To’lov balansini tuzish tamoyillari


-jadval AQSh to'lov balansi1



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə8/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

6-jadval
AQSh to'lov balansi1




2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Joriy operatsiyalar

























Joriy operatsiya (mlrd)

-461

-400

-423

-477

-531

-561

-582

-588

Jor.opr (Yaim. %)

-2,8

-2,4

-2,4

-2,6

-2,8

-2,8

-2,8

-2,7

Savdo balans(Yaim.%)

-3,3

-2,8

-2,8

-2,8

-2,9

-2,9

-2,9

-2,8

Noenergetik savdo balans (Yaim %)

-1,5

-1,5

-1,6

-1,8

-2,0

-2,1

-2,1

-2,1

Kapital va moliyaviy operatsiyalar ( Yaim. %)

Moliyaviy operatsiya

2,6

2,2

2,2

2,6

2,8

2,8

2,8

2,7

FDI tashqariga

-2

-2,1

-1,8

-1,9

-1,9

-1,9

-1,9

-1,9

FDI AQShga

1,1

1,4

-0,1

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

AQSh q.qog’ozlar(frn)

2,5

1,7

3,3

2,8

2,9

2,9

2,8

2,9

AQSh boshq. Pul.shakl

-2,6

0,9

1

1,1

1,3

1,3

1,2

1,1

Sof FDI

-1

-0,7

-1,9

-1,4

-1,4

-1,4

-1,4

-1,4

Sof portfel invest

3,9

0,8

2,2

1,8

1,9

1,9

1,9

1,9

Balansning eng asosiy elementlarida ko’rinib turibdiki AQSh ning joriy operatsiyalari moddasidagi elementlar salbiy saldoga ega bo’lib, ular savdo balansi kabi elementlardir. Bizga ma’lumki AQSh importi exportidan yuqori va shuning uzi undagi joriy operatsiyalar hisobi manfiyligi bildiradi. Bu holni AQSh ning boshqa davlatlar Germaniya, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlar bilan savdodagi balansning manfiyligi bilan izohlash mumkin, chunki yuqorida sanalgan davlatlarda savdo balansida deyarli har doim profitsit. Yana shuni ham ta’kidlash joizki uning kapital va moliyaviy operatsiyalar moddasi uning to’lov balansini ijobiy saldo bilan yakunlashni ta’minlab beradi. Bundan kelib chiqadiki AQSh to’lov balansida uzoq muddatli obligatsiyalari- ni sotish orqali olingan valyuta mablag’lari o’rni beqiyosdir. Obyektiv fikr yuritganda shuni aytish joizki to’lov balansidagi tengsizlik AQSh uchun muammo bo’ladi deb bo’lmaydi, axir unda pul chiqaradigan mashinasi bor. Lekin yuqorida keltirganimdek, ya’ni pul mashinasining haddan tashqari ko’p ishlashi “bretton Vuds” tizimining ha- lokatiga olib keldi. Dollar emissiyasining, keyinchalik inflyatsiya eksportining kucha- yishi bevosita AQSh savdo balansining profitsitdan defitsitga o’tib qolgani va bu AQSh tovarlarining xalqaro bozordan siqib chiqarilishi bilan bog’liqdir. Yana bir alohida ta’kidlash joiz bo’lgan fakt shuki, AQSh iqtisodiyotida va AQSh iqtisodiyoti orqali butun dunyoga ta’sir kuchini o’tkaza oladigan davlat aralashuvidan holi AQSh FRTi, ya’ni federal rezervlar tizimi bo’lib, dollarga oid har qanday masala bevosita uning obyektidir.


Dunyoda ikkinchi iqtisodiyotga ega mamlakat hisoblanga, yana bir davlat bu Yaponiya bo’lib, endida uning to’lov balansi haqida so’z yuritamiz. Yaponiyada to’lov balansi statistikasi Yapon Banki va moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladi. Moliya vazirli- gining bundagi asosiy funksiyasi chet el valyutasi va tashqi savdoga doir ma’lumotlar bilan ta’minlash. Qisqa qilib aytganda Yaponiya to’lov balansi to’g’ridan to’g’ri man- basi sifatida YB, MV va Yaponiya statistika byurosi sanaladi. To’lov balansi TB5 standartida. Uning o’ziga xos jihati shundaki, yillik summa mavsumiy tebranishlarni hisobga olmagan, shuning uchun kvartallar yig’indisi bu yillik degani emas. To’lov balansi milliy valyutasida, ya’ni ienada yuritiladi. Yana bir farqli jihatlaridan biri, uning to’lov balansidagi “Aylanma vositalar va moliyaviy hisob (rasmiy zaxiradagi o’zgarishlarsiz)” qismida, kapital va moliyaviy hisoblarning rasmiy zaxiralarga ta’sir etmaydigan ma’lumotlar saqlanadi. Avvallaridek Yaponiya to’lov balansi profitsit qayd etgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib defitsitda. Avvallari deganda 1987-yillar orali- g’idagi profitsit ya’ni 30 mlrd. AQSh dollari aktiv qoldiq nazarda tutilgan. O’shanda Yaponiya ushbu qoldiqni ikki transga 10 mlrd. va 20 mlrd. AQSH dollari hajmdagi ikkita yirik transhga bo`lish mo`ljallandi. Birinchi transh uchta qismdan iborat: JTTB da 2 mlrd. AQSH dollari hajmdagi Yaponiyaning maxsus fondini tashkil etish; Yaponiya hukumati tomonidan XVFga 3 mlrd. SDR miqdorda kredit ajratish; Yaponiya hukumati tomonidan Xalqaro Rivojlanish Agentligiga 2,6 mlrd. AQSH dollari miqdordagi AMR-8 (pul mablag`larini sakkizinchi jamlanishiga tegishli bo`lib, JTTBning filiali hisoblanadi. Bu mablag`lar Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasiga tegishli va 24 donor mamlakat hisobidan to`ldiriladi) va Osiyo rivojlanish fondiga 1,3 mlrd. AQSH dollari qo`yilma ajratish; Yaponiya Maxsus fondi JTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalami qo`llab-quvvatlash va texnik yordam ko`rsatish uchun 30 mlrd. ien miqdoridagi dotatsiyani ham o`z ichiga oladi. Shuningdek, fond Yapon kapital bozoriga JTTB qarzlari uchun keng imkoniyatlami yuzaga keltirdi va ushbu kapital miqdori 300 mlrd. ienni (2 mlrd. AQSH dollari) tashkil etib, 3 yil muddatga mo`ljallangan bo`ladi.
Ikkinchi trans esa 1990-yilga qadar uch yil muddat ichida rivojlanayotgan mamlakatlarga berilishi kerak edi. 20 mlrd. AQSH dollaridan 8 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag` JTTB va Yaponiya hukumatining kelishuviga ko`ra, Tokio bozorlariga JTTB tomonidan qo`shimcha taqdim etilgan mablag`larni tashkil etardi. 9 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablag` rivojlanayotgan mamlakatlarni tartibga soluvchi dasturlarini hamkorlikda moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratildi. Qolgan 3 mlrd. AQSH dollari mablag` Yaponiya eksport-import banki tomonidan ishlab chiqilgan, rivojlanayotgan mamlakatlarga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lmagan kreditlami taqdim qilish sxemasiga asosan yo`naltiriladi. Shu yo`l bilan Yaponiya rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`rsatayotgan yordam miqdorini ikki barobarga oshirish va ushbu ko`rsatkichni 1990 yilda 7,6 mlrd. AQSH dollariga yetkazishni mo`ljallagan. Yaponiya rivojlanishga ko`maklashish bo`yicha Frantsiyadan ilgarilab, dunyo bo`yicha AQSHdan keyin ikkinchi o`ringa chiqib oldi. Odatda, Yaponiya Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlariga o`z yordamini ko`rsatib kelardi, ammo keyingi yillarda Afrika davlatlariga ko`rsatilayotgan yordamlar miqdori ham ancha kengayganligini kuzatish mumkin.
Endi yaponiya to’lov balansining bugungi holatiga nazar tashlasak. Buning uchun uning to’lov balansi kerak.
7-jadval

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin