyatini tahlil qilish
Texnologik xarita
Dars bosqichi
Vaqti
O`qituvchi faoliyati
Talaba faoliyati
1-bosqich
Mavzuga kirish
Tashkiliy qism
7 min.
1.1.Mavzu nomi bilan tanishtiradi.
Darsning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi.
Mashg`ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2.Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni; adabiyotlar ro`yxatini aytadi.
1.1.Tinglaydi.
Diqqatini darsni maqsadi va vazifalarini tinglashga qaratadi; ularning muhokomasida ishtirok etadi.
1.2.Aniqlashtiradilar, savollar beradilar.
2-bosqich
Asosiy
1. O`zlashti-rilgan bilimlarni nazorat qilish
2.Yangi mavzuni o`zlashtirish
3.O`zlashti-rilgan bilimlarni nazorat qilish
4.Leksik birlik bilan tanishtirish
5.Ko`nikma-larni shakllan-tirish uchun mashqlar bajarish
3 min.
5 min.
15 min.
10 min.
5 min.
5 min.
25 min.
2.1. Yozma ravishda bajarish uchun berilgan (13-bet 3-mashq) uy vazifasining bajarilishini tekshiradi.
2.2. O`qish uchun berilgan 13- betdagi 2- mashqning o`qilishini nazorat qiladi.
2.3. Fonetika bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlarni nazorat qiladi.O`zlashtirilgan bilimlar quyidagi savollar yordamida so`raydi:
a) Lotin tilidagi so‘zlar bo‘g‘inlarga qanday bo‘linadi?
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: extractum
b) Bo‘g‘inlarning cho‘ziqlik qoidasini ayting.
Doskaga yozingva urg`u qo`ying: pilula
c) Bo‘g‘inlarning qisqalik qoidasini ayting.
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: medicamentum
d) Lotin tilida urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yiladi?
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: curatio.
e) qu va nqu harf birikmalari qanday o‘qiladi?
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: tinctura.
f) ti, su va sch harf birikmalari qanday o‘qiladi?
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: tabuletta.
g) Digraf deb nimaga aytiladi va qanday digraflarni bilasiz?
Doskaga yozing va urg`u qo`ying: aqua.
2.4. Jadval yordamida fe`l, fe`llarning negizi va buyruq mayli bo`yicha ma`lumotlar beradi.
2.5. O`zlashtirilgan bilimlarni quyidagi savollar yordamida nazorat qiladi:
a) Lotin tilida fe’llar nechta turda tuslanadi?
b) I tuslanishdagi fe’llar qanday qo‘shimchaga ega?
c) II tuslanishdagi fe’llar qanday qo‘shimchaga ega?
d) III va IV tuslanishdagi fe’llarning qo‘shimchalarini ayting.
e) Fe’lning negizini qanday aniqlash mumkin?
f) I, II va IV tuslanishdagi fe’llarning buyruq mayli qanday hosil qilinadi?
g) III tuslanishdagi fe’llarning buyruq mayli qanday hosil qilinadi?
2.6.Darslikning 14-§ da berilgan so`zlar bilan tanishtiradi.
2.7.Darslikning 14-15-betlari-dagi 13,14,15-mashqlarning yozma bajarilishini nazorat qiladi.
2.1. Bajargan uy vazifasini ko`rsatadi, savollarga javob beradi.
2.2.Tinglaydi, o`qish texnikasini egallagan-ligini ko`rsatadi.
2.3. Savollarga javob berishda ishtirok etadi va o`zlashtirganlik daraja-sini ko`rsatadi. Diqqatini doskaga qaratadi, doska-ga yozilgan so`zlarni daftariga yozib boradi, navbatma-navbat javob beradi, o`rtog`ining xatosini (bo`lsa agar) tuzatishda ishtirok etadi.
2.4.Tinglaydi , daftariga yozib boradi va mustaqil ravishda fe`l, fe`llarning negizi va buyruq mayli bilan tanishadi.
2.5. Savollarga javob berishda ishtirok etadi va o`zlashtirganlik darajasini ko`rsatadi.
2.6.Tinglaydi. Navbatma- navbat 3 tadan so`z o`qiydi.
2.7..Mashq bajarishda ishtirok etadi, grammatik qoidalarni egallaganligini ko`rsatadi, mashq bajarish jarayonida o`rtoqlari tomonidan yol qo`yilgan xatolarni to`g`rilaydi .
3-bosqich Yakuniy
5 min.
3.1.Darsning rejalashtirilgan maqsadlariga erishilganlik darajasini va talabalar faoliyatini tahlil qiladi va baholaydi.
4. I turlanishdagi otlarning kelishik qo`shimchalari
Amaliy mashgulotning o`quv-tarbiyaviy maqsadi:
Otso’z turkumi , otlarning rodi, kelishigi, turlanishi, lug`at shakli; iturlanishdagi otlar va ularning kelishik qo`shimchalari bo`yicha ma`lumotlar berish; dars jarayonida bu mavzular bo`yicha talabalarning ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
talabalarni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash; talabalarning lotin tili faniga “mutaxassislik tili” sifatida dunyoqarashini shakllantirish.
Pedagogik vazifalar:
- Lotin tilidagi harf birikmalari va digraphlarning o`qilishi va yozilishi;
so`zlarning bo`g`inlarga bo`linishi;
bo`g`inlarning cho`ziqlik va qisqalik; urg`u qoidalari bo`yicha talabalar tomonidan o`zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish;
- Ot.Otlarning rodi, kelishigi, turlanishi,
lug`at shakli bo`yicha ma`lumotlar
berish;
- I turlanishdagi otlar, I turlanishdagi otlarning kelishik qo`shimchalari bilan
tanishtirish;
- mashqlar yordamida mavzular bo`yicha
ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
O`quv faoliyatinig natijalari:
- Lotin tilidagi harf birikmalari va digraf-larning o`qilishi va yozilishi; so`zlarning bo`g`inlarga bo`linishi; bo`g`inlarning cho`ziqlik va qisqalik; urg`u qoidalarini o`zlashtirganlik darajasini ko`rsatadi.
- Ot.Otlarning rodini, kelishigini, turlani-shini va lug`at shaklini biladi;
- I turlanishdagi otlar, I turlanishdagi ot-larning kelishik qo`shimchalarini biladi;
- otlarning rodi, kelishigi va turlanishi boyicha ajrata oladi, jadvaldan foydala-nib I turlanishdagi otlarning bosh va qaratqich kelishik, birlik va ko`plik son shakllarini hosil qila oladi.
Ta`lim usullari
Tushuntirish asosida mustaqil o`qish, muammoli savollar, mashqlar
Ta`lim vositalari
O`quv qo`llanma, jadvallar,doska
Ta`lim shakllari
Guruhli, juft,yakka
Ta`lim berishning shart-sharoiti
Kichik guruhlar uchun mo`ljallangan auditoriya
Monitoring va baholash
Savol-javob, talabalarning faoliyatini tahlil qilish
Texnologik xarita
Dars bosqichi
Vaqt
O`qituvchi faoliyati
Talaba faoliyati
1-bosqich
Mavzuga kirish
Tashkiliy qism
5 min.
1.1.Mavzu nomi bilan tanishtiradi.
Darsning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi.
Mashg`ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2.Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni; adabiyotlar ro`yxatini aytadi.
1.1.Tinglaydi.
Diqqatini darsni maqsadi va vazifalarini tinglashga qaratadi; ularning muhokomasida ishtirok etadi.
2.2Tinglaydi, o`rtog`ining xatosini (bo`lsa agar) tuzatishda ishtirok etadi.
Diqqatini doskaga qaratadi, navbatma-navbat javob beradi.
2.3. Savollarga javob berishda ishtirok etadi va o`zlashtirganlik darajasini ko`rsatadi. Diqqatini doskaga qaratadi, doskaga yozilgan so`zlarni daftariga yozib boradi, navbatma-navbat javob beradi, o`rtog`ining xatosini (bo`lsa agar) tuzatishda ishtirok etadi.
2.4.Tinglaydi, mustaqil ravishda I turlanishdagi otlar va I turlanishdagi otlarning kelishiklar bo`yicha turlanishi mavzusi bilan tanishadi.
2.5.Tinglaydi.
Navbatma- navbat 3-tadan so`z o`qiydi.
2.6.Mashq bajarishda ishtirok etadi, grammatik qoidalarni egallaganligini ko`rsatadi.
3-bosqich Yakuniy
5 min.
3.1.Darsning rejalashtirilgan maqsadlariga erishilganlik darajasini va talabalar faoliyatini tahlil qiladi va baholaydi.
3.2.Uyga vazifa beradi:
Uy vazifasi o`quv qo`llanmaning 24-25-betlarida berilgan.