To’lov balansini tuzish tamoyillari


Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansini tartibga solishdagi chora-tadbirlar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə10/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

2.2. Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansini tartibga solishdagi chora-tadbirlar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning to’lov balansi, mamlakatning xalqaro to’lov munosabatlaridagi turli operatsiyalarini umumlashtirib, ularni ma’lum bo’lim va moddalarga bo’lib aks ettirishga asoslangan, XVF andoza chizmasi bo’yicha tuziladi.
«Joriy operatsiyalar balansi» bo’limida tahlil davridagi eksport va importning o’zgarishi haqida tasavvur hosil qiladigan «savdo balansi» moddasi muhim o’rin egallaydi.
Lekin, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarida eksport va import haqida keltirilayotgan ma’lumotlar birlamchi statistik ma’lumotlar noaniqligi tufayli ma’lum darajada noto’g’ri bo’ladi.
Misol uchun, hamma qonuniy tashqi savdo operatsiyalarida tovarlar eksporti yoki importi paytida bojxonada, yetarli darajadagi aniqlik bilan qayd qilinadi. Keyin bojxona statistikasini to’lov balansi talablariga muvofiqlashtirish uchun, mamlakat valyuta organlari kerakli o’zgartirishlar kiritadilar. Xususan, Sof importni Fob importga qayta hisoblaydilar. Ya’ni, tovar sotib olishga bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri harakatdan fraxt va sug’urta uchun bo’lgan xarajatni ajratadilar, bojlar olinib tashlangan narxlar bo’yicha importni hisobga oladilar, yordam doirasida olingan tovarlar qiymatlarini valyuta statistikasidan chegirib tashlaydilar va h.k.
Bundan tashqari, ko’p davlatlarda, tashqi savdoning salmoqli ulushi kontrabanda yo’llari bilan amalga oshiriladi va ular bojxona hamda valyuta statistikalarida qayd qilinmaydi. Umuman, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo operatsiyalarini manfiy savdoga olib keladi. Bu esa, ularning xalqaro to’lovlarining umumiy balanslashtirilmaganligining muhim sabablaridan biridir.
«Ko’rinmas» operatsiyalar shakli va iqtisodiy mazmuni jihatdan, turlicha bo’lgan moddalarni birlashtiradi. Shunday qilib, transport operatsiyalari o’z ichiga fraxtni, temir yo’l, havo va avtomobil transportidan foydalanilgan tashishlarni, shuningdek, quvurlar ekspluatatsiyasi bilan bog’liq tashishlarni oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi savdo yuklarining salmoqli hissasi kemalardan va G’arb mamlakatlarining chiziqli kompaniyalar tariflari bo’yicha tashiladi. Bu tariflar, ko’p hollarda diskriminatsion bo’ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga jahon dengiz savdosidagi 50 foiz yuklangan va 20 foiz tushirilgan yuklar to’g’ri keladi. Ular jahon savdo flotining 15 foizdan kamroq yuklariga egadirlar.
Yuk aylanmasining hajmi o’sib borgan sari, fraxt uchun to’lovlar, to’lov balanslariga og’ir yuk bo’lib tushadi va bu hozirgi vaqtda, fraxt daromadlaridan 3 barobarga ortiq bo’lib, «ko’rinmas» operatsiyalar bo’yicha umumiy to’lov summalarining 30 foizini tashkil qiladi.
Xatto, o’z flotiga ega davlatlarning (Misr, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va boshqalar) xorijiy tonnaj bo’yicha fraxt xarajatlari to’lov balansi taqchilligining 30-35 foiziga etadi. Bu xol, harbiy murosasizliklar va siyosiy ziddiyatlar davrida avj oladi.
Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda, xorijiy valyuta tushumining salmoqli manbai sayyohlik bo’lib, uning hissasiga jahon sayyohlik daromadining 1/5 qismi to’g’ri keladi. Bu modda bo’yicha katta daromadlar, alohida ekzotikaga ega davlatlar (Keniya, Hindiston, Misr, Saudiya Arabistoni, Filippin, Bermud orollari, Bagata orollari va boshqalar) uchun xos. Sayyoxlikning rivojlanishiga rivojlanayotgan mamlakatlarning geografik uzoqligi, ularning sayyohlik obyektlarining yetarli darajada tayyor emasligi, tez-tez yuz berib turadigan siyosiy va harbiy ziddiyatlar, teroristik hodisalar xalaqit beradi.
«Sug’urta» moddasini kuzdan kechirib, sug’urtasiz hech bir tashqi savdo bitimi amalga oshirilmasligini ko’rish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarning sug’urta bo’yicha to’lovlari yiliga 4 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Bu esa, ularning to’lov balanslari holatini yomonlashtiradi. Keltirilgan raqam taqribiydir, chunki xalqaro sug’urtalash va qayta sug’urtalash bo’yicha to’lovlar haqidagi umumlashgan rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.
Joriy operatsiyalarga shaxsiy va davlat «o’tkazmalar»i va «transfert» to’lovlari kiradi. «Shaxsiy o’tkazmalar» moddasi Turkiya, Pokiston, Braziliya, Janubiy Koreya, Filippin, Hindiston kabi ko’p sonli xorijda faoliyat yurituvchi ishchilar armiyasiga ega mamlakatlarda sezilarlidir.
Bu mamlakatlarning chet elda ishlayotgan ishchi va mutaxassislarining o’z vataniga o’tkazayotgan ish xaqlari, chet el valyutasi salmoqli darajada tushishini ta’minlaydi (yiliga 20 mlrd. AQSH dollariga yaqin). «Hukumat o’tkazmalari» moddasi ham, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim. Asosiy operatsiyalar, bu erda, chet eldagi diplomatik apparat subsidiyalar tarkibini tashkil qiladi, ya’ni to’lov balansining joriy operatsiyalarida aks etadigan beg’araz yordamlar. Bu zayomlar shaklidagi yordamlardan farq qiladi, chunki zayomlar to’lov balansining kapitallar harakati balansida aks etadi. Ko’rsatilan subsidiyalar, ma’lum darajada joriy balansning moddalari bo’yicha taqchillikni kamaytiradi. Tovarlar harakatini o’zida aks ettirgan beg’araz yordamlar rivojlanayotgan mamlakatlar importida aks etadi.
Ayrim ozodlikka chiqqan mamlakatlar uchun «xizmatlar» moddasi ma’lum mazmunga ega. Bunga, ular hududida chet el xususan, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy bazalari va qo’shinlarini saqlashdan keladigan daromadlar kiritiladi. Chet el qurolli kuchlari mavjudligi Kipr, Tayland, Turkiya, Bahrayn, Janubiy Koreya, Samali va boshqalarga xosdir. Ushbu mamlakatlarda bu modda bo’yicha tushumlar miqdori bir qancha mlrd. AQSH dollariga etadi. «Xizmatlar» moddasida ilmiy-texnikaviy ayirboshlash operatsiyalari ham aks etadi, ya’ni litsenziyalar va patentlardan foydalanish bo’yicha to’lov tushumlar (texnik yordam, texnik va boshqaruv tajribasini berish (nou-xau). Ko’pgina rivojlanayotgan davlatlarga ko’rsatilgan operatsiyalar bo’yicha manfiy qoldiq xos, chunki bu mamlakatlar ilmiy-texnika taraqqiyotidan (ITT) ortda ekanliklari sababli, chet eldan katta miqdorda litsenziya va patentlar sotib olishadi va bu sohada, deyarli hech narsa chetga sotmaydi. Bu modda ITT sharoiti muhimligi sababli, mamlakatning «texnologik balansi» deb nomlanadi.
«Ko’rinmas» operatsiyalarning muhim moddalaridan biri - bu «foydalarni chet el kapitaliga o’tkazish»dir. Jalb qilingan investitsiyalar va kreditlar bo’yicha (yiliga 150 mlrd. AQSH dollaridan ko’p) foiz va dividendlar to’lash (asosiy qarz bilan birga) rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari holatini og’irlashtirib qo’ymoqda. Lekin, Fors ko’rfazidagi neft qazib oluvchi mamlakatlar (Quvayt, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari), chet elda joylashtirilgan yirik kapitallari tufayli bu modda bo’yicha musbat qoldiqka egalar.
«Ko’rinmas» operatsiyalar balansi bo’yicha qoldiq, to’lov balansi yakuniy natijasi shakllanishida katta rol o’ynaydi. Bu operatsiyalar bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlar taqchilligi 1990 yillarda yiliga 40 mlrd. AQSH dollaridan oshardi.
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning kapital harakati balansi moddalari, tarkibiy nuqtai nazardan deyarli farq qilmaydi. Kapital harakati xususiy, bank va rasmiy kapitallar harakatlariga bo’linadi. Rasmiy kapitallarga davlatlararo kreditlar, davlatlararo valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining zayomlari kiradi. XVF kreditlari esa, rasmiy likvid zahiralar moddasida aks etadi. 1995 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar uzoq muddatli resurslarning umumiy oqimi 205 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi, shu jumladan, davlat yo’nalishlaridan 55 mlrd. va xususiy kanallardan 150 mlrd. AQSH dollari miqdorida. Bu mamlakatlardagi to’g’ridan-to’g’ri chel el investitsiyalarining umumiy yig’ilgan summasi 620 mlrd. AQSH dollari miqdorida baholandi.
Tadbirkorlik va ssuda kapitalining importi, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansiga murakkab va qarama-qarshi ta’sir qiladi.
Joriy investitsiya operatsiyalarining birlamchi va ikkilamchi ta’sir omillarini farqlash kerak. Boshlang’ich bosqichda kapital importi, import qiluvchi davlatning to’lov balansini yaxshilash an’anasiga ega. Bu birlamchi ta’sir, keyinchalik, chet el investorlariga tegishli korxonalarda ishlab chiqarilayotgan tovarlar eskportini ikkilamchi o’sishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Ikkilamchi ta’sir shundan iboratki, bir qancha vaqtdan keyin rivojlanayotgan mamlakatning to’lov balansi, uning ahvolini yomonlashtiruvchi an’ana ta’sirini seza boshlaydi.
Odatda, rivojlanayotgan mamlakat to’lov balansiga ijobiy ta’sir, asosan, kapitalni jalb qilish bo’yicha amalga oshirilgan boshlang’ich operatsiya davrida kuzatiladi. Lekin, keyingi yildan boshlab, uning to’lov pozitsiyalari o’sish tartibda yomonlasha boshlaydi va qisqa vaqt o’tgandan keyin, mamlakat har yili chet el investitsiyasini jalb qilishdan sof zarar ko’radi. Faqat bir nechta rivojlanayotgan davlatlar (yangi sanoat mamlakatlari va uzoq Sharq hududlari) mamlakat ichida chet el kapitalidan samarali foydalanganlari va tovar eksportini kuchaytirganliklari tufayli, kuzatilayotgan modda bo’yicha to’lovlarning salbiy natijalarini oldini ola boshladilar. Aytilganlardan quyidagi xulosalar qilish mumkin:
1. Kapital importining rivojlanayotgan mamlakat to’lov balansiga umumiy ta’siri, chet el investitsiyalarining o’sish jadalligiga, kapital foydasiga bo’lgan me’yorlar va chet elga chiqarilayotgan hamda mamlakatda qoldirilayotgan foyda o’rtasidagi mutanosibliklarga bog’liq holda o’zgaradi;
2. Chet elga chiqarilayotgan foydaning o’sish jadalligi, yangi chet el kapital qo’yilmalarining o’sishidan oshsa, to’lov balansi ma’lumot chizig’ida kumulyativ salbiy ta’sirni sezadi;
3. Yangi kapital oqimi va chet elga o’tkazilayotgan foyda o’rtasidagi mutanosiblik mamlakat uchun salbiy tus olishi bilan, mazkur ta’sirning paydo bo’lishi shunchalik tez bo’ladi;
4. Va aksincha, kapitalning oqimi, chetga chegirilayotgan daromadlarga va foyda me’yorining o’sishi jadalligiga qaraganda qanchalik tez bo’lsa, chet el kapitali oqimining to’lov balansiga bo’lgan salbiy ta’sirini shunchalik yumshatadi.
Chet el investitsiyalari oqimi, uni qabul qiluvchi mamlakatlarning sanoat rivojlanishini va ular iqtisodiyoti umumiy zamonaviylashuvini tezlashtiradi. Shu bilan birga, xorijiy tajribadan ma’lumki, chet el kapitalini jalb qilish, rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan muammolar echimini topishga olib kelmaydi. Aksincha, ushbu muammolardan ayrimlari avj olganligini ko’rish mumkin. Investitsiyalarni, birinchi navbatda, foydali joylashtirish istiqboli mavjud bo’lgan mamlakatlarga yo’naltirilishi natijasida, rivojlanishning notekisligi kuchayadi. Ushbu xorijiy investitsiyalarning faqatgina oz miqdori nixoyatda qoloq va ularga muxtoj davlatlarga tushmoqda.
Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar, 1970 yillar oxiridan boshlab, o’z kapitalini eksport qilishga kirishdilar. Uning yillik hajmi 1990 yillar o’rtasida 30-35 mlrd. AQSH dollari miqdorida, deb baholangan. Bu guruhga birinchi navbatda neft qazib oluvchi mamlakatlar, hamda Janubiy Koreya, Malayziya, Braziliya, Meksika, Hindiston va boshqalar kiradi.
«Kreditlar va zayomlar» moddasini tahlilida shu narsani nazarda tutish kerakki, oddiy maqsadlarga chet eldan olinadigan kreditlar to’lov balansining taqchilligi sifatida qurilmaydi. Birinchidan, ko’p rivojlanayotgan mamlakatlar uchun kredit va zayomlar doimiy tusga ega, ikkinchidan, kreditlar odatda, ma’lum loyihalar uchun beriladi. Salbiy valyuta-moliyaviy ko’rsatkich bo’lib, katta moliyaviy kreditlar va zayomlar, ular ichida eski qarzlarni qoplash uchun, yangi mablag’lar (qayta moliyalashtirish) olish hisoblanadi. Jalb qilingan moliyaviy mablag’larning umumiy summasidagi, qayta moliyalashtirish uchun kreditlarning salmog’i, mamlakat moliyaviy ahvolining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi.
Kapitallar harakati balansini tahlil qilishning bosh maqsadi - to’lov balansi joriy operatsiyalar taqchilligini qoplash manbalarini hamda aktiv qoldiq summasidan foydalanish yo’nalishini aniqlashdan iboratdir. To’lov balansini muvozanatlashtirish uchun, agarda, joriy bitimlar balansi passiv bo’lsa, kapital harakati balansi bo’yicha aktiv qoldiqka erishish lozim.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin