I. To’lov balansi va uni tartibga solishning nazariy asoslari
1.1. To’lov balansi tarkibi, xususiyatlari va makroiqtisodiy siyosatning unga bo’lgan ta’siri.
To’lov balansi tarkibi. To’lov balansini tuzishning turlicha uslubiyati mavjud bo’lib, hozirgi kunda Xalqaro valuta fondi (XVF) taklif etgan metodika (uslubiyat)dan, ya’ni to'lov balansi moddalarining tasnifidan mamlakatlar amaliyotida keng qo'llaniladi. Mazkur uslubiyatda obyektiv reallik ko’proq ko’rinadi, xususan to’lov balansi ikkita yirik bo’limga ajratilgan. Bu bitimlarning hisobini yuritishning ikki tomonlama xususiyatidan, ya’ni savdo va moliyaviy jihatidan kelib chiqqan holda yaratilgan. Xususan, tovarlar va xizmatlar eksporti norezidentlar oldida rezidentlarning talablarini oshiradi (to’lov balansida «+» ishorasi bilan aks ettiriladi), bu esa, o’z navbatida norezidentlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarning kamayishiga olib keladi («-» ishorasi bilan belgilanadi). Har ikkita hisob-kitob yozuvlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti natijasida mamlakatda valuta zaxiralari to’planib boradi va ular import operatsiyalari to’loviga xizmat qilishi mumkin.
Agar mamlakatda import operatsiyalari to’lovi uchun yetarlicha valuta zaxiralari mavjud bo’lmasa, u xorijdan qarz mablag’larini jalb etishi mumkin. Bu kabi qarz mablag'larini davlatlar o’zlarining tovarlar va xizmatlar eksportini doimiy oshirib borish orqali qoplashi mumkin. Bunday holatda, bitimning savdo qismi (tovarlar va xizmatlarning mamlakatga kirib kelishi) bo’yicha chet elliklar oldida so’ndirishni talab qiluvchi («-» ishorasi bilan belgilanadi- gan) mamlakat qarzdorligining paydo bo’lishiga olib keladi. Mamlakatga norezidentlarning kreditlarini jalb etish esa mamlakatning chet elliklar oldida moliyaviy majburiyatlari ortishiga sabab bo’ladi va «+» ishorasi bilan aks ettiriladi.
Mazkur holatni yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun haqiqatda mamlakatga kirib kelgan va chiqib ketgan valutaviy tushum va to’lovlar nisbatini olish mumkin.
Mamlakatning to’lov balansi sanoat korxonalari balansiga o’xshab emas, balki bank balansiga o'xshash holda tuziladi. Masalan, 0’zbekistondagi korxona 100 ming AQSH dollarlik mahsulotni eksport qilib, to’lovni uch oy davomida olishga sotib oluvchi bilan kelishgan. 0’zbekiston to'lov balansida dastlab mazkur summa tovarlar eksporti sifatida balansining kredit qismida yoziladi va bu xorijdan to’lovni talab qilish huquqini beradi. So’ngra ushbu summa qisqa muddatli kapital sifatida to’lov balansining debet qismida aks ettiriladi va u 0’zbekistondan qisqa muddatli kapital- ning chiqib ketishini anglatadi. Ya’ni 0’zbekistonlik eksportyor xorijiy importyorga 3 oylik kredit bergan deb hisoblanadi. Bunda O’zbekistonning xorijdagi aktivlari ortadi va to’lov balansining kapital qismi debetlanadi. Mazkur operatsiyani quyidagi shaklda yozish mumkin:
1-jadval
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (—)
|
Tovarlar eksporti, ming AQSH dollarida
|
100
|
—
|
Qisqa muddatli kapital chiqishi ming AQSH dollarida
|
—
|
100
|
Qaytarmaslik sharti bilan boshqa mamlakatlarga taqdim etiladigan iqtisodiy boyliklar (mahsulotlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar) to’lov balansi moddalarida ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida qanday aks ettiriladi, degan tabiiy savol paydo bo'ladi. Bu kabi operatsiyalar uchun to’lov balansida alohida «Bir tomonlama o’tkazmalar» moddasi mavjud. Masalan, 0’zbekiston boshqa mamlakatdan ijtimoiy yordam sifatida 10 mln AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlarni oldi. 0’zbekiston to’lov balansida bu operatsiya quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
3-jadval
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (—)
|
Ijtimoiy yordam (import), mln AQSH dollarida
|
—
|
10
|
Bir tomonlama o'tkazmalar, mln AQSH dollarida
|
10
|
—
|
Shunday qilib, to’lov balansining kredit qismida mahalliy aktivlar (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning chetga chiqib ketishi (kamayishi), aksincha esa, ya'ni xorijiy mamlakat aktivlari (mahsulotlar, moddiy va moliyaviy boyliklar)ning mamlakatga kirib kelishini (ortishini) ko’rsatadi. Passiv (majburiyatlar)ga nisbatan esa mazkur qonuniyat teskari amal qiladi. Masalan, 0’zbekiston AQSHdan 10 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag’ni qarzga oldi, 0’zbekiston bu yerda nafaqat aktivga ega bo’lmoqda, balki passiv (AQSH oldida majburiyat)ga ega bo’lmoqda. Bunda to’lov balansida aktivning hisobi debet, passivning hisobi esa kredit bo’ladi. Bu 0’zbekiston to’lov balansida quyidagicha aks ettiriladi:
3-jadval
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar
|
Kredit (+)
|
Debet (—)
|
Aktiv, mlrd AQSH dollarida
|
—
|
10
|
Passiv, mlrd AQSH dollarida
|
10
|
—
|
Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarni to’lov balansining debet yoki kredit qismida aks ettirishning umumiy qoidasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
4-jadval
Operatsiya
|
Kredit (+)
|
Debet (—)
|
Tovarlar va xizmatlar
|
Tovarlar va xiz- matlar eksporti
|
Tovarlar va xizmatlar importi
|
Investitsiyalardan daromadlar va mehnatga haq to’lash (ish haqi)
|
Norezidentlardan tushgan (olingan) tushum
|
Norezidentlarga
to’lovlar
|
Bir tomonlama o’tkazmalar
|
Mablag’larni
olish
|
Mablag’larni
Berish
|
Moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalar
|
Uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish
|
Uzoq va qisqa muddatli kreditlarni berish
|
To’lov balansi ikkita yirik bo’limga bo’linadi, ya’ni joriy operatsiyalar hisobi (current account balance) bo’limi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi (capital and financial account) bo’limi. XVF mamlakatlar to’lov balansini ikki xil ko’rinishda, ya’ni jamlangan va operatsiyalari batafsil, to’liq ko'rsatilgan holda e'lon qiladi. To’lov balansi moddalarini XVFning davriy nashrlarida beriladigan to’liq tarkibi tuzilishi:
5-jadval
Mazkur tenglikni quyidagi shaklga almashtirish mumkin: Y- C- G=I+Xn
Natijada, (Y— C— G) ushbu holat milliy jamg’arish (S) hajmini ifodalab, tenglikni quyidagi shaklda yozish imkonini beradi: S=I+Xn
Bir mamlakat iqtisodiyotida milliy jamg’arish hajmi (S) ni ikkiga ajratib ko’rsatish ham mumkin (S=S1+S2). Ya’ni shaxsiy jamg’arma (Sp = Y- T- C) va davlat jamg’armasi (Sg =T- G). Bu yerda: T — davlat budjetiga soliqlardan tushum va majburiy to’lovlar hajmi.
S=I+Xn formuladan tenglikning bir tomoniga barcha ko’rsatkichlarni olib o’tgan holda, milliy hisobchilik tizimida juda muhim bo'lgan quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
Dostları ilə paylaş: |