To’lov balansini tuzish tamoyillari


Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə12/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansiga ta’sir qiluvchi omillar. To’lov balansiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar farqlanadi. Bir tomondan, bu farqlar mamlakatda yuz berayotgan jarayonlar ta’siri ostida shakllanadi va mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, tashqi iqtisodiy aloqalarning kengligi, tarkibi va xarakteri haqida tasavvur hosil qiladi. Boshqa tomondan, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansi jahon xo’jaligi, valyuta tizimi, rivojlangan mamlakatlardagi siyosiy holat bilan bog’liq omillarni kuchli ta’sirini sezadi. To’lov balansi holatiga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo’jaligidagi qaramlik holati. Ular hissasiga dunyo eksportining 37,6 foizi to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarning ko’pchiligining eksportida, xaligacha, dunyo bozorida bahosi katta tebranishga ega bo’lgan xom-ashyo, energiya tashuvchilar, tropik monomadaniyatlar katta salmoqqa ega.
2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining doiraviy o’zgarishlari. O’tgan asrning 70-90-yillardagi dunyo iqtisodiy va moliyaviy inqirozlari, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarining nobarqarorligini oshiradi, birinchi navbatda ular mahsulotiga bo’lgan talabining va ular narxlarining tushib ketishiga olib keldi.
3. Harbiy harakatlar. Harbiy yo’nalishdagi tovarlar importining oshishi, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarining ahvolini yomonlashishiga olib keladi. 1990-yillarning birinchi yarmida, bu mamlakatlar yiliga 30 mlrd. AQSH dollarini chet eldan, asosan AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniyadan qurol-yarog’ sotib olishga sarflashganlar.
4. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi moliyaviy manbalarga bog’liqligi. Chet el kapitallarining oqib kelishi, ular to’lov balanslariga ikki tomonlama ta’sir qiladi, oldingi tushumlar ko’payadi, lekin to’lovlar muddati etib kelgani uchun, qarzdor mamlakatlar qarz summasini hamda foizlar va dividendlar to’lashga majbur bo’lishadi.
5. Dunyo savdosi shart-sharoitlaridagi o’zgarishlar. Rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan teng huquqli bo’lmagan savdosi, rivojlanayotgan mamlakatlarning to’lov balanslariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozoridagi monopoliyalaming baho ko’tarish siyosati natijasida, rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar narxlar indeksining o’sishi, bu mamlakatlardan olib chiqilib ketilayotgan mahsulotlar baho indeksining oshishidan ancha baland. Bundan tashqari, «bog’langan» yordam hisobiga tashilayotgan tovarlar narxi, odatda, bozordagi o’rtacha narxlardan 20-40 foiz yuqori.
TMKlarning faoliyati, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va to’lov balanslarining nomutanosibligi hamda nobarqarorligini kuchaytiradi. Xalqaro monopoliyalar, firma ichidagi usayotgan aylanmadan o’z maqsadlarida foydalanadilar. Bu esa, baholar darajasiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tuzilmasiga, xalqaro mehnat taqsimotidan keladigan foydani taqsimlashga ta’sir ko’rsatadi, hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda bojxona protektsionizmining kuchayishiga olib keladi. TMKlarning yashirin va ochiq operatsiyalari, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qator tovarlar jahon narxlarining vaqti-vaqti bilan bo’lib turadigan keskin ko’tarilish yoki pasayish chizigi bo’yicha portlashlari, ko’p rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarining nobarqarorligini oshiradi. Energetik inqiroz va jahon inflyatsiyasi sharoitida, energiya tashuvchilar, birinchi navbatda neft narxlari o’sishi, neft import qiluvchilar bo’lgan, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansiga yomon ta’sir qiladi. Vaqtincha neft eksport qiladigan OPEK mamlakatlarining to’lov balanslarida yirik miqdorda ijobiy qoldiq shakllandi.
1980-yillar o’rtasida neft bahosining keskin tushib ketishi (1982 yildagi 1 barrel uchun 33,8 dollardan, 80-yillar oxiri va 90-yillaming ikkinchi yarmida 14-16 dollargacha) OPEKka a’zo bo’lgan mamlakatlar to’lov balansining yomonlashuviga olib keldi.
6. Valyuta-moliyaviy omillar. Etakchi valyutalar, xususan AQSH dollarining va narxlarning nobarqarorligi rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarining nobarqarorligini oshiradi. 1971-1973 yillardagi dollarning ikki devalvatsiyasi hamda uning kursini ketma-ket tushishi, valyuta foydasini pasaytirib, ularga qo’shimcha ziyon olib keldi. 1990-yillarning birinchi yarmida, dollar kursining ko’tarilishi tufayli, rivojlanayotgan mamlakatlar – import qiluvchi va qarzdor sifatida ziyon ko’radilar, chunki xalqaro majburiyatlarni qoplash uchun
Amerika valyutasini sotib olish ularga qimmatga tushar edi. 1990-yillaming ikkinchi yarmida, yapon ienasi kursining tushib ketishi, Janubiy-Sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarining (xususan, Indoneziya, Tayland va Filippin kabi) valyuta-moliyaviy ahvolini ancha yomonlashtirib qo’ydi. Natijada, ular o’z pul birliklari devalvatsiyasini o’tkazishga majbur bo’ldilar. Umuman olganda, rivojlanayotgan mamlakatlar valyutasining devalvatsiyasi eksportni rag’batlantiradi va tovarlar importini ushlab turadi. Lekin, ko’pchilik mamlakatlarning eksport potentsiyali va tovarlar raqobatbardoshligi unchalik katta emas, importga bo’lgan ehtiyoji esa, juda katta. Bularning hammasi, devalvatsiyaning ular to’lov balanslariga ijobiy ta’sirini pasaytiradi.
7. Rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya to’lov balanslariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki narxlarning oshishi, milliy firmalar raqobatbardoshligini pasaytiradi, eksportni ogirlashtiradi, tovarlar importini rag’batlantiradi va kapitallar oqib kelishiga yordam beradi.
8. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarning, rivojlangan davlatlar tomonidan savdo-siyosiy diskriminatsiya qilinishi. Aksariyat vaziyatlarda, savdo iqtisodiy munosabatlar yaxshi rivojlanishiga, AQSH va uning sheriklari tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy sanktsiyalar siyosati, xattoki ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan boykot e’lon qilinishi, mazkur mamlakatlarning yanada kashshoklanishiga olib kelmoqda. O’tgan asrning 80-90-yillari oralig’ida, shu kabi sanktsiyalar Liviya, Niqaragua, Kuba, Afgoniston, Iroqqa qarshi amalga oshirilgan va ayrimlari xanuzgacha saqlanib qolmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarini muvozanatlashtirish usullari. Mavjud taqchillikni qoplash uchun, odatda, vaqtinchalik usullardan foydalaniladi: chet el kreditlari va kapitalini olib kirish. Rivojlanayotgan mamlakatlar Yevropa bozorlarida kredit olishga harakat qilishadi, lekin bu manbalarga bo’lgan imkoniyat cheklangan. Odatda evrobanklar, oz bo’lsada XVFdan kredit olgan mamlakatlarga kredit berishadi va uning nazorati ostida barqarorlashtirish dasturini amalga oshiradi. Xususiy banklardan olinishi mumkin bo’lgan kreditlar qimmat, ayniqsa katta qarzi bo’lgan mamlakatlar uchun bu samarasizdir. 1980- yillardan boshlab (keyinchalik asrimiz boshlarida takroran) yuqoridagi mamlakatlarning ayrimlarini G’arb mamlakatlari «qora» ro’yxatga kiritishdi. Sanoati ilg’or mamlakatlar nazorati ostida bo’lgan xususiy banklar va xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashuvi ham rivojlanayotgan mamlakatlarning ssudalar kapitalining xalqaro bozorga kirishi imkoniyatlari cheklab qo’yilishiga ta’sir ko’rsatadi. To’lov balanslarini muvozanatlashtirish uchun, chet el kreditlaridan faol foydalanish, rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini sezilarli o’sishiga olib keldi (1990-yillarda, bu summa jami 2 trln. AQSH dollaridan ortdi). Uni to’lash, rivojlanayotgan mamlakatlar valyuta ahvoli nobarqarorligini oshiradi.
To’lov balansi taqchilligini qoplashning yakuniy usuli bo’lib, rasmiy oltin-valyuta zahiralaridan foydalanish xizmat qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga jahon valyuta zahiralarining 41 foizi, oltin zahiralarining 17,9 foizi to’g’ri keladi (1997 yil). Ularning katta qismi, OPEKka a’zo mamlakatlarda va ayrim yangi sanoatlashgan davlatlarda tuplangan. Rivojlanayotgan mamlakatlar, chet el valyuta zahiralari, asosan, G’arb mamlakatlarining banklarida saqlanganligi bois, qator yosh mamlakatlarga nisbatan, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar qo’llashi mumkin bo’lgan valyuta cheklanishlari va valyuta kamallari natijasida, ularni yo’qotib kuyish xavfi mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlar, juda bo’lmaganda, xalqaro hisob-kitoblar va tashqi karlarzni qoplash uchun, oltindan favkulotda pul sifatida foydalanishadi. Aksariyat, rivojlanayotgan davlatlar, XVF tomonidan berilgan (bu tashkilotga kiritilishi vaqtidagi «oltin kvotani» qaytarib berish tartibi asosida qaytarib berilgan), ular uchun kapital badalining 10-25 foizga teng bo’lgan, oltinni sotdi. 1970-yillardan boshlab, to’lov balansi taqchilligini qoplash uchun konvertirlanadigan valyuta sotib olishda SDR qo’llaniladi. Mamlakatlar Fond orqali kvotalar doirasida SDRni kerakli chet el valyutasiga almashtirib oladilar va ular bilan o’z tashqi qarzlarini koplaydilar. Lekin, rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga SDR emissiyasining faqat 1,4 qismi to’g’ri keladi. Bu mablag’lar mamlakatlar orasidagi to’lov balansiga qarab emas, balki kvota kapitaliga qarab avtomatik ravishda taqsimlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning SDR emissiyasini oshirish va valyuta resurslari yetmayotganlarga yordam shaklida, ular taqsimoti tartibini o’zgartirish kabi talablari, qator rivojlangan davlatlar tomonidan qarshilikka uchramoqdalar.
«Ko’rinmas» operatsiyalar bo’yicha to’lov va tushumlarni tartibga solish maqsadida, rivojlanayotgan mamlakatlar quyidagi choralarni qo’llaydilar:
• sayyohlik infratuzilmasini yaratish orqali xorijiy sayyohlarni jalb qilish;
• ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish;
• «transport», «sug’urta» va boshqa moddalar bo’yicha xarajatlarni kamaytirish;
Rivojlanayotgan mamlakatlar o’z flotini tashkil etishga harakat qiladi. Ulardan ayrimlari (Panama, Kipr, Gonduras, Hindiston, Liberiya va boshqalar) yirik flotga egalar, lekin uning salmoqli qismini boshqa bayroqlar ostidagi kemalar tashkil qiladi. 1970-yillar o’rtasidan boshlab, neft eksport qiladigan mamlakatlar o’z flotini yaratishga katta harakat kilyaptilar. Bunda ular, neftni iste’molchiga yetkazish yo’lidagi muhim buginni xalqaro neft monopoliyalari qo’lidan tortib olish imkoniyatini kuryaptilar. Dengizga chiqish imkoniyatiga ega mamlakatlar (Shri-Lanka, Hindiston, Singapur, Yaman va boshqalar), o’z portlarida chet el kemalariga xizmat ko’rsatishdan katta daromad olyaptilar. Bundan tashqari, boshqa transport xizmatlaridan keladigan valyuta tushumlarini oshirish uchun Suriya, Iroq, Livan, Eron va boshqa mamlakatlar hududidan o’tgan neft kuvurlaridan foydalanishni kengaytirmoqdalar. Dengizga chiqish uchun yetarlicha darajada imkoniyatga ega bo’lmagan mamlakatlar koladi (Nepal, Chad, Ekvador, Markaziy Afrika Respublikasi va ko’pchilik Markaziy Osiyo mamlakatlari). Ular kushni davlatlar hududidan tashish uchun katta summalar sarf qilishga majbur bo’lmoqdalar.
Sug’urta sohasida chet el kompaniyalariga qaramlikni kamaytirish uchun, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda (Suriya, Jazoir, Shri-Lanka, Tanzaniya, Zambiya va boshqalar) davlat sektorida milliy sug’urta kompaniyalar tashkil etilgan, ularning chet el sug’urta kompaniyalari ustidan nazorati o’rnatilgan. Bir qator mamlakatlarda (Birma, Eron, Argentina) sug’urta bo’yicha riskning katta qismini davlat o’z buyniga oladi. 1965 yildan baxtsiz hodisalar risklarini qayta sug’urtalashning to’rt xavzasini tashkil etish haqidagi Turkiya, Eron va Pokiston o’rtasidagi uch taraflama kelishuv, 1960 yildan Dengiz sug’urtasi bo’yicha Osiyo sindikati va h.k. amal qilmoqda. Arab mamlakatlari neftni qidirish, qazib olish va tashish bilan bog’liq operatsiyalarga katta e’tibor beradigan Arab davlatlari sug’urta federatsiyasini tuzdilar.
Kapitallar harakatini tartibga solish, odatda, chet el kapitallari oqib kelishiga, ularning chiqib ketishi chegaralashga va foydani o’tkazishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo’llamoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarini davlatlararo tartibga solish XVF orqali amalga oshiriladi. U makroiqtisodiy agregatlar choraklarga bo’linadigan miqdoriy mo’ljallar shaklidagi barqarorlashtiruvchi dasturlari ishlab chiqiladi. Milliy xususiyatlarni inobatga olmaydigan Fond chora-tadbirlarini andozalashtirish, ularni saylanuvchanligi zaifligini oshiradi. Ayrim holatlarda, Fond tomonidan tavsiya qilinadigan talabni cheklash kabi an’anaviy deflyatsion choralar, iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini pasaytiradi. Iqtisodiyotni barqaror-lashtirishning qat’iy dasturlari, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansining kapital qo’yilmalari sarflanishiga majbur qiladi, bu esa, iqtisodiy o’sishni chegralaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda katta tashqi qarzlar mavjudligi sharoitida, kreditor davlatlar (Parij klubi) qarz olgan mamlakat, faqatgina XVFning barqarorlashtirish dasturini qabul qilgan holdagina, qarzlarni qayta ko’rib chiqishga rozi bo’ladilar.
1970-yillar oxirlarida, to’lov balansi taqchilligining tarkibiy tusini tan olinishiga asoslangan, uni xalqaro tartibga solish kontseptsiyalarida, iqtisodiyotni barqaror-lashtirish davri uzaytirildi va uning tarkibi o’zgardi. JTTB dasturlariga moslashtirilib tuzilgan, XVFning barqarorlashtiruvchi dasturlari, faqat talabga ta’sir qiluvchi choralarni emas, balki taklifga iqtisodiyotning tarmoq tarkibini zamonaviylashtirish chizigi bo’yicha, yalpi taklifning kamchiliklariga iqtisodiy o’sish, kapital qo’yilmalar strategiyasi bilan bog’liq tuzatishlarni kiritishni o’z ichiga oladi. XVF tomonidan tavsiya qilingan to’lov balansini tartibga solish choralari to’plamini kengaytirish, qarzdor mamlakat iqtisodiyoti tarmoq tarkibidagi muvozanatsizliklarni yo’qotish yo’li orqali, barqarorlashtiruvchi dasturlarning yangi chizmasi ishlab chiqilishida, uning JTTB bilan hamkorligiga yordam beradi. Bundan tashqari, XVF 1990-yillar boshidan, nixoyatda yomon ahvolda qolgan mamlakatlarga shoshilinch moliyaviy yordam ko’rsatish bo’yicha muvofiqlashtiruvchilik tashabbusi bilan chikyapti. Taqdim qilinayotgan resurslar «to’plamiga» faqatgina XVF mablag’lari emas, balki bir qator rivojlangan davlatlar (birinchi navbatda AQSH, Yaponiya va GFR) va yirik xususiy banklar mablag’lari ham kiradi. 1995 yilda Meksika iqtisodiyotini kutkarish uchun XVF bu mamlakatga 48 mlrd. AQSH dollari hajmida moliyaviy resurslar berishni tashkil qildi. 1997 yilda, xuddi shunday, Tailandga 17,2 mlrd. AQSH dollari, Indoneziyaga 40 mlrd. AQSH dollari va Koreya Respublikasiga 58 mlrd. AQSH dollari miqdorida yordam ajratilgan edi. XVFning shunday shoshilinch choralari, bu mamlakatlardagi iqtisodiy ahvol barqarorlashishiga yordam bergan bo’lsa ham, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va valyuta moliyaviy ahvolidagi salbiy siljishlarni ochib berishi tomonidan, XVF katta nuksonlarga ega ekanligini ko’rsatdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari muammolari. Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansini tahlil qilganda, ularni ikki asosiy guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir: bir tomondan, bular neft import qilayotgan ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar. Ularning to’lov balanslari doim taqchildir (1980 yilda 56,5 mlrd. 1990 yilda 17,8 mlrd, 1997 yilda 40 mlrd. AQSH dollaridan ortiq); boshqa guruh OPEKka kiruvchi, neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchilardir. Ularning to’lov balanslari uzoq muddat ichida (1982 yilgacha) aktiv edi, bu esa, ularni katta valyuta zahiralarni tuplashiga olib keldi.
Neftni import qiluvchi, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari. Ular to’lov balanslarining doimiy taqchilligiga, iqtisodiyotning rivojlanishida tashqi dunyoga qaramlik, xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqsiz ishtiroki asos bo’ladi. Tashqi savdoning muvozanatsizligi,savdo sharoitlari, eksport va import narxlarining yomon mutanosibligi bilan aniqlanadi. Rivojlangan mamlakatlar tovarlari narxlarini oshirish va rivojlanayotgan mamlakatlar an’anaviy eksportidagi qator tovarlar narxlarining pasayishi savdo sharoitini namoyon bo’lishidan iboratdir.
Rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan davlatlarga «ko’rinmas» operatsiyalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishidan yirik hajmda valyuta yo’qotadilar. Misol uchun, tashqi savdo operatsiyalarini rivojlangan mamlakatlarning sug’urta kompaniyalariga sug’urta va qayta sug’urta qilganlarida, dengizda yuk tashishda rivojlangan mamlakatlarning flotidan foydalanishda va h.k. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xarajatlari, ayniqsa foiz va devidendlarni o’tkazish bo’yicha, foydani o’tkazish bo’yicha taqchillik o’sib borayapti (983 yilda 37 mlrd., 1996 yilda 64 mlrd. AQSH dollari).
Neft import qiluvchilar bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balanslari tizimli ravishda passiv qoldiqka ega bo’lmoqda.
To’lov balansi yomonlashishining oldini olish uchun, rivojlanayotgan mamlakatlar joriy va moliyaviy operatsiyalar bo’yicha valyuta cheklashlarda deflyatsion siyosat qo’llaydilar. Lekin, bu siyosat, iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lgan mashina va asbob-uskunalar importi cheklanishi va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi turmush darajasining tushib ketishiga olib keluvchi omilga aylanadi.
Neft eskport qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlarning to’lov balanslari. Katta valyuta zahiralarini to’laganlariga qaramasdan, bu guruh mamlakatlar to’lov balanslari nobarqarorligicha qolmoqda. 1970-yildagi ulaming xalqaro hisoblar balansining katta aktiv qoldigi, 90-yillar boshida neft narxi va unga bo’lgan talabning tushib ketishi natijasida taqchillik tomon o’zgardi.
Neft eksport qilishdan kelgan daromadlarning qisqarishi, qator OPEKka a’zo mamlakatlarning ilg’or G’arb mamlakatlari banklaridan pullarini qaytarib olishiga sabab bo’ldi.
Qator davlatlar (Nigeriya, Eron, Iroq, Liviya) jahon ssuda kapitallari bozoridan mablag’ olishni oshirishga majbur bo’ldilar.
Aksariyat neft qazib oluvchi mamlakatlarning kapital harakati balansi salmoqli aktiv qoldiqka ega, chunki chet el monopoliyalari katta foyda sababli, bu mamlakatlarga kapital kuyishga harakat qilmoqdalar. Kapitalning yirik esport qiluvchisi bo’lgan, ayrim OPEK ka a’zo mamlakatlar to’lov balansining bu bo’limi bo’yicha passiv qoldiqka egalar.
OPEK ka a’zo mamlakatlar to’lov balanslarining ahvoli, ulaming tabaqalanishi sababli bir xil emas. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari 1990-yillar o’rtalarida, to’lov balanslarining aktiv qolidig’iga va katta oltin-valyuta zahiralariga ega bo’lganlar. Shu vaqtning o’zida, Nigeriya, Venusuela, Jazoir, Gabon va boshqa mamlakatlar o’z tashqi to’lovlari taqchilligi tufayli, jahon ssuda kapitali bozoridan qarz olganlar.
Shunday qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslarining barqaror emasligi, ulaming xalqaro mehnat taqsimotidagi qaramligi va teng huquqli bo’lmagan ishtiroki xususiyatlaridan kelib chiqadigan, fundamental sabablarga ega. Bundan tashqari, bu davlatlaming xalqaro hisoblari nomuvozanatligining muhim sababi - sanoatlashish va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida, ularning valyuta resurslariga bo’lgan ehtiyojining keskin o’sganligidir.
Endilikda xususan Rossiya davlatini rivojlanayotgan davlat sifatida ko’rib chiqsak. Rossiya davlati to’lov balansi savdo balansi aktiv qolqiqqa ega, kapital va moliyaviy hisoblar salbiy saldoga ega.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin