O’tgan yildagi to’lov balansida asosiy o’zgarishlar. 2015 - yilning boshida Rossiya banki Rossiya Federatsiyasining 2014-yilgi to’lov balansini chop etdi, bu esa Rossiya iqtisodiyoti uchun burilish yasagan yilda tashqi iqtisodiy sektorda ahvol qanday ekanligini oydinlashtirishga yordam beradi. O’tgan yillarga nisbatan 2014-yildagi asosiy o’zgarishlar quyidagilardan iboratdir:
- Boshqa mamlakatlar qarzlarining kechib yuborilishi tufayli joriy operatsiyalar hisobvarag’i va kapital bilan bog’liq hisobvaraqlarda tashqi savdo aylanmasining qisqarishi kuzatildi;
- Kapital oqimining qisqarishi va mamlakat ichidagi chet el investitsiyalari hajmining qisqarishi tufayli moliyaviy hisobvaraqlarda saldoning pasayishi kuzatildi;
- Xalqaro rezervlarda esa ularning qisqarishi va shu bilan bir vaqtda rezervlarni diversifikatsiya qilish kuzatildi.
Quyida esa mazkur o’zgarishlarni alohida bo’limlarni o’rgangan holda batafsilroq tahlil qilib chiqamiz.
Joriy hisobvaraqlar va kapital bilan bog’liq hisobvaraqlar.To’lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasini tuzish bo’yicha oxirgi oltinchi qo’llanmada3 umumiy saldoni aniqlash uchun yuqorida aytib o’tilgan ikki hisobvaraqni, ya’ni joriy hisobvaraqlar va kapital hisobvarag’ini birlashtirish tavsiya etiladi. Rossiya Banki ham bu tavsiyaga rioya qiladi (jadval 1 ga qarang).
Rossiyaning holatida to’lov balansining mazkur bo’limida holat asosan tovarlar eksporti va importi orqali aniqlanadi. Bojxona statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, Tovar eksport qilish hajmi asosiy tovarlar nomenklaturasi bo’yicha so’ngi kvartalda qisqargan, odatda oldingi yillarda eng ko’p daromadni oxirgi kvartalda bergan (jadval 2 ga qarang). Buning asosiy sabablari, avvalo, neftga, neft mahsulotlariga, gaz, metallarga bo’lgan jahon narxining pasayishidir, bu holat III kvartaldan boshlanib, IV kvartalda ham davom etgan. Masalan, Urals belgisidagi neftning yanvardagi o’rtacha narxi bir barreliga 106.43 AQSH dollari bo’lgan, 2015-yilning yanvarida esa 48.58 AQSH dollarini tashkil etgan4. Buning ustiga, narxlarning tushib ketishi yetkazib berilayotgan tovarlarning fizik hajmining qisqarishi bilan ulanib ketdi, yaqqol misol – bu tashqi savdodagi eng asosiy hamkori bo’lgan Yevropaga yetkaziladigan tabiiy gaz bilan bog’liq holat. Boshqa sohalardagi tovarlar eksporti har kvartalda umumiy qiymat jihatidan o’sib brogan bo’lsa-da, bu yuqorida aytib o’tilgan trendning ta’sirini o’zgartira olmadi. Natijada esa, to’lov balansida ko’rsatilishicha, eksportdan kelgan foyda 2013-yildagiga nisbatan 8% ga kam bo’lgan.