To’lov balansini tuzish tamoyillari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə9/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

Yaponiya to'lov balansi2

T.B

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Joriy opr

144

145

217

127

59

33

60

64

71

76

77

89

Savdo bls

56

58

108

-4

-54

-90

-63

-59

-58

-56

-62

-53

Exp (tov)

751

546

734

789

776

695

716

766

804

847

890

938

Imp( tov)

-695

-489

-625

-793

-830

-785

-779

-826

-862

-903

-951

-991

Xiz. blns

-38

-35

-34

-39

-51

-36

-36

-36

-36

-36

-36

-36

kredit

194

176

202

234

232

222

219

219

228

232

241

245

debit

-55

-41

-47

-51

-55

-54

-51

-51

-53

-54

-56

-57

Jor.sof transferlar

-13

-12

-12

-14

-15

-10

-10

-10

-10

-10

-10

-10

Kapital bls

-5,4

-5

-5

0,4

-1

-7,6

-4

-4,1

-4,1

-4,1

-4,1

-4,1

Moliya bls

210

183

266

182

54,2

74

56

60

67

72

73

85

Sof FDI

87

61

71

117

120

134

105

111

110

116

114

122

Sof portfel

278

219

151

-162

41

-260

10

10,2

8

7

5

9,5

Boshq.invest

-186

-125

-0,1

55

-67

15

-54

-52

-53

-52

-49

-48

Zaxira aktiv

31

27

43

172

-38

39,5

-4,5

7,2

1,8

0,9

2,8

1,8

xatolar

47,7

32,7

41

38,4

3,9

-42

0

0

0

0

0

0

XVF tomonidan taqdim etilgan ushbu ma’lumotlardan ko’rinadiki, bunda AQSh dan farqli o’laroq Yaponiya to’lov balansining aksincha joriy operatsiyalar qismi aktiv bo’lib, u kapital va moliyaviy operatsiyalar qismidagi defetsitni yopishga ketadi. Endi nega kapital qismida defitsitligini izohlasak, ma’lumki ushbu qismdagi ko’rsatkichlar- ning keskin tebranishi Yaponiyga xos xususiyatga aylanib bo’lgan, va bunga sabab sifatida eng avval yapon investitsiyasining xorijiy mamlakatlarga keskin o’sishi bo’lib, bu yaponiyada ishchi kuchi qimmatligi, resurslarning taqchilligi va ularning chetdan olib kelinishi qimmat. Shu o’rinda aytish joizki Yaponiya neftning 90%ni, temirning 70%dan ortig’ini import qiladi.


Iqtisodiy jihatdan yana bir rivojlangan davlatlardan yana biri bu Germaniya bo’lib, uning to’lov balansi ham o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda yevropa mamlakatlari balansida faqrli jihatlar deyarli mavjud emas, lekin Germaniya biroz farq qiladi. Avval yevroda to’lov balansini tuzish yo’llarini haqida qisqacha aytib o’tsak.
Yevropa Hamjamiyatida to’lov balansini davlatlararo tartibga solish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
• bojxona bojlarini bekor qilish (1968 y. 1 iyuldan boshlab, bojxona Ittifoqi tuzilgan,
boshqa uchinchi tomonlar uchun yagona tashqi tarif belgilangan);
• soliq tizimining birxillashtirilganligi;
• tovarlar eksportini kreditlashtirish talablarining kelishilganligi.
Shunday qilib, to’lov balansini tartibga solish birmuncha murakkablashdi. Qo’llaniladigan instrumentlar kengaydi, ularni iqtisodiy siyosatning boshqa shakllari bilan uyg’unlashtirilgan holda qo’llash tizimli tus oldi. Odatda, to’lov balansini barqarorlashtirish - iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, inflyatsiyani cheklash, byudjetdagi taqchillikni qisqartirish va boshqa tadbirlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ammo, to’lov balansidagi taqchillikni kamaytirish vazifasi aksariyat hollarda, xo’jalik faoliyatini kengaytirish, byudjet xarajatlarini oshirish, foiz stavkalarini pasaytirish kabilarni talab qiluvchi iqtisodiy siyosat - iqtisodiy o’sish va bandlikni ta’minlash vazifasi bilan to’qnashadi. To’lov balansining eng samarali sog’lomlashtirish vositasi - bu, harbiy xarajatlarni, shu jumladan, tashqi harbiy xarajatlami qisqartirish orqali erishiladi.
Xususan Germaniya to’lov balansiga kelsak, u joriy operatsiya qismidagi savdo balansining har doim profitsitdaligi orqali umuman to’lov balansini muvozanatlashti-rishidir. Qisqa qilib aytganda savdo balansi Germaniya uchun juda muhim to’lov balansi elementi vazifasini o’taydi. Ammo bu qolgan yevropa mamlakatlari to’lov balansiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Bu haqda keyinroq. Hozir esa Germaniya to’lov balansi va unga doir statistic ma’lumotlar, ularning tahliliga to’xtalsak.
To’lov balansidan ko’rinadi savdo balansi o’sish trendiga ega, o’zi savdo balansining o’sish yoki kamayishi evro qiymatiga bog’liqdir, agar yevro qimmatlasa baho oshadi va eksport kamayadi, bu o’z o’rnida savdo balansiga ta’sir qiladi, yoki aksincha. Ba- lansda kapital va moliyaviy operatsiyalar qismida doimiy salbiy qoldiq o’sishi kuza- tilayotganini Yaponiyada bo’lgani singari kapitalning chetga investitsiyalar ko’rinishi- da chetga oqib ketishi bilan izohlash mumkin.
Germaniya to’lov balansining savdo balansi rekord darajada ko’tarilishi, ya’ni deyarli 201 mlrd(xizmatlar bn) ga yetishi, va kelgusida ham 0,3% o’sishi va bu 3,8% o’sish ko’rsatkichigacha yetishi bir tomondan Germaniya uchun ancha muqobil shart, lekin qolgan evropa mamlakatlari uchun anchagina noqulay muhitni yaratib, ularning ba- lanslariga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ular importlari eksportdan kamligini Germaniya- dan ko’rishmoqda. Bu haqda xususan XVF bosh prezidentining birinchi o’rinbosari David Lipton Berlinda Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble bilan bo’lin o’t- gan uchrashuvda ta’kidlab o’tdi. Ammo bunga nemis amaldorlar qat’iy qarshi chiqdi- lar. Ular evrozonadagi iqtisodiy sustlikka dahlsizliklarini ta’kidladilar. Ularning ayti- shicha, ular ham eksport salohiyatini oshirsin, sifat, narx kabilarni muvofiqlashtirib raqobat muhitini yaratsin degan fikrni keltirishdi. Ammo javobni o’zingiz o’ylang, ular o’z mahsulotlarini qayerga eksport qilsin, butun evrohudud bozori deyarli Germaniya qo’lida, Krugmanning ta’kidlashicha ular eksportni o’zga sayyoraga qilishiga to’g’ri keladi. Aslida ushbu balans 6% dan o’smasligi kerak, bu Bryusselda bo’lgan EK tomonidan belgilangan bo’lib, buzilgan holda sanksiyalar qo’llash ko’zda tutilgan. Germaniya savdo balansi o’sishi 7,9% gacha bo’lishi va bu jarimaga tortilishi ehtimoli bor. Ilovada ushbu davlatlar to’lov balansi va unga bevosita ta’sir etuvchi statistik ma’lumotlar keltirilgan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin