To’lov balansini tuzish tamoyillari


II. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to’lov balansini tartibga solish amaliyoti



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə7/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

II. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to’lov balansini tartibga solish amaliyoti
2.1. Rivojlangan mamlakatlarda to’lov balansini tartibga solish tajribasi
Ushbu qismda avval rivojlangan mamlakatlardagi to’lov balansining umumiy xususiyatlar haqida, so’ngra alohida davlatlar AQSh, Yaponiya va Germaniya misolida, ularning 2013-2014 yildagi XVF tomonidan bosilgan to’lov balansi tahlili ko’rib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlar o’z to’lov balanslari taqchilligini qoplash maqsadida, jahon bozorida banklar konsortsiumlarining kreditlari, obligatsion qarzlarini jalb qiladi. Ushbu turdagi qarzlarni taqdim etishda tijorat banklari yetakchilik qilmoqda.
Xalqaro valyuta fondlari kreditlaridan bank kreditlarining farqi, banklar hech qanday barqarorlashtiruvchi dasturlar bajarilishini talab qilmasligi hamda ularning ommaviyligidadir. Ammo, bank kreditlari qimmat va yirik tashqi qarzlari mavjud mamlakatlar uchun, u qiyinlik tug’diradi. Masalan, amerika banklari vaqti-vaqti bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarini «qora» ro’yxatga kiritishganini e’lon qilishadi va bu mamlakatlarga bank kreditlarini berish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, keyingi yillarda xususiy banklar bilan xalqaro moliya-kredit tashkilotlari o’rtasida, kreditlar berishni muvofiqlashtirish amaliyoti kuchayib bormoqda.
Mamlakat to’lov balansining passiv qoldigini qoplash uchun «svop» bitimi orqali, qisqa muddatli kreditlardan foydalaniladi va bu kreditlar, Markaziy banklar bilan o’zaro kelishuv orqali milliy valyutada olinadi.
O’tgan asrning 70-yillari o’rtalaridan 80-yillari o’rtalarigacha, rivojlangan davlatlar o’z to’lov balanslaridagi taqchillikni moliyalashtirish maqsadida bunday kreditlardan foydalanishgan.
Oltin monometalizmi davrida, to’lov balansining passiv qoldigini to’lash oltinning mamlakatdan olib chiqilishi orqali amalga oshirilgan bo’lsada, ammo qimmatbaho metallning harakati hech qachon to’lov balansining holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan. Agar, mamlakat oltin qazib chiqaruvchi bo’lsa, mamlakatdan oltinning olib chiqib ketilishi, to’lov balansining passivligini bildirmaydi. Oltin andozasining bekor qilinishi bilan, to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirishda, undan foydalanish ancha qisqardi. Oltinning rasman demonitizatsiya qilinganligi sharoitida, undan umumiy to’lov vositasi sifatida quyidagi vaziyatlarda foydalanilmoqda: birinchidan, noiloj qolingan paytlarda cheklangan miqdorda; ikkinchidan, savdo va kredit bitimlarini bajarishda xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qabul qilingan milliy valyutalarni sotib olish uchun, oltinni dunyo bozorlarida sotish orqali bilvosita shaklda foydalanilmoqda.
O’tgan asrning 50-70-yillarida AQSH o’zining to’lov balansidagi taqchilligining 1/5 dan 1/3 gacha qismini oltinni mamlakatdan tashqariga olib chiqish orqali moliyalashtiradi. Ammo, AQSH tajribasi shuni ko’rsatdiki, har qanday ulkan oltin zahirasiga ega bo’lgan davlat ham, bu usul orqali, uzoq muddat to’lov balansidagi taqchillikni qoplay olmaydi (mazkur tadbirlar natijasida AQSH oltin zahirasi 1949 yildagi 24,6 mlrd. AQSH doll, dan 1985 yilga kelib 11 mlrd. AQSH doll.ga kamayib ketdi).
Ayrim davlatlar (Italiya, Portugaliya, Urugvay va boshqalar) oltin zahiralaridan foydalanish huquqini o’zida saqlab qolish maqsadida, oltindan faqatgina kreditlar ta’minoti sifatidagina foydalandi. Bu oltinning favqulotda pul sifatidagi funktsiyasining iqtisodiy mohiyatini saqlab qolganligini yana bir bor isbotlaydi. 1974 yilda Italiya 3,5 mlrd. AQSH doll.ga ega bo’lgan holda, to’lov balansini tenglashtirish uchun Germaniyadan ikki yil muddatga oltinni o’rtacha bozor bahosida kredit ta’minoti sifatida qo’yib kredit oldi (usha davrda bir untsiya 120 AQSH doll.ga teng bo’lgan). Germaniyaning talabi bilan, oltin AQSHdagi omborlardan olinib, Nemis Federal bankiga deponentlashtirilgan. Yana bir misol, 1976 yilda Portugaliya banki Germaniya va Shveytsariyaning qator banklaridan 580 mln. AQSH.doll. miqdorida kredit oldi. Kreditning ta’minoti esa, mamlakat oltin zahirasining 20 foizidan iborat edi.
Konvertirlanadigan xorijiy valyuta zahiralari mamlakat to’lov balansini balanslashtirishning eng asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng, AQSH va Buyuk Britaniya to’lov balanslaridagi taqchillik milliy valyuta hisobidan moliyalashtirildi. Chunki, Brettonvud kelishuvida dollar va funt sterlingga xalqaro zahira valyutasi maqomi berilgan edi. Mazkur imtiyoz natijasida, AQSH urush vaqtida va undan keyin jamg’argan ulkan oltin zahirasining yarmini saqlab qoldi. O’tgan asrning 50-60-yillarida AQSH to’lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirishda 70-80 foiz, 1971 yilda dollarni oltinga konvertirlanishi bekor qilinishi bilan 100 foiz o’z milliy valyutasidan foydalandi. Mazkur holat, muomaladagi oltinning hajmini ortib ketishiga va uning qadrini davriy ravishda tushishiga olib keldi. AQSHdan farqli ravishda, boshqa mamlakatlar to’lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy miqdordagi konvertirlanadigan valyutani milliy boyligining ma’lum qismini eksport qilish orqali «ishlab topishi» lozim. Mamlakatlar o’rtasida valyuta zahiralarining notekis taqsimlanganligi, to’lov balansini tenglashtirish imkoniyatlarini chegaralaydi.
1970 yillardan boshlab, to’lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun zaruriy valyutani sotib olishda, XVFdagi bir mamlakatning hisobvaragidagi SDRni, ikkinchi mamlakatning hisobvaragiga o’tkazish orqali amalga oshirilmoqda. SDRning emmissiyasi sezilarsiz va uning xalqaro likvid zahiralardagi ulushi 1,9 foizni tashkil etadi. U notekis taqsimlangan, XVFining a’zolari o’rtasida, ularning badallariga qarab, SDR miqdori belgilangan.
To’lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirishning yana muhim manbasi - subsidiya va in’omlar ko’rinishidagi xorijiy yordamlar hisoblanadi. Masalan, 1947 yilda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining to’lov balansidagi taqchillikning 75 foiziga yaqini AQSHning siyosiy va iqtisodiy yordami bilan qoplandi. Hozirgi kunda, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning to’lov balansidagi taqchillikni qoplashda, ko’proq mazkur usuldan foydalanilmoqda.
Endi xususan AQSh ning 2013-yildagi to’lov balansiga yuzlanamiz.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin