To’lov balansini tuzish tamoyillari


Rasmiy zahiralar balansi konsepsiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

Rasmiy zahiralar balansi konsepsiyasi. To’lov balansi saldosini o’lchashda navbatdagi qadam bo’lib, AQSh tomonidan 1965 yilda olg’a surilgan va keyinchalik XVF hamda IHTT ekspertlari tomonidan asosiy konsepsiya sifatida qabul qilingan rasmiy hisob-kitoblar konsepsiyasi bo’ldi. AQSh va boshqa mamlakatlarning rasmiy organlari uchun ushbu uslubiyotning yoqimli tomonlari shundaki, birinchidan u kamomadning nisbatan pastroq ko’rsatkichlarini berdi, ikkinchidan to’lov balansi holatini yahshilashga xorijiy xususiy qisqa muddatli hamda portfel kapitallarini keng jalb etish amaliyoti zaminiga nazariy asosni keltirdi. Rasmiy hisob-kitoblar konsepsiyasi AQSh to’lov balansi saldosini o’lchash uslublarini tanqidiy tahlili natijasida paydo bo’ldi.
Rasmiy hisob-kitoblar balansining konsepsiyasi yoki XVF nashrlarida yakuniy balans deb nomlanganidek AQShda 1965 yildan boshlab ishlatila boshlandi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlarda ham tarqaldi va XVF hamda IHTT ekspertlari tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi.
Rasmiy hisob-kitoblar balansining ko’p mamlakatlar tomonidan ishlatilgan standart ta'rifi balanslashtiruvchi moddalar qatoriga quyidagi moddalarning kiritilishini ko’zda tutadi: rasmiy valyuta organlarining valyuta zahiralari bilan operatsiyalarini (oltin, xorijiy valyuta, XVFgi zahira pozitsiyasi va SDRgi aktivlar); rasmiy valyuta organlarining xorijiy rasmiy tashkilotlar oldidagi, Xalqaro tashkilotlar va SDR taqsimotini o’z ichiga olgan holda, majburiyatlarini o’zgarishi. XVFning tasnifiga ko’ra to’lov balansi saldosi rasmiy hisob-kitoblar konsepsiyasiga muvofiq asosiy moddalar sifatida tasniflanadigan A+B+C+D+E+F+G guruhlari bo’yicha yakun sifatida maydonga chiqadi hamda "N" guruhi yuzasidan operatsiyalarning yakuniy summasi, ya'ni mutloq rasmiy valyuta operatsiyalari bilan muvozanatlashtiriladi.
Rasmiy hisob-kitoblar konsepsiyasining alohida mamlakatlarda ishlatilishi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, XVF tavsiyalari va IHTT sxemalaridan farqli edi.
70-yillar o’rtasidagi jahon iqtisodiyoti va valyuta tizimidagi inqirozli larzalar sharoitida xalqaro to’lov munosabatlari tarkibiy tuzilishidagi yirik siljishlar hamda bu bilan bog’liq kapital harakatidagi barqarorsizlik to’lov balansi saldosini aniqlash uslublarini qayta ko’rib chiqishga olib keldi.
AQShda 1976-yildan boshlab to’lov balansi saldosini rasmiy asosda faqat joriy operatsiyalar saldosi sifatida, boshqa operatsiyalar bo’yicha ma'lumotlarni ma'lumotli ko’rsatkichlar sifatida chop etib, o’lchay boshladilar.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin